Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashulot tannarxini hosil qilishdagi xarateriga qarab
- Taqvim davriga tegishligiga qarab
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab xarajatlar ikki guruhga
bо‘linadi: ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan va noishlab chiqarishdagi xarajatlar. Korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlariga tovar mashulotini ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bо‘lgan barcha xarajatlari kiradi va tayyor mashulotlarning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga mashulotlarni sotish xarajatlari kiradi. Masalan, mashulotlarni ortish, jо‘natish, tushirish, joylash, saqlash transport xarajatlari, tabiiy kamayish me’yorlari doirasida mashulotlarning yо‘lda kam kelishi va sotish bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa xarajatlar. Mashulot tannarxini hosil qilishdagi xarateriga qarab xarajatlar unumli xarajatlarga va unumsiz xarajatlarga bо‘linadi. Sodir bо‘lish joyiga qarab ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi guruhlarga bо‘linadi: 1. Tsex xarajatlari 2. Bо‘linma xarajatlari 358 3. Uchastka xarajatlari 4. Brigada xarajatlari Taqvim davriga tegishligiga qarab ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi guruhlarga bо‘linadi: 1. Joriy davr xarajatlari, 2. Kelgusi davr xarajatlari, 3. Zahiralar. Xarajatlar tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq xо‘jalik subyektlarini boshqarish va xizmat kо‘rsatish xarajatlari “Davr xarajatlari” schyotida yuritiladi. Nizomga muvofiq bu xarajatlar hisobot davri oxirida moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi. 7. ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA SINTETIK VA ANALITIK HISOBNI TASHKIL ETISH Ishlab chiqarish xarajatlarini joriy hisobini olib borish uchun quyidagi sintetik schyotlardan foydalaniladi: “Asosiy ishlab chiqarish”, “Yordamchi ishlab chiqarish”, “Boshqa ishlab chiqarishlar”, “Umumishlab chiqarish sarflari”. “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti kalkulyatsion schyot bо‘lib, uning debet tomonida ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflangan xarajatlar haqiqiy baholarda, kredit tomonida esa ishlab chiqarishdan chiqarib yuborilgan tayyor mashulotlar ishlab chiqarish haqiqiy tannarxlari aks ettiriladi. Hisobod oy davomida tо‘g‘ri xarajatlar, ularni ishlab chiqarishga berish haqidagi dastlabki hujjatlarga asosan “Asosiy ishlab chiqarish” schyotining debetida quyidagi buxgalteriya pravodkalari asosida yozib boriladi: Dt – “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib schyotlar” Kt - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. Kt – “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. Kt – “Ijtimoiy sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”. 359 Sanoat ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlarda elektr energiyasi, par, issiq va sovuq suv yetkazib beradigan yordamchi tsexlar tashkil qilinadi. Bu tsexlar yordamchi ishlab chiqarish bо‘lib korxonaning asosiy faoliyatini elektr energiyasi, issiq va sovuq suv bilan ta’minlab turadi. Yordamchi ishlab chiqarish asosiy ishlab chiqarishni bir me’yorlarda ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari oy davomida “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotida hisobga olinadi. Uning debet tomonida sarflangan xarajatlar haqiqiy baholarda quyidagi buxgalteriya pravodkalari bilan rasmiylashtiriladi: Dt – 2310 - “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti Kt – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. Kt – 6700 - “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. Kt – 6510 - “Sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”. Kt – 2300 - “Yordamchi ishlab chiqarish”. Kt – 0200 - “Asosiy vositalarni eskirishi hisobga olinadigan schyotlar” Kt - “Umumishlab chiqarish xarajatlari”. Yordamchi ishlab chiqarish schyotihing kredit tomonida yordamchi ishlab chiqarish Tsexlarida bajarilgan ishlarning, xizmatlarning yoki ishlab chiqarilgan mashulotlarning haqiqiy tannarxlari aks ettiriladi. Oyning oxirida yordamchi ishlab chiqarish xо‘jaligi tomonidan bajarilgan ishlar, xizmatlar yoki ishlab chiqarilgan mashulotlar tayyor mashulotlar tannarxiga qо‘shib yuboriladi. Buning uchun yordamchi ishlab chiqarish xо‘jaligi xizmatlarini taqsimlash hisobi tuziladi. Shu hisobga binoan: Dt – 2000 - “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi schyotlar” - alohida mashulot turlari bо‘yicha Kt – 2300 - “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti pravodkasi tuziladi. Ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish xarajatlarini hisobga olish uchun “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan foydalaniladi. Bu schyot mazmun jihatidan tranzit schyot bо‘lib, hisobot davri davomida sarflarni vaqtincha hisobga olish uchun ishlatiladi va hisobot davrining oxiriga “Moliyaviy natijalar” 360 hisobotida aks ettiriladigan qoldig‘i bо‘lmaydi. Umumishlab chiqarish sarflari quyidagi pravodkalar bilan rasmiylashtiriladi: Dt - 2500 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti Kt - 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. Kt - 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. Kt - 6510 - “Sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”. Kt - 3100 - “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” Kt - 0200 - “Asosiy vositalarni eskirishi hisobga olinadigan schyotlar” Hisobot oyi tugagandan keyin umumishlab chiqarish sarflari tayyor mashulotlar tannarxiga qо‘shiladi. Buning uchun umumishlab chiqarish sarflarini tayyor mashulotlarning alohida turlari orasida taqsimlash hisobi tuziladi. Shu hisobga binoan: Dt - 2000 - “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi schyotlar” Kt - 2510 - “Umum ishlab chiqarish xarajatlari” schyoti pravodkasi tuziladi. Mashulot tannarxini kalkulyatsiya qilish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlari mashulot turlari, buyurtmalar, tsexlar va ishlab chiqarish bо‘linmalari hamda kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha guruhlanadi. Xarajatlarni bunday umumlashtirish ishlab chiqarish xarajatlarining yig‘ma hisobi deb ataladi. Mashulotning haqiqiy tannarxini aniqlashda yig‘ma hisobni korxonadagi ishlab chiqarishning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling