Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 SOTISH JARAYONINING HISOBI


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

9. SOTISH JARAYONINING HISOBI. 
Mashulot ishlab chiqarish texnollogiyasida nazarda tutilgan barcha ishlov 
operatsiyalaridan о‘tgan, tasdiqlangan standart va texnikaviy shartlarning 
talablariga javob beradigan hamda texnik nazorat bо‘limi yoki byurtmachilar 
tomonidan qabul qilingan mashulotlarga tayyor mashulotlar deb aytiladi. 


363 
Mashulot, ishlar va xizmatlarni sotish korxonalarning faoliyatiga baho 
beruvchi eng muhim kо‘rsatkichlarning biri bо‘lib hisoblanadi. Mavjud qoidalarga 
binoan mashulotlarni sotish ularni yetkazib berish topshiriqlari va majburiyatlarini 
bajarish bо‘yicha asosiy kо‘rsatkich bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham 
mashulot sotish kо‘rsatkichi sotilgan mashulotning miqdorini, sifatini, shuningdek, 
haridorlar bilan tuzilgan shartnomalarni assortimenti va jо‘natish muddatlari 
bо‘yicha reja bajarilishini tavsiflashi lozim. Mashulotning sotilishi uning qiymati 
va sifati kabi belgilariga kо‘ra iste’molchilarining talablariga javob berganligidan 
dalolat beradi. Mashulotning sifati qanchalik yaxshi bо‘lsa, u bozorda tez 
raqobatga kiradi va sotiladi hamda pirovardida xо‘jalik subyektlari kо‘zlangan 
maqsadga yeta oladi. 
Sotish jarayonining buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilar 
bо‘lib hisoblanadi: 
1. Marketing va moliya-reja bо‘limlari bilan hamkorlikda hisobot davri 
uchun korxonaning mashulot sotish rejasini tayyorlash. 
2. Xaridorlar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki birjalar orqali mashulotlarni 
yetkazib berish bо‘yicha tuzilgan shartnomalarni tо‘g‘riligini va 
bajarilishini nazorat qilish. 
3. Xaridorlarga yuklab jо‘natilgan mashulotlarni о‘z vaqtida hujjatlashtirish. 
4. Mashulotlarni sotish bilan bog‘liq bо‘lgan haqiqiy xarajatlarni о‘z 
vaqtida va aniq hujjatlashtirish. 
5. Sotilayotgan mashulotlarni haqiqiy tannarxlarini aniq topish. 
6. Mashulotlarni sotishdan kelib tushadigan pul mablag‘lari ustidan operativ 
nazorat о‘rnatish. 
7. Sotishni hisobini tashkil qilish. 
8. Sotilgan mashulotlar haqiqiy tannarxini topish. 
9. Sotish natijalarini aniqlash. 
Mashulotning sotilishi xо‘jalik subyekti mablag‘larining aylanishining 
yakunlovchi jarayondir. Bu jarayon xо‘jalik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan 
mashulotning halq xо‘jaligi iste’molida о‘z о‘rnini topganligini anglatadi. Hozirgi 


364 
paytda xо‘jalik subyekti ishini baholashda mashulotning sotilishi asosiy 
kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 
Korxonada tayyorlangan mashulotlarning sotilishiga qarab ularning 
rivojlanish imkoniyatlariga baho berish tamoyili xо‘jalik subyekti rahbarlarini 
mashulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga kо‘proq e’tibor berishga 
chaqiradi. Shuningdek, xо‘jalik subyektning bir maromda ishlashiga va yuqori 
sifatli mashulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Bular esa о‘z navbatida 
korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga imkon 
beradi. 
Tayyor mashulotlarni xaridorlarga yetkazib berish ya’ni sotish jarayonida bir 
qancha xarajatlar qilinadi. Bularga quyidagi xarajatlarni kiritish mumkin: 
1. Tayyor mashulotlarni omborlarda saqlash xarajatlari, 
2. Tayyor mashulotlarni idishlash xarajatlari, 
3. Tayyor mashulotlarni jо‘natish xarajatlari, 
4. Tayyor mashulotlarni omborlarda tabiiy kamayishi, 
5. Tayyor mashulotlarni tashish xarajatlari. 
Tayyor mashulotning ishlab chiqarish tannarxiga sotish xarajatlarni qо‘shib 
sotilgan mashulotlarning tо‘la tannarxi aniqlanadi. Tо‘la tannarx ishlab chiqarilgan 
mashulotlar mulk egasiga qanchaga tо‘g‘ri kelishini bilishi uchun xizmat qiladi. 
Sotish hajmi ko‘rsatkichi xo‘jalik subyektlarining faoliyatini tavsiflab 
beruvchi “fokus” bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham tayyor mashulotlar, 
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik 
momilalarini buxgalteriya hisobida o’z vaqtida, to’g’ri aks ettirish sotish 
natijalarini to’g’ri topishni va korxona daromadlari va foydasini to’g’ri 
shakillanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. 
Tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish bilan 
bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalar qo’ydagi schyotlarda hisobga olinadi: 
1. 2800 – “Tayyor mashulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”. 
2. 4000 – “Olinadigan schyotlar” 
3. 5000 –“Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar”


365 
4. 5100 – “Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi 
schyotlar” 
5. 6410 - “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar (turlari bo’yicha)” 
6. 9000 – “Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlar” 
7. 9100 – “Sotilgan mashulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga 
oluvchi schyotlar” 
8. 9900 – “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” 
9. 6400 - “Byudjet bilan hisob-kitoblar” 
Tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog’liq 
bo’lgan xo’jalik momilalari buxgalteriya hisobida qo’ydagi pravodkalar bilan 
rasmiylashtiriladi: 
1. Tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
haridorlarga hisob - kitob hujjatlarini taqdim etganda, tayyor 
mashulotlarning sotish bahosiga 
D-t - 4000 -“Olinadigan schyotlar” 
K-t – 9000 “Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlarni
hisobga oluvchi schyotlar” 
2. Sotilgan mashulotlarning tannarxiga:
D-t - 9100 – “Sotilgan mashulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini 
hisobga oluvchi schyotlar” 
K-t – 2800 - “Tayyor mashulotlarni hisobga oluvchi schyotlar” 
3. Tayyor mashulotlarni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish va xizmatlarni 
ko’rsatishda QQS va aktsiz summasi hisoblanganda 
D-t – 4000 – “Olinadigan schyotlar” 
K-t – 6400 - “Byudjet bilan hisob-kitoblar” 
4. Tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
haridorlargan hisob kitob schyotiga pul kelib tushganda: 
D-t - 5000 -“Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar” 


366 
D-t - 5100 - “Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga 
oluvchi schyotlar” 
K-t - 4000 -“Olinadigan schyotlar 
5. Hisobot davrining oxirida sotilgan tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlar bo’yicha daromadni yakuniy moliyaviy natijaga olib 
borilganda: 
D-t - 9000 “Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlarni
hisobga oluvchi schyotlar” 
K-t – 9900 “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar”
6. Hisobot davrining oxirida sotilgan tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxini yakuniy moliyaviy natijaga olib 
borilganda 
D-t - 9900 – “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” 
K-t - 9100 – “Sotilgan mashulot (tovar, ish, xizmat)larning
tannarxini hisobga oluvchi schyotlar” 
Mashulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Mashulot (ishlar, xizmatlar)ni 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq “Davr xarajatlari” schyotida 
hisobga olinadi. 
Yuklab jо‘natilgan mashulotlar uchun shartnomada kо‘rsatilgan baholarda haq 
olinadi. Haridorlar tomonidan tо‘langan pul, mol yetkazib beruvchi korxonaning 
hisob-kitob schyotiga kelib tushadi. Pulning hisob-kitob schyotiga kelib tushishi 
mashulotning sotilganidan dalolat beradi. Agar haridorlar tomonidan pul 
tо‘langanu, ammo tayyor mashulot ularga jо‘natilmagan bо‘lsa, bunda uning 
qiymati sotilgan mashulotlar qiymati miqdoriga qо‘shilmaydi, ya’ni sotilgan deb 
hisoblanmaydi. 
Sotish jarayonining analitik hisobi “Сотилган маҳсeлот (товар, иsh, 
хизмат)ларнинг таннархини ҳисобга олeвчи счётлар” schyotida aks ettirilgan 
va sotilgan mashulotlar, tovarlar, ish va xizmatlar ichida ularning turi bо‘yicha 
yuritiladi va sotilayotgan mashulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy 


367 
tuzilishi, ya’ni ularning har birining umumiy sotish summasidagi rentabellik 
darajasi va boshqa ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi. 
Xо‘jalik subyektlari ba’zi ishlarni maxsus buyurtmalar asosida bajarishlari 
mumkin. Agar, bunday buyurtmalarga davlat tomonidan ulgurji narx 
belgilanmagan bо‘lsa, u holda ular shartnomada kelishilgan narxda sotilаdи.
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish bilan bevosita xо‘jalik aloqalari rivojlanib borgan 
sari shartnoma narxlaridan foydalanish tobora kengayib boraveradi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling