Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Jurnal-order № 2 
5100 - “Hisob-kitob raqami schyoti” kredeti bо‘yicha 
2015 yil may oyi uchun 
T/r 
Sana 
Debetlanuvchi schyotlar 
1000 
2500 
5000 
6710 
va bosh. 
jami 

05.05.
10000 
10000 
Jurnal-orderlarning jami, schyotning kredet oborotini va u bilan aloqador 
bо‘lgan schyotlarning debet oborotlari umumiy summasini kо‘rsatadi. 
Jurnal orderlar sistematik va xronologik yozuvlarni birlashtirganligi uchun, 
kartochka va kitoblarda, alohida analitik uchyot faqatgina kо‘p analitik 


438 
schyotlarga ega bо‘lgan sintetik schyotlar bо‘yicha olib boriladi. Masalan, 
tovarlarni uchyoti bо‘yicha, tayyor mashulotlarni uchyoti bо‘yicha va shu kabi 
boshqa schyotlar bо‘yicha.
Jurnal orderlarga xо‘jalik operatsiyalari sodir bо‘lish va hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi jarayonida yoziladi. Sistematik yozuvlar bir vaqtning о‘zida 
xronologik yozuvni ham ifodalaydi. Shuning uchun hisob yuritishning bu 
shaklida alohida xronologik uchyot registrlari ochishga va yurgizish zaruriyati 
qolmaydi. Hamma ma’lumotlar aloqalanuvchi schyotlar kesimida jurnal-
orderlarga yozilgani uchun memorial orderlar tuzilmaydi.
Jurnal orderlarda amalga oshirilgan yozuvlarning tо‘g‘riligini solishtirish 
uchun schyotlarning krediti bо‘yicha jami hisoblanadi, olingan jami summa 
jurnalda alohida ustunda ajratilgan debetlanuvchi schyotlar jami bilan solishtirib 
kо‘riladi. Schyotlar bо‘yicha debet va kredet yozuvlar jamini solishtirish 
imkoniyati sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnoma tuzishga 
hojat qoldirmaydi.
Oborot qaydnoma analitik uchyoti alohida kartochka yoki kitoblarda olib 
boriladigan schyotlar bо‘yicha tuziladi. Oylik jamlarining tо‘g‘riligi tekshirilgan 
jurnal-orderlar jamlari “Bosh kitob”ga yoziladi.
Schyotlarning kredit oboroti “Bosh kitob”ga shu schyotga tegishli bо‘lgan 
jurnal orderdan, debet oborotlari esa, boshqa jurnal orderlardan olib yoziladi. 
Jurnal-orderlar va “Bosh kitob” bir birini to’ldiruvchi bo’lib xizmat qiladi
chunki, jurnal orderlarda schyotlarning kredit yozuvlari keltirilsa, “Bosh kitob”da 
shu schyotning debet oborot yozuvlari keltiriladi.
“Bosh kitob” va jurnal-orderlarning jamlarining tо‘g‘riligi tekshirib 
kо‘rilgandan keyin schyotlar qoldig‘i topiladi. Qoldiq “Bosh kitob”ning shu 
maqsad uchun belgilangan ustuniga yozib qо‘yiladi. 
“Bosh kitob”da amalga oshirilgan yozuvlarning tо‘g‘riligini tekshirish uchun 
hamma schyotlar bо‘yicha oborotlar va qoldiqlar jamlab chiqiladi. Schyotlarning 
debet va kredet oborotlari summalari jami hamda debet va kredet qodiqlari 
summasi jamlari teng bо‘lishi kerak.


439 
Uchyot amaliyotida jurnal order shaklini qо‘llash uchyot xodimlari mehnatini 
yengillashtirib hisob ishlariga kompyuter texnikasini joriy qilish imkoniyatlarini 
yaratadi. 
Jurnal order shaklining asosiy kamchiliklari quyidagilar bо‘lib hisoblanadi: 
1. jurnal-orderlarning hajm jihatdan kattaligi va tuzilishlarining qiyinligi; 
2. jurnal-orderlarni tuldirishni qо‘l mehnatiga moslashtirilganligi; 
3. uchyot ishlariga kompyuter texnikasini qо‘llashni qiyinligi.
Kо‘rsatilgan kamchiliklar uchyot ishlariga kompyuter texnikasini joriy qilinganda 
barham topadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling