Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBINING MEMORIAL-ORDER SHAKLI
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
4. BUXGALTERIYA HISOBINING MEMORIAL-ORDER SHAKLI. Memorial-order shakli buxgalteriya hisobida uzoq vaqtlardan buyon qо‘llanilib kelinmoqda. Memorial order sо‘zi “esda saqlash” ma’nosini anglatadi. Shunga kо‘ra memorial orderlar “esda saqlovchi daftar” vazifasini bajaradi. Memorial-order shaklida hisob yuritilganda dastlab birlamchi yoki jamg‘aruvchi hujjatlarga asosan memorial orderlarda buxgalteriya pravodkalari tuziladi. Memorial orderlarning raqamlari va summalar ularni qayd qilish jurnaliga, buxgalteriya pravodkalari esa, hisob registri bо‘lgan “Bosh kitob”ga yoziladi. Hisob yuritishning memorial order shaklida analitik uchyot kartochkalarda olib boriladi. Analitik uchyot kartochkalariga yozuvlar birlamchi yoki jamg‘aruvchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisobot davri tugagandan keyin sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga asosan oborot qaydnomalari tuzilib, ularning ma’lumotlari tegishli sintetik va analitik schyotlarining ma’lumotlari bilan solishtiriladi. 434 Rо‘yxatga olish jurnali memorial-orderlarning saqlanishi va raqamlanishi ustida nazorat qilib turish hamda oy davomida bajarilgan barcha xо‘jalik operatsiyalarining umumiy summasini aniqlash uchun xizmat qiladi. Undan tashqari, jurnalning jami summasi sintetik schyotlar bо‘yicha oy oxiriga tuziladigan oborot vedomostlarining umumiy summasi bilan ham solishtiriladi. Shuningdek, rо‘yxatga olish jurnali sintetik schyotlar hisob registrlarda aks ettirilgan xо‘jalik operatsiyalarining tо‘g‘riligini hamda ikki yoqlama yozuv qoidasiga rioya qilinganligini tekshirishga imkon beradi. Xо‘jalik operatsiyalari memorial-orderdan sintetik schyotlar bо‘yicha tuziladigan hisob registiriga va “Bosh kitob”ga yoziladi. “Bosh kitob”da har bir sintetik schyot uchun alohida varaq ajratiladi. Buxgalteriya hisobining memorial order shakli, о‘zining oddiyligi, hisob ishlarini tashkil qilishdagi qat’iy ketma-ketlikni mavjudligi va hisoblash texnikasini kiritish mumkinligi hamda analitik hisob registrlarining standart shakllaridan keng foydalanish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, uchyot ishlarini buxgalteriya apparati xodimlari orasida taqsimlashga imkoniyat bor. Quyidagilar memorial order shaklining kamchiliklari bо‘lib hisoblanadi: 1. Uchyot yozuvlarining bir vaqtning о‘zida, memorial orderlarda, qayd qilish jurnalida, sintetik va analitik hisob registrlarida takrororan yozilishi; 2. Analitik hisob ishlarining kо‘pligi sababli analitik uchyotning sintetik uchyotdan orqada qolishi; 3. Hisobotlar tuzish va korxona xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni analitik hisob registrlaridan har doim tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri olish imkoniyatini cheklanganligi. Moliyaviy hisobotlar tuzish uchun zarur bо‘lgan axborotlar joriy hisob ma’lumotlarini qо‘shimcha guruhlash va umumlashtirishlar asosida olinadi. Hozirgi paytda buxgalteriya hisobining memorial order shakli, kichik korxonalar, mikrofirmalar, va fermer xо‘jaliklarida keng qо‘llanilmoqda. 435 Memorial order shaklida hisob yuritish texnollogiyasi quyidagi chizmada keltirilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling