Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
BUXGALTERIYA HISOBI SHAKLLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari
3. BUXGALTERIYA HISOBI SHAKLLARI HAQIDA TUSHUNCHA, ULARNING RIVOJLANISH TARIXI. Hisob yuritishning turli xil texnik vositalaridan foydalanib dastlabki hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni buxgalteriya hisobi shaklini belgilaydi. Buxgalteriya hisobi shakli korxonalar faoliyatida sodir bо‘lgan har xil xо‘jalik operatsiyalarini о‘z vaqtida, tо‘g‘ri, izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimda jamlanishini ta’minlaydi. Demak, korxonalar faoliyatida sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini hisobchilikning turli xil texnik vositalaridan foydalanib о‘z vaqtida, tо‘g‘ri, izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimda jamlash vositasiga buxgalteriya hisobining shakli deb aytiladi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida hisob yuritishning kо‘p shakllari mavjud. Bularni kо‘pchiligi bir-biriga o’xshaydi, chunki, ular о‘zidan 432 avvalgi shakllarning ilg‘or elementlarini takomillashtirish hisobiga vujudga kelgan. Kо‘p yillar davomida buxgalteriya hisobining “Fransiya shakli”dan foydalanib kelingan. Bu shakl Matoye Dela Port tomonidan 1685 yilda yaratilgan. Uning xususiyati shundaki, umumiy jurnaldan kassa jurnali, sotilgan qiymatliklar jurnali, olingan veksellar jurnali, berilgan veksellar jurnali va har xil operatsiyalar jurnali kabi jurnallar ajratib chiqarilgan. Kapitalni yiriklashuvi va markazlashuvi korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik operatsiyalari sonini о‘sishiga va xо‘jalik aloqalarini kengayishiga olib keldi, bu esa, oqibat natijada takomillashgan buxgalteriya hisobi shakllaridan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 17-18 asrga kelib Italiyada F.Garatti tomonidan 1688 yilda buxgalteriya hisobining yangi shakli yaratildi. Bu tarixda buxgalteriya hisobining “Yangi Italiya shakli” nomi bilan ma’lum. Bu shakl bosh hisob yozuvlarini qayd qilishning daftar, jurnal va yordamchi daftar registrlardan tashkil topgan. Hisob yuritishning yangi italiyan shaklida schyotlar kollektiv va oddiy schyotlarga bо‘linadi va bosh daftardan, sintetik schyotlar uchun, yordamchi daftarlardan esa, analitik schyotlar uchun foydalaniladi. Hisob registrlarini bunday tuzilishi buxgalteriya hisobining tezkorligini ta’minlaydi. Har bir operatsiya xranologik jurnalga yozilgandan keyin, bosh daftar schyotlarga va tegishli yordamchi daftarlarga kо‘chiriladi. Bu daftarlardagi yozuvlarga muvofiq har oyda sintetik va analitik schyotlar bо‘yicha aylanma qaydnomalar tuzilib, bir-biriga solishtirilib tekshiriladi. Sintetik schyotlar bо‘yicha oborot qaydnoma aylanma balansni o’zida mujassamlashtirgan bо‘lib, bu ma’lumotlar qoldiq balansini tuzish uchun manba bо‘lib xizmat qiladi. 1797 yilda E.Degronij tomonidan, Fransiyada "Yangi Italiya shakli"ning ancha soddalashtirilgan rusumi (varianti) yaratildi. U tarixda buxgalteriya hisobining “Amerika shakli “ nomi bilan ma’lum. Buxgalteriya hisobining "Amerika shakli"da xronologik va sistematik yozuvlar “Bosh jurnal” deb nomlangan registirda qо‘shib olib boriladi. 433 D.Rossi tomonidan 1889 yilda bosh jurnalni tuzish yо‘li bilan oborot qaydnoma olishni ta’minlaydigan buxgalteriya hisobining “shaxmat shakli” asoslab berildi. XX- asrning boshlarida Fransiyalik buxgalter J.B.Dyumarshe tomonidan buxgalteriya hisobining integral shakli yaratildi. Keyingi yillarda buxgalteriya hisobi shakllari, ularni standartlash va unifikatsiyalash asosida birmuncha qisqartirildi. Korxonalarda qо‘llaniladigan buxgalteriya hisobi shakllari bir-birlaridan quyidagi belgilariga kо‘ra farq qiladi. 1. Sintetik hisob registrlarining tuzilishi; 2. Sintetik va analitik hisob registrlarini о‘zaro aloqasi; 3. Buxgalteriya hisobi registrlarining tashqi kо‘rinishi; 4. Buxgalteriya hisobi registrlariga xо‘jalik operatsiyalarini yozish tartibi va texnikasi. Hozirgi paytda buxgalteriya hisobi amaliyotida hisob yuritishning memorial-order, jurnal-order va kompyuterlashtirilgan qog‘ozsiz shakllaridan keng qо‘llanilmoqda. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling