Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish jurnali


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/276
Sana09.07.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1659346
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   276
Bog'liq
Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari

Xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish jurnali. 
2015 yil may oyi uchun. 
t/r 
Hujjat 
Xо‘jalik operatsiyasini mazmuni 
summa 
Sanasi 
raqami 

05.05. 
421 
Hisob raqamidan ish haqi berish uchun 
chek bilan kassaga pul olindi 
5000000 
Sistematik hisob registrlari xо‘jalik operatsiyalarni buxgalteriya hisobi 
schyotlarida bir xil iqtisodiy mazmunlari bо‘yicha guruhlab yozish uchun 
belgilangan. Shuning uchun, sistematik hisob registrlari alohida schyotlar yoki bir 
xil iqtisodiy mazmunga ega bо‘lgan har xil sintetik schyotlar guruhi bо‘yicha 
ochiladi. Misol uchun, sintetik schyotlar uchun biriktirib qо‘yilgan memorial 
orderlar, jurnal orderlar, qaydnomalar. 
Kombinatsiyalashgan registrlarda xronologik yozuv sistematik yozuv bilan 
qо‘shilgan holda olib boriladi. Agar, xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish jurnaliga 
pravodka kolonkasini qо‘sshak, bu jurnal kombinatsiyalashgan hisob registri 
shaklini oladi. 
Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishda kombinatsiyalashgan hisob 
registrlaridan foydalanish, hisob ishlarini ixchamlashtiradi, hisob olib borish 
uchun foydalaniladigan registrlar sonini kamaytiradi, pirovad natijada, hisob olib 
borish xarajatlari kamayadi. 
Xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish jurnali. 
2015 yil may oyi uchun 
Hujjat 
Xо‘jalik operatsiyasi 
mazmuni 
Summasi 
Pravodka 
sana 
raqam 
debet 
kredit 
05.05 421 
Hisob raqamidan ish haqi 
5000000 
5000 
5100 


430 
berish uchun chek bilan 
kassaga pul olindi 
Buxgalteriya hisobi registrlari, ulardan olinayotgan ma’lumotlar hajmga 
kо‘ra sintetik va analitik turlariga bо‘linadi. Sintetikregistrlar 
sintetik 
hisob 
ma’lumotlarini aks ettiradi. Analitik registrlardan analitik hisob yuritishda 
foydalaniladi. 
Xо‘jalik operatsiyalari Buxgalteriya hisobi registrlariga yozish 
operatsiyalarni sodir bо‘lganligini tasdiqlovchi dastlabki hujjatlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Buxgalteriyada qо‘llaniladigan hisob registrlarining tuzilishi, ularning 
о‘zaro bog‘liqligi xо‘jalik operatsiyalarni ularda ketma-ket yozish usullari hamda 
hisobda qо‘llaniladigan texnik vositalar buxgalteriya hisobining shaklini 
belgilaydi. Buxgalteriya hisobi shakllari korxona, tashkilot, muassasalar 
faoliyatlarida sodir bо‘lgan har xil xо‘jalik operatsiyalarni о‘z vaqtida, tо‘g‘ri, 
izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir tizimida jamlanishini ta’minlaydi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling