Buxora davlat universiteti


Download 117.74 Kb.
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi117.74 Kb.
#1519499
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dafn marosim qo\'shiqalari


OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORA DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
MUSIQA IJROCHILIGI VA MADANIYATI KAFEDRASI
OʻZBEK XALQ MUSIQA IJODI
FANIDAN TAYYORLANGAN
KURS ISHI

Mavzu: “Dafn marosim qoʻshiqlari”



Bajardi: Musiqiy ta’lim 12- 6 Muz-20
Setniyazov Ma’murjon G’ofurovich
Ilmiy rahbar: Dotsent s.f.n T. I. Rajabov


Buxoro – 2023
Mundarija:

Kirish ……………………………………………………………………….….. 3

  1. Bob. Mavsumiy marosim qo’shiqlar …………………………..……... 6

    1. Marosim folklori ………………………………….………….…... 6

    2. Oilaviy marosim qo’shiqlari ……………………….…….…..… 13

  2. Bob. Diniy marosim qo’shiqlari ……………………………………… 19

    1. Motam marosimlari folklori …………………………………… 19

    2. Yo Ramazon” folklori ………………………………………… 24

    3. Dafn marosimi janrlari ……………………….………………… 27

Xulosa ………………………………………………………………………… 33
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………….….. 35

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbek musiqa madaniyatidagi qadriyatlar va an’analarni saqlab qolish maqsadida bugungi kunda folklore namunalarini, ommaviy janrlar targʻiyboti masalasiga juda jiddiy qaralmoqda. Bu xatto davlat dasturi miqyosiga chiqib, 2018-yil 11-13-iyul kunlari Margʻilon shahrida “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor festivali1, 2019-yil 5-10-aprelda har ikki yilda bir marta Termiz shahrida oʻtkaziladigan birinchi “Xalqaro baxshichilik” festivallari2 boʻlib oʻtdi. Qolaversa umumta’lim maktablarida ham folklor namunalari maktab darsligigacha kirtilgan.
Xalq ijodi – xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati; an’anaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq og’zaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha san’ati), xalq о‘yinlari (raqs), qо‘g’irchoqbozlik, dor va yog’och oyoq о‘yinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak san’ati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlarini qamrab oladi.
Yaratilishi va ijodiy jarayonida kо‘pchilikning ishtiroki bо‘lgan xalq ijodiyotining turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga mos ravishda shakllanib, avloddan-avlodga, ustozdan shogird an’anasida о‘tib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora an’anaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega bо‘lgan. Jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodiyotining bir qator qadimiy namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uy-rо‘zg’or buyumlarida saqlanib kelingan.
Xalq ijodiyoti namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, e’tiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan his-tuyg’ulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi о‘y-fikrlari о‘z ifodasini topgan. Ushbu ijod mahsuli qadimdan rivojlanib kelgan (q. Ibtidoiy san’at). Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan xaql ijodi janrlarga nisbatan ayrim iste’dodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan.
Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar, qiziqchilar, qо‘g’irchoqbozlar, raqqoslar, mashshoqlar, naqqoshlar, kulollar, о‘ymakorlar, kashtadо‘zlar va h.k. san’ati yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar paydo bо‘lgan. Ammo uning yaratilishi va о‘zlashtirilishida kо‘pchilikning ishtiroki, har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror topgan mustahkam an’analar doirasida voqe’ bо‘lishi saqlanib kelgan. Har qanday badiha, ijodiy xatti-harakat, yangilik barqaror an’analar va ustoz-shogird munosabatlari doirasida rо‘y bergan.
Bir tomondan, an’analarning о‘zi rivojlana borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro yoki amaliyot davomida о‘zgartirishlar, yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar, variantlar yuzaga kelgan. Qay birlaridir unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan.
Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining og’zakiligi va unda kо‘pchilikning ishtirok etishi (jamoaviylik) xalq og’zaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning an’anaviylik, о‘zgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik (muallifining noma’lumligi) kabi kо‘pdan-kо‘p belgilari folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu bosh xususiyati doirasida namoyon bо‘ladi.

Download 117.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling