Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana16.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1359144
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Buxoro

Buxoro — Oʻzbek xonligi poytaxti
Shayboniylar hukmronligi davrida
XVI asrda, 
Shayboniylar
oʻzbek sulolasi hukmronligi davrida, 
Markaziy Osiyo
mintaqasining
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida Buxoroning mavqei ancha ortdi. Buxoro shahri
avvalboshda uluslardan biri markazi maqomida, keyin esa butun boshli davlat poytaxti
maqomida boʻlib keldi.
Shayboniyxon
 tomonidan Buxoroda zarb etilgan tanga (1510-yil)
Masjidi kalon
. XVI asr.


Buxoro tarixi, madaniyati va meʼmorchiligida Shayboniylar sulolasining uch vakili alohida oʻrin
tutadi. 
Ubaydullaxon
 (otasi 
Mahmud Sulton
oʻlimidan soʻng Buxoroni boshqargan, 1533—
1540-yillarda esa butun oʻzbeklar xoni — Oliy hukmdor boʻlgan
[14]
) — 
Shayboniyxon
(1500—
1510) halok boʻlgandan keyin oʻzaro urushlarga chek qoʻygan va Buxoro binolarini tiklashga
bor kuch-gʻayratini sarflagan sarkarda va bahodir. Uning davrida Buxoroning siyosiy va
iqtisodiy markaz sifatidagi mavqei ancha kuchaydi va shahar davlat poytaxti vazifasini oʻtay
boshladi. XVI asrning birinchi yarmida Movarannaxrda eng muhim saroy adabiy doirasining
shakllanishi Ubaydullaxon nomi bilan bog’liq. U Ubaydiy adabiy taxallusi bilan turkiy, fors va
arab tillarida sheʼrlar ham yozgan.
[15]
 Uni shaxsan bilgan zamondoshlarining xotiralariga
qaraganda, bu hukmdor oʻz davrining ilgʻor va yetakchi siymosi boʻlgan. Uning „madaniy
saviyasi Temuriylar rahnamolari savodxonlik darajasidan aslo qolishmasdi“ va u „oʻz
kutubxonasiga koʻproq eʼtibor berar edi“: u Buxoroda miniatyurada oʻziga xos Buxoro uslubi
yaratilgan birinchi kutobxonaning asoschisi hisoblanadi. Uning maʼnaviy-ruhoniy murshidi —
murabbiysi 
naqshbandiya
 tasavvuf tariqatiga mansub soʻfiy 
Maxdumi Aʼzam
 va 
Shayx
Abdulloh Yamaniy
 — Mir Arab boʻlgan (Ubaydullaxon inʼom etgan mablagʻ hisobiga uning piri
Shayx Abdulloh Yamaniy tomonidan Buxoroda 
Mir Arab madrasasi
qurilgan). Ubaydullaxon
mohirona 
Qurʼon
oʻqigan va turkiy tilda sharhlar bergan, iste’dodli qo’shiqchi va sozanda edi. U
xattotlik bobida 7 ta husnixat usulini, ayniqsa nasx va nastaʼliqni nihoyatda yaxshi egallagan,
Qurʼonning bir necha nusxalarini koʻchirib, Makka va Madinaga joʻnatgan.
Shayboniylar davrida davlat poytaxti boʻlgan Buxoro shahri ilm va maʼrifat kishilari jamlangan
bir goʻshaga aylandi. Ubaydullaxon davrida Buxorodagi ilmu hunar ahli shunday yuksak bir
darajaga erishdiki, bu jihatdan shahar 
Husayn Boyqaro
 zamonasidagi 
Hirotni
ham esga solib
turar edi.
[16][17]
Mir Arab madrasasi
. XVI asr.


Ubaydullaxon oʻlimidan keyin 
Movarounnahrning
ikki asosiy shaharida bir vaqtning oʻzida ikki
xon: Buxoroda Ubaydullaxonning oʻgʻli Abdulazizxon (1540—1550), 
Samarqandda
esa
Abdullatifxon
(1540—1552) hukmronlik qilishdi. Movarounnahrning boshqa shaharlarida
hukmdorlik qilgan oʻzbek sultonlari ularning hokimiyatini nomigagina eʼtirof etishdi.
Ubaydullaxonning oʻgʻli — 
Abdulazizxon
(1533-yildan Buxoroni boshqargan. 1540—1550-
yillarda esa Buxoroda davlat hukmdori) ham betakror va isteʼdodli insonlardan biri edi.
Zamondoshlarining soʻzlariga qaraganda, Abdulazizxon olim va shoirlar homiysi boʻlgan,
„nasx husnixatida ajoyib xat bitar, sheʼr yozish bilan mashgʻul boʻlgan“Aziziy degan adabiy
taxallus qoʻllagan. U mashhur Buxoro kutubxonasiga alohida eʼtibor bilan qarab, unga
homiylik qilgan. Bu dargoh saroy madaniy hayotining oʻziga xos markazi boʻlib, Buxoro-
Samarqand badiiy xattotlik maktabi shakllanishida katta rol oʻynagan edi. Ana shu maʼrifat
dargohi Movarounnahr miniatyura rassomchiligi maktabi shakllanishiga katta taʼsir
koʻrsatdi.
[18]
Aynan Abdulazizxon hukmronligi davrida Buxoroda rekonstruksiya — mukammal taʼmirlash
va yangi binolar barpo etish jarayoni boshlangan edi. Bu, ayniqsa, Buxoroning eski bozori
joylashgan nuqtalarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Shahar yangi mudofaa devori bilan oʻralgan.
Magʻoki Attori masjidi
 mukammal taʼmirlangan va masjid, hammom va savdo-sotiq timini
(chorsuni) oʻz ichiga olgan Sarrofon meʼmoriy ansambli bilan toʻgʻri yoʻl bilan bogʻlangan edi.
Abdullaxon II


Oʻzbek xoni 
Abdullaxon II
hukmronligi davridan boshlab (1557—1598; 1583-yildan Buxoro
xonligi hukmdori) Buxoro xonlikning uzil-kesil poytaxti boʻlib qoldi. Bu davrda shaharsozlik
taraqqiy etdi va meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi
[19]
. Buxoro shahri yangi mudofaa devori
bilan oʻraldi. 
Joʻybor shayxlari
yerlari (50—60 gektar) shahar sarhadiga qoʻshib olingach,
uning yer maydoni 500 gektarga yetdi. Shaharda rekonstruksiya ishlari davom ettirildi, ana
shu taʼmirlash va takomillashtirish jarayonida eski toʻkilgan binolar taʼmirlangan yoki butunlay
buzib tashlangan va ayrim koʻchalar kengaytirilgan edi. Eski shahar va Yangi shahar bozorlari
hududida meʼmorchilik majmualari — masjidlar, madrasalar, hammomlar, karvonsaroylar va
hokazolarni oʻz ichiga olgan oʻziga xos diniy-ijtimoiy markazlar vujudga keldi. Bozorlar
kengayib borishi asnosida turarjoy binolarining siqib, nari surish jarayoni ham yonma-yon
kechdi. Yangi turarjoy mavzelari, xonaqoh va masjidlar Buxoro chekkalaridagi odamlar bir
mahallar tashlab ketgan maskanlarda bunyod etila boshladi. Abdullaxon II va uning amirlari,
ularning orasida eng nufuzlisi 
Qulbobo koʻkaldosh
, naqshbandiya tasavvuf tariqati peshvosi
Xoja Islom Joʻyboriy
, keyin esa uning oʻgʻli — 
Xoja Saʼd Joʻyboriy
qurilishlarning asosiy
donatorlari — homiylari va buyurtmachilari sifatida ish koʻrgan edi.
Taʼlim tarbiyaga eʼtibor kuchaydi, har bir mahallada maktab ochildi, baʼzi xonadonlarda uy
taʼlimi joriy etildi. Bu davrda mamlakatda adabiyot va ilm-fan taraqqiy etdi. Buxoro madaniyat,
ilm-fan markaziga aylandi. 
Hofiz Tanish Buxoriyning
Abdullanoma
(Sharafnomayi shohiy),
Hasanxoja Nisoriyning
 
Muzakkiri ahbob
va boshqa koʻpgina ilmiy asarlar yaratildi. Shoir, adib
va ilohiyotchi olimlardan 
Mushfiqiy

Nizom Muammoiy

Muhammad Darvish oxund
, qozi
Poyonda Zominiy

mulla Amir

Muhammad Alti Zohid
, tabiblardan 
mavlono Abdulhakim
va
boshqalar yashab ijod etdi. Abdullaxon IIning oʻzi ham isteʼdodli shoir boʻlib, „Xon“ taxallusi
bilan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozdi.
Modarixon madrasasi
, XVI asr.


Buxoroda mashhur 
Abdullaxon kutubxonasi
 tashkil qilinib, unda 
Mir Ali Hiraviy

Ahmad
Husayniylar
 kabi mashhur xattotlar kitob koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishdi.
Bu davrda, Buxoroda hunarmandchilik, savdo-sotiq yanada rivojlandi. Hunarmandlar turli ipak
matolar, uy-roʻzgʻor, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻlar va boshqa tayyorlardilar.
XVII asr — XVIII asrning birinchi yarmida Buxoroda Shayboniylarga qarindosh boʻlgan
Ashtarxoniylar
(Joniylar) oʻzbek sulolasi hukmronlik qildi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling