Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana16.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1359144
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Buxoro

Sovet hukmronligi davrida
Rossiya istilosi davrida bir necha mayda qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. 20-asr
boshida Buxoroda 12 ta mahalla, 360 dan ortiq guzar, 250 dan ziyod Madrasa, 390 ta masjid,
qariyb 150 ta karvonsaroy, 350 ta hovuz boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 mingdan ortiq
talaba oʻqigan. Buxoroda 1920-yillardan boshlab sanoat korxonalarining soni va salmogi ortib
bordi. Viloyat hududida gaz va neft konlarining topilishi shaharda yangi sanoat tarmoklarini
rivojlantirishga asos boʻldi. Uysozlik, madaniymaishiy xizmat tarmoqlarini barpo etish
jadallashdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tubdan yaxshilandi. Xalqaro va
mahalliy turizm yoʻlga qoʻyildi.
Buxoro, 1-sentabr 1920-yil
Buxoro


Arxeologik tadqiqotlar
Buxoro shahrini arxeologik jihatdan faol oʻrganish ishlari 70-80-yillarga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutitining maxsus arxeologik jamoasi (A. R.
Muhammadjonov, I. Ahrorov, J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov) va Oʻzbekiston Madaniyat
vazirligining Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash va asrash instituti otryadi (Ye. G. Nekrasova
boshchiligida) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi Buxuro viloyati hududida
miloddan avvalgi 4-3-ming yilliklardayoq ovchilik va baliqchilik bilan shugʻullangan, toshdan
turli qurol va buyumlar yasash mahoratlari yuksak darajaga yetgan neolit davriga mansub
qabilalar yashagani aniqlandi. Milolddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Zarafshon
daryosi oʻzaniga yaqin yerlarga, ayniqsa uning qad. tarmoqlari (Vobkentdaryo, Mohondaryo,
Gujayli va boshqalar) havzalariga chorvadordehqon qabilalar kelib joylashib, ular botqoq
yerlarda dehqonchilik qilish bilan birga yaylovlarda chorvachilik bilan ham mashgʻul
boʻlganlar. Arxeologlar Qorakoʻl tumanidagi Zamonbobo degan joydan mazkur qabilalar
manzilgohlaridan birining qoldiqlarini topib oʻrgandilar. Shu bois bu madaniyat fanda
Zamonbobo madaniyati deb ataldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Buxoro vohasida
astasekin sunʼiy sugʻorish tarmoqlari va mustahkamlangan qishloqlar vujudga kela boshlaydi.
Zarafshon daryosining kad. tarmogʻi — Shoxrud boʻylaridagi dastlabki qishloqlarning,
jumladan hozirgi Buxoro shahri oʻrnida boʻlgan qishloqning barpo boʻlishi aynan ana shu
davrga toʻgʻri keladi. 70-yillarda Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan arxeologik
qazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan oʻrganish tarixida birinchi marta materik
qatlamga qadar yetib borishga va madaniy qatlamlanish chuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini
aniqlashga muvaffaq boʻlindi. 
Mir Arab madrasasi
yaqinidagi arxeologik qazishma chogʻida
materik qatlam ustida toʻq jigarrang torf qatlami (40-70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi
va xonaki hayvonlar suyaklari qoldiqlari hamda sopol idish va buyumlar parchalari koʻp
ekanligi maʼlum boʻldi. Torf qatlami Madrasa tomon tobora qalinlashib borib, bino ostiga
kelganda qalinligi 7,5 m ga yetgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan Zarafshon daryosi
tarmoqlaridan biri — ilk oʻrta asr manbalarida qayd etilgan „Rudi zar“ („Oltin irmoq“) ning
oʻtganligini isbotlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning har
ikki qirgʻogʻi boʻylab bir qancha mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular
Buxoroning eng qadimgi shahar oʻzagini tashkil qilganini tasdiqladi. Shahar oʻzagi 3 qism —
„Oltin irmoq“ning oʻng qirgʻogʻida joylashgan ark, yaʼni qalʼa hamda uning oʻng va soʻl
qirgʻoqlaridagi qishloqlardan iborat boʻlgan. Bu yerdan topilgan koʻplab ashyoviy dalillar,
xususan sopol idish va buyumlar Buxoro tarixining turli davrlari (milolddan avvalgi 1-ming
yillikning 3choragidan 20-asr boshlariga qadar) ga oid boʻlib, ulardan 2 tasi milolddan avvalgi
5-asrga taalluqli ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, Buxoro arkida olib borilgan arxeologik
qazishmalar vaqtida yana koʻplab yangi va nodir ashyoviy dalillar topildiki, ular shaharning
qadimgi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda 13-15,5 m, shuningdek 16,5-
18,5 m chuqurlikdan 2 ta paxsa devor qoldigʻi topildi. Ular Buxoroning qadimiy mudofaa


devori harobalari boʻlib, biri (miloldiy 4-5 asrlar) ning balandligi 2,5–3 m, ikkinchisi (miloddan
avvalgi 4-3 asrlar) niki 2-2,5 m.
Hozirgi kunda Buxoro shahrida 30 dan ortiq yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat
korxonalari yalpi mahsulotining yarmidan koʻprogʻi Buxoroda ishlab chiqariladi. Korxonalarda
asosan mahalliy xom ashyo qayta ishlanadi. Ayrim korxonalar gaz va neft sanoati hamda
qishloq xoʻjaligiga xizmat qilishga ixtisoslashgan. Buxoro toʻqimachilik kombinati
(„Buxoroteks“), qorakoʻl zavodi, zardoʻzlik, pillakashlik fabrikalari, paxta, yogʻekstraksiya, vino,
gʻisht, remontmexanika zavodlari, un, goʻsht, uysozlik kombinatlari, poyabzal, tikuvchilik
fabrikalari hamda hunarmandchilik tarmoqlari ishlab turibdi. Shaharda 10 dan ortiq xorijiy
mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi: „BuxTel“
(Isroil) mayonez, „OmegaSitora“ (Gretsiya) moʻyna buyumlari, „GufikAvitsenna“ (Xindiston)
dori-darmon, „Marmar“ (AQSH) qurilish materiallari ishlab chiqaradi. 1996-yilda Buxoroda
Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan telefon stansiyalari oʻrnatildi. Buxoroda Oʻzbekiston
paxtachilik i.t. institutining filiali, bogʻdorchilik, niholchilik tajriba xujaligi va „Sohibkor“ xoʻjaligi
joylashgan.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling