Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida


Ashtarxoniylar (Joniylar) hukmronligi davrida


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana16.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1359144
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Buxoro

Ashtarxoniylar (Joniylar) hukmronligi davrida
Oʻzbek amaldori tomonidan qurilgan Nodir devonbegi madrasasi
Imomqulixon


XVI asr tarixchisi, oʻzbeklarning Qatagʻon qabilasidan boʻlgan Muhammad Yar ibn Arab
Qatagon "Musaxir al-bilad" ("Mamlakatlarni zabt etish") asarini yozgan. Asarda 
Shayboniylar
,
jumladan, Abdullohxon II davri haqida hikoya qilinadi.
[20]
Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi davridagi muttasil urush harakatlari madaniy hayot
taraqqiyotiga toʻsqin boʻldi. Adabiyot, sanʼat va boshqa sohalarda bir qancha isteʼdodli olimlar
(musiqada Darvishali Changiy va boshqalar) yetishib chiqdi. Adabiy, tarixiy asarlar —
„Hayvonnoma“ (Sayd Nasafiy). „Bahr ul-asror“ (Mahmud ibn Vali), „Ubaydullanoma“
(Muhammad Amin Buxoriy), „Tarixi Abulfayzxon“ (Abdurrahmon Toleʼ), „Muhit ut-tavorix“
(
Muhammadamin ibn Muhammadzamon Buxoriy
), 
Subhonqulixon
 toʻgʻrisida hajviya“ (Turdi)
va boshqa Tibbiyot va meʼmorlik bir oz taraqqiy etdi: ashtarxoniylardan Subhonqulixon
Buxoroda maxsus shifoxona hamda tibbiyot kutubxonasi qurdirdi. Hashamatli binolar
(
Abdulazizxon madrasasi

Nodir devonbegi madrasasi
, Bolohovuz masjidi va boshqalar)
bunyod etildi. Maktab va madrasalarda asosan diniy fanlar, qisman adabiyot (Navoiy, 
Fuzuliy
,
Hofiz, 
Bedil
va boshqalar) oʻqitildi.
Imomqulixon
oʻzaro kurashlarga barham bergan. U atrofiga olimlar va shoirlarni toʻplagan,
oʻzi ham sheʼrlar yozgan; 
darvishlarni
(soʻfiylarni) qoʻllab-quvvatlagan. Koʻchmanchilar bilan
olib borilgan muvaffaqiyatli janglar natijasida u 30 yildan ortiq hukmronlik qilgan. Bu davrda
mamlakatda markaziy davlat hokimiyati kuchaygan. Hindiston, Eron va Rossiya bilan elchilik
munosabatlarini oʻrnatgan.
Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakili 
Subhonqulixon
tibbiyot va astrologiyaga oid bir
qancha asarlarning muallifi boʻlgan. Uning tibbiyotga oid asari Oʻzbek tilida yozilgan. Uning
asari Budapeshtdagi kutubxonada saqlanadi. Subhonqulixon sheʻriyatga ham mehr qoʻygan
va Nishoniy taxallusi bilan sheʻrlar yozgan.
[21]
Subhonqulixon davrida Buxoroda koʻplab
meʼmoriy obidalar, jumladan, 
Dor ush-shifo madrasasi

Registonda
 katta 
hovuz

Buxoro arkida
Salomxona va Jome masjidi barpo etilgan.
1619—1623-yillarda oʻzbek vaziri Nodir devonbegi mablagʻlari hisobiga Buxoroda Labi-Xouz
ansambli tarkibiga kirgan xonakoh va madrasa qurildi.
XVII asr Buxoro meʻmorchiligida Temuriylar davri anʻanalari yana tiklandi, moʻl-koʻl bezaklarga
boʻlgan ishtiyoq qaytdi, ammo shu bilan birga yirik shahar me'moriy ansambllarining
rivojlanishining ilgari koʻrsatilgan yoʻnalishi davom etdi. Bu davrda eng faol qurilish Buxoroda
oʻzbek hukmdorlari Imomqulixon (1611-1642) va uning jiyani Abdulazizxon (1645-1681)
davrida amalga oshirildi.
[22]


Nodir devonbegi madrasasi
Bolohovuz masjidi
Abdulazizxon madrasasi



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling