Buxoro Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 1-11guruh talabalari Ubaydulloyeva Dilfuza Pediatriya fanidan tayyorlagan
Download 85 Kb.
|
Buxoro Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 1
Ona sutining afzalliklari:
1. Og'iz suti va ona sutida ichak infeksiyasi chakiruvchisiga, esherixiy, shigella, enterovirus, respirator infeksiyaga, virusli kasalliklar qo'zg'atuvchisiga, bakterial infeksiyalarga qarshi antitelolar bor. 2. Og'iz sutida immunoglobulinlarning barcha sinflari, asosan IgA (90%) bor. Laktasiyada uning miqdori kamayadi, lekin sutkalik talabi yuqoriligicha qoladi. Bu immunoglobulin invaziyaga qarshi birinchi himoya vazifasini o'taydi, bakteriyalar adgeziyasini pasaytiradi, viruslarni neytrallaydi, allergizasiyani kamaytiradi. 3. Laktasiyaning birinchi 4-haftasida ona sutida laktoferrin (50-100mg/l) bo´ladi, u fagositozni aktivlashtiradi, ichakda ionizasiyalashgan temirni boqlaydi, bakterial florani yangidan hosil bo´lishini bloklaydi. U sutdagi umumiy oqsilni 15-20%ini tashkil qiladi. Sigir sutida laktoferrin 10-15 marta kam. 4.Og'iz sutida S3 komplement komponentlari (30mg kunda) va S4 (10mg kunida) mavjud. 5.Ona sutida sigir sutiga qaraganda lizosim miqdori 100-300 marta yuqori bo´ladi. Uning ta'siri bakteriya qobig'ini zararlashdan iborat, so'lakda amilazaning hosil bolishini stimullaydi, oshqozon kislotaligini ko´taradi. 6.Ona sutida bifidus-faktor bor, uning aktivligi sigir sutiga nisbatan 100 marta yuqori. Bu uglevod bifidus flora, sut va sirka kislotasi hosil bo’lishini ta'minlaydi, o'z navbatida stafilokokk, salmonella, shigella, esherixiy o’sishiga tosqinlik qiladi. Tabiiy ovqatlantirishda ichakda laktobakterin va boshqa mikroorganizmlarning nisbati 1000:1; sun'iy ovqatlantirishda esa - 10:1ga teng. 7. 1 ml ona suti tarkibida 0,5-1 mln gacha tirik hujayralar, makrofaglar 50-80%, limfositlar - 10-15% Sutdagi makrofaglar interferon, laktoferrin, lizosim, komplement komponentlarini sintezlaydi, ular o'z hususiyatlarini ichak infeksiyalarida ham saqlaydilar. 8. Ona sutiga allergiya aniq emas, bir yoshgacha bo'lgan bolalarda sutli aralashmaga allergiya esa 18%ni tashkil qiladi. 9. Ona suti, asosan og'iz suti, sigir sutidan farqli, o'z tarkibida gipofiz, qalqonsimon bez gormonlarini saqlaydi. 10. Ona sutida 30 ga yaqin ferment bor, ular gidrolizda hatnashadi, bu ona sutining yuqori hazm bolishini ta'minlaydi. 11. Ona sutida oqsil 2 marta kam, lekin uglevodlar (laktoza) xayvon sutiga nisbatan ko'proq. Yog´lar miqdori bir xilda. Uglevodlarning energetik bahosi ona sutida - 45%, sigir sutida - 30%, yog - 50% energetik qiymatini tashkil qiladi. 12. Ona sutida sigir sutiga qaraganda kul kamroq bo´ladi. 13. Zardobdagi laktoalbumin va laktoglobulinlar miqdori kazeinogenga nisbati 3:2 ni tashkil etadi, shuning uchun moslashtirilgan aralashmalar zardobli oqsil bilan to´yingan. Ona sutida proteolitik fermentlar ham bo´ladi. 14. Ko’krak sutida yoglarni asosiy komponentlari - uch gliseridlardir. Bolalardaoshqozon osti bezi lipazasi aktivligi pastligi va konyugasiyalashgan ot tuzlarining past konsentrasiyasi yog´ gidrolizini qiyinlashtiradi. Ko'krak sutida palmitin kislota miqdori past, u yengil gidrolizni ta'minlaydi. 15. Ko'krak sutida sut glyukozasi (laktoza) sigir sutiga nisbatan ko’proq, ko’krak sutida - laktoza, ingichka ichakda sekin hazm bo´ladi va yogon ichakda grammusbat bakterial flora o'sishini ta'minlaydi. 16. Ko'krak sutida kalsiy va fosforning nisbati 2-2,5:1, sigir sutida -1:1, bu ularning sorilishi va hazm bo’lishigaa ta'sir ko’rsatadi. Ko'krak sutida kalsiyning hazm bolish koeffisienti 60%, sigir sutida - jami 20%. Ona suti sigir sutiga qaraganda temir, miss, sink, yogda eriydigan vitaminlarga boy bo´ladi.
Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling