Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Download 0.76 Mb.
bet12/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

Viskoza tolasi




Sellyuloza asosida ko’pgina sun’iy tolalar olinadi. Jumladan, viskoza tolasi, mis ammiyak tolasi va karboksimetil- sellyuloza tolalari olinadi.
Hozir dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan kimyoviy tolalarning yarmidan ortiqrogini viskoza tolasi tashkil qiladi. Viskoza tolasi olish usuli to’xtovsiz takomillashib bormoqda. Viskozaning har xil navlari yaratilgan bo’lib, ular xalq xo’jaligida turli maqsadlarda ishlatiladi. Yog’och, poxol, paxta momig’i va qamish tarkibiga kiruvchi tabiiy sellyuloza viskoza tolasi uchun xom ashyo manbai bo’lib xizmat qiladi. Viskoza tolasi olishda ko’proq qoraqagay egochidan
3 j
olinuvchi sellyuloza qo’llaniladi [ 1m yog’och 200 kg sellyuloza - 160 kg viskoza tolasi 1500m shoyi va shpatel’ matodir].
Viskoza tolasini olish bir necha bosqichdan iborat. Uning birinchi bosqichida sellyuloza merserizasiya qilinadi, ya’ni unga 18 foizi ishqor eritmasi bilan ishlov beriladi va keyingi bosqichlar uchun faollangan holga keltiriladi.
[C 6 H 7O 2 (OH) 3 n+ nNaOH ,
W[C H6 O 7(OJi) OH NaOH] n
Unga uglerod sulfid ta’sir ettirilgan yuqori molekulali efirsellyuloza ksatogenat hosil bo’ladi;


[C6 H7 O2 (OH)2 . OHNaOH] n + nC^


OC6 H5 O4 C = S SNa


+ nH O


Uchinchi bosqichda esa sellyuloza ksantogenati suyulitirilgan ishqor eritmasi bilan eritiladi va qovushqoq yigiruv eritmasi viskoza olinadi.
Eritma “etilgan”dan so’ng ksantogenat guruhlarining qisman sovunlanishi va makromolekulalarning parchalanish ro’y beradi. Etilgan eritma filera tirqishlaridan kislotali muxitga ega bo’lgan suvli vannaga siqib chiqariladi. Vannada ksantogenat to’liq parchalanadi. Sellyuloza esa qayta tiklanib, pishiq tola kurinishini oladi:
OC6 H5 O4
C = S n+H, SO4 »-(C6 H1 0 O5 )n + n CS2 +n NaHSO
SNa
Sanoatda ishlatilishiga ko’ra viskoza tolasining xilma-xil navlari ishlab chiqariladi. Ular iste’mol mahsulotlari kard tolasi ko’rinishida avtomobil’ va samolyot shinalarning karkaslarini tayyorlashda paxta o’rnida ishlatiluvchi paxtasimon tola sifatida keng qo’llaniladi.




Viskoza tolalariga qaraganda yuvilganda ancha qisqaradi. Bu uning kamchiliklaridan biri xisoblanadi. Yana bir kamchiligi uning g’ijimlanishdir.
Mis ammiak tolasi
Gidrat sellyuloza tolasini ishlab chiqarishda viskoza usulidan tashqari mis ammiakli usul ham mavjud bo’lib, u sellyuloza va mis ammiak gidratning kompleks birikmasi eritmasini qayta ishlanishga asoslangandir. Bu usul birinchi marta 1892 yilda Fremeri va Urtanlar tomonidan taklif etilgan. 1897 yil G. Pauli mis ammiakli tola ishlab chiqarishlar uchun ruxsat oladi. 1899 yilda Laxendagi zavodda mazkur tola ishlab chiqarish yulga qo’yilgan. Bu tolani ishlab chiqarish hajmi sun’iy tolalarning umumiy hajmiga nisbatan kichiq qismi tashkil qilsada, viskoza usuliga nisbatan ziyoni kamroq, shuning uchun bu usulni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Mis ammiakli tolani ishlab chiqarish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

  1. yigiruvchi massani hosil qilish.

  2. tolani shakllantirish.

V) tolaga ishlov berish.
Sellyulozadan yigiruvchi massa tayyorlash uchun sellyuloza hamisha g’ovak massa ko’rinishida va namligi 50-100 foiz bo’lishi kerak. Boshlangich xom ashyo sifatida paxta momig’ini pishirish va oqartirish bevosita mis ammiakli tola zavodida bajarilishi kerak. Bunda quritilmagan, lekin siqilgan nam sellyuloza to’g’ridan-to’g’ri tola hosil qilish uchun jo’natiladi. Agar yog’och sellyulozasidan foydalanilsa, sellyuloza 50 foizgacha namlanadi. Sellyulozani eritish uchun mis gidroksidi yoki uning ammiak bilan hosil qilgan kompleks birikma ko’rinishidagi asosli tuzi [Cu(NH3)m(OH)2] qo’llaniladi. Bu jarayon reaksiyasini quyidagicha tasvirlash mumkin:



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling