Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Download 0.76 Mb.
bet8/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

(1932-2008 y)
Yunus Tosho’ylatovich Tosho’ylatov- O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. 1955 yilda hozirgi O’zMU ning kimyo fakultetini bitirgan. 1957 yilda kimyo fanlari nomzodi, 1971 yilda kimyo fanlari doktori bo’lgan. 2008 yilgacha Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlab keldi.
YU.T.Toshpo’latov kimyoviy birikmalar, sellyuloza va uning turli o’zgarishga uchratilgan ko’rinishlari strukturalarini rentgenografik va IQ - spektroskopik usullar yordamida chuqur va har tomonlama o’rgangan olimdir. U O’zbekistonda birinchi bo’lib tabiiy polimer bo’lgan sellyulozaning IQ- spektroskopik va rentgenografik usullar yordamida strukturasidagi o’ziga xos tuzilishlarni aniqlagan. Paxta tolasi sellyulozasining molekulyar va molekula usti strukturalari to’g’risida muhim ilmiy ma’lumotlar olgan. O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida lintdan paxta sellyulozasi olishning ilg’or texnologiyasi ishlab




chiqilgan. To’qimachilik sanoati uchun yangi preparpatlar yaratilgan va ular ishlab chiqarishga tadbiq etilgan.
YU.T.Toshpo’latov rahbarligida yaratilgan asetilsellyuloza tasmalari va ip yigirishga ishlatiladigan eritmalar uchun yangi texnologik qurilmalar tayyorlangan va kimyoviy tolalar korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan. YU.T.Toshpo’latov rahbarligida 8 ta doktorlik, 30 ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilingan. U 410 ta ilmiy maqola, 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 15 ta o’quv qo’llanma va 35 ta patent va ixtirolar muallifidir.
YU.T.Toshpo’latov ilmiy pedagogik faoliyatida katta muvaffaqiyatlari uchun «Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a’lochisi», «SHavkatli mexnati» uchun u ko’krak nishonlari va medallar bilan mukofotlangan. Unga 1981 yilda «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Fan arbobi» unvoni berilgan.
Ayni kunda O’zbekistonda o’ndan ortiq polimerlar kimyosi markazlari ishlab turibdi. Bu markazlarda jami 6 nafar akademik olim, 50 nafar fan doktorlari, 120 nafar fan nomzodlari va ko’pgina ilmiy xodimlar ish olib bormoqdalar. Ular erishgan muvaffaqiyatlar O’zbekistonda polimerlar sanoati rivojining yangi bosqichlarini ta’minladi.
Buxoro polimerlar maktabi
Buxoro davlat universiteti «Umumiy kimyo» kafedrasi qoshidagi polimerlar maktabi ilmiy tadqiqot ishlari asosan uch yo’nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo’nalish «Geterohalqali (met)akril monomerlarini sintezi, polimerlanishi va sopolimerlanishi qonuniyatlari hamda fizik-kimyoviy xosslarini o’rganish» deb nomlanadi. Bu yo’nalishda polimerlar kimyosi ilmiy-nazariy asoslari bilan bog’liq masalalar geterohalqali (met)akril monomerlar misolida o’rganilmoqda. Mazkur yo’nalish bo’yicha 1 ta doktorlik va 3 ta nomzodlik dissertasiyalari tayyorlangan. Ikkinchi yo’nalish «Tabiiy va sintetik polimerlar asosida kompozision materiallar yaratish va ularni qo’llash» deb nomlanadi. Ushbu mavzy bo’yicha Respublikamizda mavjyd bo’lgan xom ashyolar: guruch kraxmali, poliakrilamid, akril emylsiyasi va Na-KMS asosida turli kompozitlar tayyorlanib, ularning fizik- kimyoviy va texnologik xossalari o’rganilmoqda. Olingan ilmiy ish natijalariga asoslangan holda yuqori samaradorlikka ega bo’lgan ohorlovchi va quyuqlashtiruvchi kompozision materiallar yaratilib, ularni texnologik asoslari ishlab chiqilgan. Ilmiy yo’nalish natijalari asosida 2 nafar doktorlik va 6 nafar nomzodlik dissertasiyalari tayyorlangan. Oxorlovchi va quyuqlashtiruvchi polimer kompozisiyalarni ishlab chiqarishda qo’llash maqsadida Vazirlar mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazini 19 mln so’mlik 2 ta granti bo’yicha ish




olib borilib Respublikamiz to’qimachilik kombinatlarida katta iqtisodiy samaradorlikka erishilmoqda. Uchinchi yo’nalish «Yuqori molekulali birikmalar kimyosi fanini (Oliy ta’lim jarayonida akademik lisey, kollejlarda) o’qitish uslubiyoti muammolari va ularning yechimi» nomlanadi. Bu yo’nalishda yuqori molekulali birikmalar kimyosini o’qitish uslubiyotining yangi pedagogik texnologiyalarini yaratish, ularning oliy ta’lim akademik lisey va kasb hunar kollejlarida qo’llanish samaradorligi aniqlanadi. Shu asosda elektron dastur yaratish maqsad qilib qo’yilgan.
Savollar

  1. Yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar birikmalardan qanday farq qiladi?

  2. Polimer necha xil usulda sintez qilinadi?

  3. Polimerlanish deb nimaga aytiladi?

  4. Polikondensatlanish deb nimaga aytiladi?

  5. Modifikasiyalash deganda nimani tushunasiz?

  6. Polimerlarning ahamiyati nimadan iborat?

  7. Polimerlar nima maqsadda ishlatiladi?

  8. Hozirgi vaqta respublikamizda nechta polimer markazlar mavjud?

  9. Polimerlar kimyosi fani sohasi bo’yicha kadrlar tayyorlash dasturining asosiy yo’nalishlari nimadan iborat?

  10. Polimerlar faniga birinchi bo’lib kim asos solgan?

  11. Polimerlar fanining rivojlanishida hissa qo’shgan o’zbek olimlardan kimlarni bilasiz?

  12. Buxoro polimerlar maktabi haqida nimalar bilasiz?

Tayanch so’zlar:
Monomer - Polimerlarni olish uchun ishlatiladigan dastlabki moddalarga aytiladi.
Polimer - Molekulada bir yoki bir necha faol funksional guruhlar bo’lsa quyi molekulyar moddalar monomer molekulalarining o ’zaro birikishidan hosil bo’lgan modda.
Makromolekula - Yuqori.molekulyar birikmalarning molekulasi 100 ta, 1000 ta va undan ortiq atomlarning o ’zaro kovalent bog’lanishdan hosil bo ’lgan molekula.
Polimerlanish darajasi - Makromolekuladagi elementar soniga aytilad yoki
polimerlanish darajasi - bu son, makromolekulada nechta monomer birikkanligini ko’rsatadi




Makromolekula formulasining polimerlanish darajasi odatda struktura
(monomerli) bo’g’in o’z ichiga olgan holda qavsdan tashqarida "n" indeks bilan
belgilanadi:
(CH2-CH2-)n (CH2-CH-)n
QH5

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling