Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Download 0.76 Mb.
bet16/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

d


c


b


a





VRML-modelni ko’rish uchun kursorni rasmga keltirib bosing. Fazoviy (uch o’lchamli yoki to’rsimon) forma (masalan, vulkanlangan kauchuk):





VRML- modelni ko’rish uchun kursorni rasmga keltirib bosish bilan.
Chiziqsimon polimerlarda makromolekulaning uzunligi, uning ko’ndalang o’lchamidan yuz va ming marta katta bo’ladi. Bunday polimerlarga sellyuloza, tabiiy kauchuk, fibroin, kazein, shuningdek, ko’pgina sintetik polimerlar kiradi.
Tarmoqlangan polimerlarning makromolekulalari yon tomondan shoxchalagan ko’rinishga ega bo’ladi. Bunday polimerlarga kraxmal, glikogen, shuningdek, sintetik yo’l bilan olinadigan ko’pgina payvand sopolimerlar misol bo’la oladi. To’rsimon polimerlarda makromolekulalar choklangan bo’ladi, bunday polimerlar erituvchilarda erimasligi, issiqlik ta’sirida suyuq holatga o’tmasligi bilan ajralib turadi. Vulkanlangan kauchuk, rezina, divinilsopolimerlari fazoviy tuzilishdagi fenolformaldegidva karbamidformaldegid smolalari bunday polimerlarga misol bo’la oladi.
Tarkibi va tuzilishi jihatidan bir xil, ammo molekula massasi (polimerlanish darajasi) turlicha bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar polimergomologik qatorni tashkil qiladi. Amalda har qanday polimer modda o’zining turli o’lchamdagi makromolekulalardan iborat murakkab polimergomologik qatorni hosil qiladi. Hozirgacha ularni bir xil molekulyar massaga ega bo’lgan aniq fraksiyalarga ajratish imkoniyati topilmagan. Shuning uchun ham odatda, polimerning molekula massasi haqida gap borganda, unga qo’shimcha ravishda molekulyar massaviy taqsimlanish funksiyasi degan tushuncha beriladi. Taqsimlanish funksiyasi 1 g polimerdagi ma’lum molekulyar massaga ega bo’lgan makromolekulalar miqdorini ko’rsatadi va polidisperslikning matematik ifodasidagi ko’rsatkich hisoblanadi. Polimer makromolekulasida molekulyar massa ko’rsatgichi muayyan birikmani xarakterlovchi doimiy t qiymat bo’lmay, o’rtacha statistik kattalikdir. Shuning uchun ham polimerlar kimyosida o’rtacha molekulyar massa degan tushuncha kiritiladi.




Nomlanishi

Formulasi

1

2


Polito’yingan ugtevodlar








Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling