Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi
H SO —2 ^ [C6 H 7O 2 (OCOCH 3 3 + 3n CH COOH
Download 0.76 Mb.
|
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI
H SO
—2 ^ [C6 H 7O 2 (OCOCH 3 3 + 3n CH COOH [ C6H7O2 (OCOCH3)3] n + n H2O [C6H7O2 (OCOCH3)2 (OH)]n+ nCH3COOH Karboksimetilsellyuloza tolasi [C6H7O2(OH)3 NaOH]n+ClCH2COONa 35-40°C [C6H7O2(OH)■ (C^COONa) y]n KMS neft quduqlarini qazishda ishlatiladigan eritmalar tarkibida asosiy modda sifatida ishlatiladi. Bu efirning tuzi suvda eruvchan bo’lganligi uchun to’qimachilik sanoatida kraxmal o’rnida xam ishlatiladi. KMS sun’iy sovun va qog’ozlarning sifatini yaxshilashda xam katta ahamiyatga ega. So’nggi yillarda olimlarimiz tibbiyotga kerakli bo’lgan materiallar sifatida KMS iplari olishni yo’lga qo’ydilar. Bu iplar inson tanasidaga ichki operasiyalar natijasida qo’yilgan choklarni tikish uchun kerakli, chunki ular eruvchandir. Uning eruvchanligi sellyulozani efirlashda almashinish darajasi v ga muxitni Rn iga va boshqa bir qator omillarga bogliq. Qizigi shundaki, KMS iplari tayyor maxsulot - paxta, viskoza iplar bilan xlorsirka kislota, o’yuvchi Na ning aralashmasidan olinadi. Shuning uchun xam bu iplar inson tanasida ma’lum muddat o’tgach o’z-o’zidan erib tashqariga chiqib ketadi. Shuni xulosa sifatida aytish mumkinki sellyulozadan olinadigan sun’iy tolalar xalq xo’jaligida, sanoatda ko’p soxalarda qo’llaniladi. Medisinada xam sun’iy tolalardan keng foydalaniladi. Chiziqli, tarmoqlangan va choklangan polimerlar. Gomopolimerlar, sopolimerlar, blok-sopolimerlar va payvandli sopolimerlar. Gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar. Yuqori molekulyar birikmalar molekulasi oddiy bo’g’inlardan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagicha o’zaro bog’langan bo’ladi: -A - A -A - A - A -A - A - A - yoki -(-A-)n- bu erda, A - takrorlanuvchi bo’g’in; n - bo’g’inlar soni bo’lib, polimerlanish darajasini ifodalaydi. Polimerlanish darajasi polimerning molekulyar massasi (M) va monomer molekula massasi (m) bilan o’zaro: Р = M/m nisbatda bog’langan bo’ladi. Bundan M = P ■ m, ya’ni polimerning molekulyar massasi (M), uning oddiy bo’g’in molekulyar massasi (m) ning polimerlanish darajasi (P) ga ko’paytmasiga teng. Фрагмент макромо лек~улы по лиэ пшена Polimerlarni hosil qiladigan quyi molekulyar moddalarni monomerlar deyiladi (mono - bir demakdir). Agar polimer hosil bo’lishida monomer molekulasi to’liq o’zgarmagan holda makromolekula tarkibiga o’ta, takrorlanuvchan bo’g’inni monomer bo’g’in deb ataladi. Bir xil tarkibli monomerlardan hosil bo’ladigan makromolekulani gomopolimer deyiladi. Polimer hosil bo’lishida turli xil monomerlar ishtirok etsa, turli tarkibli bo’g’inlar ko’p marta takrorlansa, bunday polimerlarni sopolimerlar deyiladi. Masalan, tarkibi turlicha bo’lgan monomer bo’g’inlarni A,B,C deb ifodalasak, ulardan hosil bo’lgan sopolimerlarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi: Masalan:... - A - A - B - A - B - B - A - B - A - A -B - yoki - A - B - B - C - A - C - C - B - A - B- B - Sopolimer makromolekulasida ko’p marta qaytariladigan bo’g’inlar joylanishining ketma-ketligi tartibsiz bo’lsa, bunday sopolimer statik sopolimer deb ataladi. Ba’zi sopolimerlar makromolekulasida monomer bo’g’inlari batartib joylashgan bo’ladi.Masalan: - A - A - A - A - B - B - B - B - A - A - A - A -, bunday sopolimerlar blok sopolimerlar deyiladi. Makromolekulani asosiy zanjiriga ikkinchi biror bir monomer bo’g’inlari quyidagicha bog’langan bo’lsa, bunday sopolimerlarga payvand sopolimerlar deyiladi. Endi makromolekulada yonma- yon joylashgan monomer bo’g’inlarini bir- biriga nisbatan turli fazoviy holatlarini (konfigurasiyalarini) qarab chiqamiz. I B B - A - A - A - A - A - A - A - A - A - B B B I I Shuni eslatib o’tish kerakki, bu holatlar «yaqin tartibli» tuzilish deb yuritiladi va o’z navbatida bu «yaqin tartibli» konfigurasiyalar struktur va fazoviy izomerlarga bo’linadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling