Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Download 0.76 Mb.
bet18/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

Poligeksametilenadipinamid


H-[NH(CH2)6NHCO(CH2)CO]n-OH
Poligeksametilenadipinamid geksametilendiamin bilan adipin kialotaning o’zaro ta’sirlashuvidan hosil qilinadi. Uni birinchi marta 1936 yilda Karozers olgan.
Poligeksametilenadipinamid rangsiz tiniq modda. Organik erituvchilar va ishqor eritmasi ta’siriga chidamli. Ammo kuchli kislotalarda oddiy sharoitda erib, harorat ortishi bilan gidrolizga uchraydi. Poligeksametilenadipinamiddan olingan tolalar juda pishiq, dielektrik xossaga ega. U oson kristallanishi, issiqqa chidamliligi va suyuqlanish harorati yuqoriligi bilan boshqa poliamidlardan ustun turadi. Poligeksametilenadipinamiddan sanoatda asosan tola olinadi. Undan olingan tola turli mamlakatlarda har xil nom bilan yuritiladi. Masalan, naylon-66, naylon-10, anid, perlon, igamid-A, arabelta, braylon, aqilon va hokazo.
Poliamiddan tola olish oldin uchun u yuqori haroratda suyuqlantiriladi va bosim ostida turli diametrli teshikchalardan o’tkaziladi. Hosil bo;’lgan tola hali izotrop holda bo’ladi, uni cho’zib, anizatrop holatga o’tkaziladi. Bunda makromolekulalar tartiblanib, tolaning pishiqligi ortadi. Poliamid tolalarsanoatning barcha tarmoqlarida, texnikada va turmushda ko’p ishlatiladi. Poligeksametilenadipinamiddan har xil qalinlikdagi plyonkalar ham olinadi. Ular ultrabinafsha nurni yaxshi o’tkazganligi sababli bu polimerdan parniklarga oyna, sun’iy charm, kinolenta va shunga o’xshash boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Poligeksametilenadipinamiddan tayyorlangan lok, yelim va plyonka metallarga yaxshi yopishadi, mikroblar ta’siriga chidamli. Shuning uchun ulardan elektr simlar, kabellar, sun’iy teri va quvurlarni chirishdan saqlashda qoplama sifatida foydalaniladi. Poligeksametilenadipinamiddan mashinalarning turli detallari, tibbiyot asboblari, samolyot va avtomashinalarning ba’zi qismlari kabi texnikada zarurbuyumlar ham ishlab chiqariladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling