Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Download 0.76 Mb.
bet5/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

Polimerlar fanini rivojlantirishda o'zbek olimlarning hissasi
Yuqori molekulali birikmalar kimyosidan ilmiy tadqiqot ishlari 40- yillar




o’rtalarida O’rta Osiyo Davlat universiteti fizik-kimyo kafedrasi laboratoriyalarida boshlandi. Paxta sellyulozasi va shoyi fizikasi hamda kimyosi o’rganildi. 50- yillarda bu ishlar O’zbekiston FA kimyo instituti tabiiy polimerlar laboratoriyasida amalga oshirildi. (H.Usmonov) 60- yillarda sintetik polimerlar sintezi boshlanib, bu ishlarning nazariy va amaliy tomonlari haqida fikr yuritildi. Bunday polimerlarni qishloq xo’jaligida, sanoat korxonalarida keng qo’llashga doir amaliy ishlar bajarildi (M.Asqarov, A.Hakimov). Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi instituti tashkil etilib (1963), unda gidrosellyuloza, asetat shoyi va boshqa tolalarning tuzilishini tekshirish usullari ishlab chiqildi, sellyuloza xossalarini kimyoviy va radiasion -kimyoviy usullar orqali o’zgartirishga oid izlanishlar olib borildi. Kimyoviy qayta ishlash uchun lintdan yuqori sifatli paxta sellyulozasi olish maqsadida texnologik jarayonlar yaratishga oid tadqiqotlar amalga oshirildi (H.Usmonov, B.Oyxo’jaev, K.Roziqov va boshq). Paxta sellyulozasining fizik-kimyoviy xossalari, bularning tuproq tuzilishiga, ob-havo sharoitlariga, namgarchilik va boshqa omillarga bog’liqligi Amerika olimlari bilan hamkorlikda o’rganildi va qiziqarli ma’lumotlar olindi. (T.Mirkomilov). Sellyulozatitanli hosilalarining sintezi o’rganilib, olingan mahsulotlar sinovdan o’tkazildi. (T.Abdurashidov), karboksimetilsellyulozaning turli xususiyatlari ham o’rganildi. (SH.Najmiddinov), furan smolalarini sanoatda qo’llash mumkin bo’lgan yo’llarni topish bo’yicha izlanishlar qilindi (F.Magrupov). 80- yillar boshlarida O’zR FA tizimida polimerlar fizikasi va kimyosi ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilib, polimerlarning koordinasion kimyosi hamda kompozision materiallar yaratish borasida ilmiy ishlar boshlab yuborildi. Erkin radikallarni yutuvchi va barqarorlovchi xususiyatli funksional guruhlarni o’z ichiga olgan monomerlar asosida materiallar yaratish ustida izlanishlar qilindi, chigitning unib chiqishini boshqarishda qo’l keladigan polimer qoplamalari yaratilib, amalda tadbiq etildi (S.R.Rashidova). Furfurilidin va difurfurilidenaseton asosida gidrotexnika inshoatlarida qo’llaniladigan, yuqori harorat ta’siriga chidamli smolalar yaratildi (Y.Mamatov, N.Ostervolkov). ToshDUda superfosfat zavodlari chiqindilari bilan tabiiy gazlardan ftorpolimerlar sintezi (A.Yo’lchibaev, T.Sirlibaev) tibbiyot extiyojlari uchun zarur bo’lgan fiziologik faol sintetik polimerlar (O’.Musaev) ToshPIda polimerlar muammosi laboratoriyasida yangi monomerlar va xossalarini oldindan boshqarish mumkin bo’lgan yuqori molekulali birikmalar (A.Jalilov, O.Yoriev, R.Ro’ziev, I.Ismoilov), plastmassalarni qayta ishlash kafedrasida esa asetilen asosida elastomerlar olish va ularni xalq xo’jaligida ishlatish (A.Yusupbekov), yengil sanoat va to’qimachilik institutida tola hosil qiluvchi yangi polimerlar xususiyatlari (K.Ergashev) o’rganilmoqda. «Taraqqiyot» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida ko’pgina xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan yangi kompozision materiallar yaratilmoqda. (S.Ne’matov) O’zbekistonda kimyo




sanoatini rivojlantirish istoqbollari yangi qurilayotgan korxonalarda ishlaydigan
kadrlarni hozirning o’zidayoq yetarli miqdorda tayyorlay boshladilar. SHu
maqsadda Toshkent to’qimachilik institutida yuqori molekulali birikmalar
kafedrasi, Toshkent kimyo -texnologiya institutida kimyo sanoatini
avtomatlashtirish va kimyo mashinasozligi guruhi tashkil etildi. O’zbekiston FA da
polimerlar sohasida tekshirishlar olib boradigan laboratoriyalar va polimerlar
kimyosi instituti barpo etildi. Toshkent kimyo- texnologiya institutida polimerlar
muammosi bilan shug’ullanadigan maxsus laboratoriya ochildi. Yuqori molekulali
birikmalar kimyosi sohasida bir necha o’zbek olimlari ish olib borganlar, shulardan

  1. Usmonov, M.Asqarov, K.Axmedov, T.Mirkomilov, S.Rashidova, R.Tillaev, Yu.

Toshpo’latovlardir. Quyida ayrim akademik olimlarning faoliyati bilan
tanishamiz.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling