Buxoro davlar universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi


Download 0.76 Mb.
bet7/88
Sana24.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1057910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88
Bog'liq
b3455a252c8bda64dd5290d73a5e5fae YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSI

To’lqin Mirkomilovich Mirkomilov (1939-2004) O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi. Halqaro Oliy maktab Fanlar akademiyasi akademigi. 1962 yilda Toshkent politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetini bitirgan. 1966 yilda texnika fanlari nomzodi, 1983 yilda chiqindilarini kompleks qayta ishlash, sof ekologik texnologiyalarni yaratish, polimerlar va plastmassalarni qayta ishlash sohasida yirik olimdir. Uning rahbarligida paxta sanoati chiqindilaridan yuqori sifatli sellyuloza olish, tarkibida sellyuloza bo’lgan xom-ashyolarni tozalash, uning tarkibi, tuzilishi va xossalari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash bo’yicha katta yutuqlarga erishilgan. Olingan sellyulozadan asetil, nitro va boshqa hosilalar, ulardan esa plastmassalar, yonmaydigan va plastik xususiyati yuqori bo’lgan kino-foto plyonkalar olish mumkinligi ko’rsatilgan. Dorilarni kapsyllashda ishlatiladigan suvda eruvchi polimer plyonkalar olish ishlab chiqilgan.
T.M.Mirkomilov va uning shogirdlari tomonidan «Navoiy - Azot», «Elektrokimyosanoati», «Fargona-Azot» va boshqa korxonalarda hosil bo’ladigan gaz chiqindilari va kroton aldegidi asosida oligomer va polimer moddalar olingan hamda ularni qo’llash sohalari aniqlangan.
T.M.Mirokmilov mineral resurslar va sanoat chiqindilarni kompleks qayta ishlash, ekologik sof texnologiyalarni yaratish bo’yicha ilmiy maktab yaratgan. Uning rahbarligida 20 nafar fan nomzodi, 8 ta fan doktori tayyorlangan, у 450 dan




ortiq ilmiy maqolalar, 40 dan ortiq ilmiy ixtirolar uchun 30 dan ortiq mualliflik
guvohnomalari olgan, 4 ta monografiya va 5 ta darslik muallifidir.
Sоyibjоn Sоdiqоvich Nеgmаtоv
- 1941 yilda tug’ilgan. 1965 yilda Toshkent
politexnika institutini tugatgan. 1965-1968 yillarda esa shu institutning Kimyo
texnologiya fakulteti aspiranturasida o’qigan . 1969 yilda texnika fanlari nomzodi,
1980 yilda texnika fanlari doktori bo’lgan.

  1. Negmatov qattiq jismlar mexanokimyosi va kompozision materiallar
    sintezi hamda texnologiyasi sohasida ko’zga ko’ringan olimdir. Uning ilmiy
    ishlari qattiq jismlar mexanokimyosining ilmiy asoslarini ishlab chiqishga,
    anorganik va organik moddalar asosida kompozision materiallar yaratishga,
    moddalarning radiofaol, magnit, elektr, ishqalanish, tebranish quvvatini yutish,
    pishiqligini oshirish va zanglash xususiyatlarini o’rganishga, yangi energiya va
    resurslarni tejovchi texnologiyalar yaratishga bag’ishlangan. U qattiq jismlarning
    adgeziv o’zaro ta’sirining molekulyar mexanoelektrik hamda elektromagnit
    nazariyalarini taklif qilgan va uning asosida kompozision materiallar sintezini
    amalga oshirgan. Polimer materiallari, vollastonit, kaolin, bo’r, bentonit kabi
    mahalliy xom ashyolardan va ishlab chiqarish chiqindilaridan mashinasozlikda,
    qu’rilishda va boshqa sohalarda ishlatiladigan hamda katta iqtisodiy samara
    beradigan kompozision materiallar yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan.

    1. Negmatov O’zbekistonda kompozision materiallar va texnologiyalar
      yaratish ilmiy maktabining asoschisidir. Uning rahbarligida 6 nafar fan doktori, 42
      nafar fan nomzodlari tayyorlangan. У 350 dan ortiq ilmiy maqola, 52 ta ilmiy
      ixtiro, 16 ta kitob va monografiyalarning muallifidir. Uning 216 ta ilmiy maqolasi
      chet ellarda va «Kompozitlar yaratish asoslari» monografiyasi esa AKSH,

rniyada nashr qilingan. U o’zining ilmiy ishlari bilan ko’pgina
lika miqyosidagi ilmiy kongresslarda va konferensiyalarda
Sayyora Sharapovna Rаshidоvа -O’zbekiston Fanlar
Akademiyasi akademigi. 1943 yilda tug’ilgan. 1965 yilda
Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining
kimyo fakultetini tamomlagan. 1971 yilda kimyo fanlari
nomzodi, 1983 yilda kimyo fanlari doktori bo’lgan.
S.SH.Rashidova yuqori molekulyar birikmalar kimyosi
sohasidagi yirik olimadir. Uning ilmiy izlanishlari ma’lum kimyoviy tuzilishga
ega bo’lgan biologik faol polimerlarning sintezi, ko’p qirrali xossaga ega bo’lgan
polimerlar asosidagi dorilar, o’simliklarni himoya qilish vositalarini tanlashning
nazariy asoslarini ishlab chiqishga va ularning amaliyotga qo’llashga
bag’ishlangan. Bu tadqiqotlar asosida «Kovilon» deb nomlangan plazma o’rnini







bosuvchi dori, o’simliklar o’sishi boshqaruvchi modda - benzoilchymoli kislota olish, chigit, sholi va qand lavlagi urug’ini ekishdan oldin polimer moddalar bilan kapsulalash yo’lga qo’yilgan.
S.SH.Rashidova 300 dan ortiq maqolalarning muallifidir. Ilmiy ixtirolari uchun 20 dan ortiq mualliflik guvoxnomalarini olgan, 2 ta ilmiy monografiya yozgan. S.SH.Rashidova O’zbekiston Respyblkasi Fanlar Akademiyasining yuqori molekulyar birikmalar bo’yicha Ilmiy kengash a’zosi, Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida ixtisoslashgan ilmiy kengash raisi, O’zbekiston Kimyo jurnali tahririyati a’zosi, Respublika Xotin-qizlar ko’mitasi «Olima» assosiasiyasining Prezidenti, Respublika Oliy Majlisi deputati va inson huquqlari bo’yicha qo’mita raisi hamda ambusman vazifasida faoliyat ko’rsatmoqda.
S.SH.Rashidovaga kimyo fanini rivojlantirishdagi xizmatlarini e’tiborga olib, 1983 yilda «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi» unvoni berilgan.






Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling