Buxoro davlat pedagogika instituti 2-oliy(sirtqi) ta’lim bo’limining Matematika va informatika yo’nalishi 1mi-22im guruh talabasi Sodiqova Nilufarning


Download 0.63 Mb.
bet5/7
Sana17.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1206798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sodiqova Nilufar

Tasavvufda maqomat tushunchasi

Tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi, so‘fiylarning amaliy, ruhiy-psixologik mashqlari, o‘z-o‘zini tarbiyalash va chiniqtirish tabdir-usullari shakllandi. TARIQAT, MA’RIFAT, HAQIQAT degan tushunchalar yuzaga kelib, tasavvufning ushbu uch qismiga oid qarashlar majmui tuzildi – tasavvuf alohida ilm sifatida qaror topdi. So‘fiylar dastlabki paytlar tasavvufni nuqul siru asror, tushuntirib bo‘lmaydigan holatlar («iboraga kelmaydigan ishoratlar») deb hisoblagan bo‘lsalar, bora-bora bu holatlar haqida fikr-mulohazalar bayon qilina boshlandi, so‘fiyni tarbiyalash vazifasi, pir-muridlik qoidalari, odobini yaratish zarurati tug‘ildi. Natijada, tariqat va shariat orasidagi munosabatlar, olam, odam va Xudo orasidagi aloqa-muomala mohiyati, tavhid – vahdat masalalari munozalarga sabab bo‘ldi. Din arboblari bilan so‘fiy shayxlari, ayniqsa falsafiylashgan tasavvuf tarafdorlari jiddiy mafkuraviy tortishuvlargacha bordilar. Tasavvuf butun Islom olamini zabt etib, barcha qadimiy shaharlarda xonaqohlar qurildi, yo‘llarda rabotlar, aziz-avliyolarning mazorotida shayxlar maskan tutib, ko‘plab shoigrdlarni tarbiyaga oldilar.
Tasavvufning ilk davrida maqomot va tariqat asoslarini ishlab chiqish, so‘fiylik yo‘riqlarini belgilash va ilohiy haqiqatlarni el orasiga yoyishda Abuali al Horis Muhosibiy (781–857), Zunnun Misriy (796–861), Abuyazid Bistomiy (vafoti 875), Junayd Bag‘dodiy (vafoti 910), Hakim Termiziy (vafoti IX asr oxiri) va Mansur Halloj (858–922)larning xizmati katta bo‘lgan. Keyinchalik Abusaid Abulxayr (967–1049), Abdulloh Ansoriy (1006–1089), Ahmad Yassaviy (vafoti 1166) Yahyo Suhravvardiy (1155–1191), Ibn Arabiy (1165–1240), Najmiddin Kubro (1145–1221), Bahuoddin Naqshband (1318–1389) kabi shayxul mashoyixlar tasavvuf ilmini yangi fikrlar, qarashlar bilan boyitdilar, yangi oqim, silsilalarini vujudga keltirdilar. Tasavvuf haqida bir qancha risola va kitoblar yozildi, tasavvuf g‘oyalarini qizg‘in targ‘ib etuvchi ulkan she’riyat vujudga keldi. Tasavvufga oid nazariy kitob va qo‘llanmalardan Abunasr Sarroj (vafoti 988 yil)ning «Kitobal luma’», Al Kalabodiy (vafoti 990 yil)ning «Kitobat ta’arruf», Abu Tolib Makkiy (vafoti 998 yil)ning «Qutal qulub», Abdurahmon Sulamiy (vafoti 1021 yil)ning «Risolatal malomatiya», Qushariy (vafoti 1072 yil)ning «Risola fit tasavvuf», Al Hujviriy (vafoti 1076)ning «Kashfal mahjub», Abdulloh Ansoriyning «Manozil as soirin», Farididdin Attor (1119–1222)ning «Tazkiratul avliyo» nomli asarlarini ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari, Rumiy, Hofiz Sheroziy, Mahmud Shabistariy asarlariga yozilgan sharhlar ham so‘fiyona ishora va tamsillarni anglashda muhim rol o‘ynagan.
Tasavvufga oid ilmiy kitoblar va dasturlarda tariqat atamalari, maqomot manzillarini tushuntirishga ko‘p e’tibor beriladi. «Tariqat» so‘zining ma’nosi yo‘l demak. Ya’ni ilohiy ma’rifatni egallashga bel bog‘lagan kishining ruhiy-axloqiy kamolot yo‘li. Tariqatni tasavvufning amaliy qismi deb ta’riflaydilar. Darhaqiqat ham shunday, chunki pir-muridlik qoidalari, odobiga rioya etish, solik (ya’ni tariqatga qadam qo‘ygan yo‘lovchi) bajarishi kerak bo‘lgan barcha yo‘riqlar, irodat va ishorat usullari shu tariqat ichiga kiradi. Tariqat va uning maqomotlari, ma’lumotlarga qaraganda, birinchi marta Zunnun Misriy tomonidan bayon etilgan ekan. Abdulloh Ansoriy yozadikim, Zunnun Misriyni faqat «karomat bilan sitoyish» qilish kifoya emas, chunki uning «ilgida maqom va hol suxra erdi» (Navoiyning «Nasoyimul muhabbat» asaridan olindi). Ya’ni maqom va hol ilmi Zunnun qo‘lida o‘yinchoqday gap edi, deydi Ansoriy. Navoiy yozadi: «Ul kishikim ishoratni iboratqa kelturdi va bu tariqdin so‘z aytdi ul erdi».
Maqomot (tasavvufda) – islomda sufiylikka xos tushuncha, har bir sufiy bosib oʻtishi lozim boʻlgan bosqichlar. Tariqatlarda maqomotlarning soni har xil keltiriladi, lekin koʻp hollarda 4 maqomot tilga olinadi: shariat, tariqat, maʼrifat, haqiqat (qarang, tasavvuf). Lekin, tasavvufning ayrim yirik namoyandalari maqomotlarni koʻproq deb hisoblagan. Masalan, Fariduddin Attor – 7ta, Gʻazoliy – 9ta maqomotlarni taʼriflagan. Har bir maqomot ham, oʻz navbatida, bir necha kichik bosqichlarga boʻlinadi (ayrim sufiylarda bu bosqichlar 8 dan 10 gacha koʻrsatilgan) va ular manzil deb ataladi.



  1. Qur’oni karim” va “Hadisi sharif” – tasavvufning tayanch g‘oyaviy sarchashmasi.

Fiqh tafsir, hadis va kalom kabi ilmlardan tashqari, mustaqil bir fan sifatida VIII asrning oxiridan shakllana boshlangan va unda tasavvufning o‘ziga xos ba’zi xususiyatlari mavjud. Jumladan, tasavvuf asos e’tibori bilan Qur’oni karim va hadisi shariflarga asoslangan ilmdir. Islomning asosiy aqida va g‘oyalari muqaddas Qur’onda o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, unda musulmonchilik e’tiqodining asosiy talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari, cheklash va ta’qiqlari ham aks etgan. Qur’oni karim 114 suradan iborat. Har bir sura esa o‘z navbatida oyatlarga bo‘lingan. Shunga ko‘ra har bir suraning alohida belgilangan nomi bor. Masalan, 1-sura “Fotiha”, 2- sura “Baqara”, 3-sura “Oli imron”, 4- sura “Niso” deb nomlanadi va hokazo. Suralardagi oyatlarning miqdori turlicha.
Islomiy manbalarning xabar berishicha, Qur’on kitobi Muhammad payg‘ambarimizga ramazon oyining 27- kuni kechasi nozil qilina boshlangan. Bu muqaddas tunni “Laylat ul-qadr”, ya’ni “Qadr kechasi, ilohiy qudrat nomoyon bo‘lgan kecha”, deb ulug‘lanishi ham shu bilan bog‘liqdir.
“Hadis” esa arabcha so‘z bo‘lib, “so‘z, hikoya, naql, rivoyat” singari ma’nolarni anglatadi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha fiqh ilmi uchun eng asosiy manba bu - “Qur’on”dir. Hadislar ana shu muqaddas asardan keyingi o‘rinda turuvchi mo‘’tabar g‘oyaviy asos hisoblanadi. Hadislar Muhammad payg‘ambarimizning hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli insoniy fazilatlari, xilma xil diniy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy mavzularda aytgan fikrlari, bergan ko‘rsatmalarining majmui, yig‘indisidir. Islomiy adabiyotlar hadislarning yuzaga kelishini uch omil bilan ko‘rsatishadi: 1.Muhammad payg‘ambarning aytgan so‘zlari; 2.Payg‘ambarimizning o‘z hayoti davomida qilgan ishlari; 3. Payg‘ambarimiz tomonidan kechirilgan, kuzatilgan va ta’qiqlanmagan ishlar2.
Yuqoridagi har uch holatning har biri “sunnat” deyiladi. “Sunnat” arabcha so‘z bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi “yo‘l, ravish, odat” demakdir. Uning umumiy ma’nosi esa, payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallamdan meros qolgan urf-odatlardir. Ularni imkon qadar bajarish, har bir mo‘min kishi uchun vojibdir. Ularda islom diniga oid ahkom-hukmlar, ularning talqini, xususan, farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi me’yorlar va ularning izohi o‘z aksini topgan.
Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson ma’naviyati bilan bog‘liq muammolarga qaratilgan. Oyat va hadislar: har bir tafakkur va madaniyat tizimi tamalida din va o‘sha dinning muqaddas kitobi yotadi. G‘arb madaniyati va tafakkur ta’limida nasroniylik va uning muqaddas kitobi bo‘lganidek, islom dini madaniyati va tafakkur tizimining muhim qismini tashkil qiluvchi tayanch omil vazifasini Qur’on va hadislar o‘taydi. Tasavvuf madaniyatini tashkil etuvchi unsurlarning barchasi Qur’on va “Hadis”lardan olingan. Ayricha, bir mutasavvifning hayotiga yo‘nalish beruvchi yagona omil yana islomiy hujjatlardir. Tasavvuf madaniyatining asosini tashkil etuvchi ba’zi mavzular asoslangan oyat va hadislarga bir necha misol keltiraylik:

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling