Buxoro davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo`nalishi 2mi-22im guruh talabasi Eshonqilov Ilhomning
Download 371.29 Kb.
|
Domilla pedagog
Tarbiyani insonparvarlashtirish. Bu tamoyilga qo‘yiladigan asosiy talablar:
tarbiyalanuvchi shaxsiga insoniy munosabat; uning huquqi va erkinligini hurmat qilish; tarbiyalanuvchiga kuchi etadigan va oqilona shakllantirilgan talablarni qo‘yish; tarbiyalanuvchining holatini, hatto u taqdim etilgan talablarni bajarishidan bosh tortgan paytda ham tushunish; kishining o‘zi bilan o‘zi bo‘lish huquqini hurmat qilish; tarbiyalanuvchilar ongiga tarbiyaning maqsad va vazifalarini yetkazish; talab etilayotgan sifatlarni majburiy shakllantirmaslik; shaxsning or-nomus va qadr-qimmatini kamsituvchi jazoga yo‘l qo‘ymaslik; ma'lum sabablar bilan shaxsning haqligiga zid keluvchi sifatlarning shakllanishini uning tomonidan to‘liq rad etilish huquqini tan olish. Tarbiyaviy jarayonning insonparvarlashtirilishi uning demokratlashtirilishi bilan bevosita bog‘langan. Demokratlashtirish,dastavval, tarbiyaviy tizimning barcha bosqichlarining usul va metodlarida ko‘rinadi. Shu ma'noda demokratlash avtoritarizmning aksidir. Shaxsiy yondashish - bunday yondashish tarbiyalanuvchilarning shaxsiy sifatlariga tayanishni ko‘zlaydi va tarbiyachidan quyidagilarni talab etadi: shaxsning individual xususiyatlarini (xarakteri, mijozi temperamenti, qarashlari, odatlari va b.) muntazam o‘rganish va yaxshi bilish; mohirona tashxislash va shaxsiy sifatlarning real shakllanganlik darajasini bilish; tarbiyalanuvchini shaxsning rivojlanishini ta'minlovchi murakkablashib boradigan faoliyatga tortish; shaxsning faolligiga tayanish; shaxsni tarbiyalashdan o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish, maqsadi, mazmuni, metodlarini, o‘z-o‘zini tarbiyalashning shakllarini belgilash mahoratini hosil qilish; faoliyatning muvaffaqiyatga olib keluvchi mustaqillik, tashabbus, tarbiyalanuvchilarning tashabbuskorligini, mohirona tashkil etish va yo‘naltirishni rivojlantirish. Tarbiyaviy ta'sirning umumiyligi. Bu tamoyil tarbiyaga daxldor bo‘lgan barcha shaxslar, tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, pedagogik ta'sirni o‘zaro to‘ldirgan holda, birlashib harakat qilishlari, tarbiyalanuvchilarga kelishilgan holda talablar qo‘yishlari, bir-birlariga yordam berishlari talab etiladi. Tamoyilni amalga oshirishning asosiy qoidalari: tarbiyachilar tomonidan tarbiyaviy ta'sir etishning boshqa sohalarini hisobga olib borish; o‘quvchilarning oilasi bilan aloqada bo‘lish, tarbiyaviy vazifalarni hal etishda unga tayanish, tarbiyaviy harakatlarni kelishib olish; tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi (o‘z tarbiyalanuvchilariga singdirilishi lozim bo‘lgan sifatlarga ega bo‘lish); tarbiyachining tarbiyaviy jarayondagi boshqa sub'ektlar bilan hamkorligida birlashtiruvchi (ayiruvchi emas) omilga tayanish; o‘z hamkasblari, jamoasi, ijtimoiy tashkilotlar va boshqalarning ma'qul talablarining tarbiyachi tomonidan qo‘llabquvvatlanishi; tarbiyaviy ta'sir etishda an'anaviylik, tarbiyaviy jarayonda muntazamli tarbiyaviy jarayonning barcha sub'ektlari orasida aloqalarni o‘rnatish. Vatanparvarlik — o‘z vataniga, xalqiga sadoqat va mehr-muhabbatdir. Kishining tug‘ilib o‘sgan joyiga bog‘liqlik, ona tiliga bo‘lgan hurmat, vatan manfaatlariga sodiqlik va g‘amxo‘rlik, uning erkin va mustaqilligini himoyalash; ijtimoiy va madaniy yutuqlaridan faxrlanish; tarixiy o‘tmish va axloqiy an'analarga hurmat munosabati; o‘zining mehnati, kuchi va qobiliyatini vatan ravnaqiga bag‘ishlash hissi vatanparvarlikda namoyon bo‘ladi. Xalqaro munosabatlar madaniyati turli xalqlarning xalqaro iqtisodiy, ma'naviy axloqlari, turli millat vakillarining o‘zaro hurmat qilishlari, muayyan axloqiy xushmuomalalikni saqlashning, boshqa xalqlarning tili, odatlari va an'analarini mensimaslikka yo‘l qo‘ymaslikda ko‘rinadi, bu munosabatlarning yuqori darajadagi takomili va rivojlanishini ko‘zda tutadi. Tarbiya nazariyasi —pedagogikaning bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta'sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarni aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta'sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo‘lgan insonni emas, balki ijodkor, o‘z iste'dodi bilan ajralib turuvchi ishbilarmon insonni tarbiyalash zamon taqozosidir. O‘quv yurtlarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg‘or milliy, ma'naviy, axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar qo‘yilishi kerak. Shu bilan birga, tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, jismoniy kuch-quvvati mustahkamlanadi. Download 371.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling