Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Ideal - biror narsaning namunasi, ayrim odam yoki guruh hatti- harakatlari va intilishini belgilovchi oliy maqsad.  Ilk bolalik davri


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Ideal - biror narsaning namunasi, ayrim odam yoki guruh hatti-
harakatlari va intilishini belgilovchi oliy maqsad. 
Ilk bolalik davri - bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr 
Interferensiya - malakalardagi salbiy ta’sir bo‘lib, bunda eski 
malaka yangisining shakllanishiga xalaqit beradi 
Iste’dod - shaxs qobiliyati rivojining yuqori darajasi. 
Identifikatsiya - shaxsning o‘zini o‘zga odam bilan emotsional 
va boshqa tomondan tenglashtirishi. 
Instinkt (lot.instinctus - ichki mayl, intilish) - organizmning 
tashqi yoki ichki taassurotlar natijasida paydo bo’ladigan murakkab 
tug’ma harakatlari majmui, murakkab shartsiz refleks (ovqatlanish, 
himoyalanish, jinsiy instinkt va b.) Odamda instinkt uning ongi bilan 
boshqariladi. 
Idrok - sezgi a’zolariga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etuvchi narsa va 
hodisalarning kishi ongida yaxlit holda psixik aks etirishdan iborat 
psixik jarayon. 
Idrok aniqligi - idrok obrazlarini idrok qilinayotgan narsalarga 
qanchalik muvofiq kelish darajasi.
Induktsiya - (lot. Industio - keltirib chiqarish) juz’iy yoki yakka 
hollarda umumiyga, ayrim faktlardan umumlashmalarga qarab 
boradigan induktiv xulosa chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish 
metodi, tafakkur formasi. 


272 
Iste’dod - shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon 
bo’ladigan tug’ma layoqatlari yoki boshqacha aytganda, shaxsning 
tabiiy va muayyan ijtimoiy muhit ta’sirida erishgan noyob xislatlari. 
Biror sohada yuksak darajadagi qobiliyat. 
Iste’dodli bolalar—o’zini umumiy yoki maxsus iste’dodini 
namoyon qilgan bolalar. Iste’dodli bolaning aqliy rivojlanishini 
tashxis qilinib aniqlanadi. 
Ixtiyoriy esda olib qolish - maxsus mnemik harakatlar, ya’ni 
asosiy maqsad esda olib qolishdan iborat bo’lgan harakatlar mahsuli. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling