Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Maqsad - faoliyatning kutilayotgan natijasi.  Metod


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Maqsad - faoliyatning kutilayotgan natijasi. 
Metod - bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari 
yig‘indisi. 
Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga 
undovchi kuch, sababdir. 
Motivatsiya 
- 
xulq-atvorni 
psixologik 
va 
fiziologik 
boshqarishning dinamik jarayoni, motivlar yig‘indisi bo‘lib, unga 
tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi. 
Muammoli vaziyat - bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish 
sharti bo‘lgan psixologik vaziyat. 
Muhit - organizm tug‘ilgan, rivojlanadigan va yashaydigan tashqi 
omillar, sharoitlar va obyektlar majmuasi. 
Nutq - odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishining tarixan 
tarkib topgan shakli. 
Obyektivlik tamoyili tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning 
talqinini aralashtirib yubormasligi talab qiladi. 
Odatlar - bu kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida 
avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning funktsional ehtiyojiga aylanib 
ketgan harakatlardan iborat individual xislat. 
Ong va faoliyat birligi - psixologiyaning ong bilan faoliyatning 
birligi, uning o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etuvchi g‘oya. 
Ontogenez - organizimning individual rivojlanishi. Tirik 
mavjudotning paydo bo‘lgan davridan to oxirigacha bo‘lgan davrdagi 
o‘zgarishlar majmui 
Operasiyalar 

avtomatlashgan, 
odatda 
tinglanmaydigan 
harakatlardir. 
Pedagogik psixologiya - ta’lim va tarbiya jarayonlarining 
psixologik qonuniyatlari hamda, pedagogik faoliyatning psixologik 
xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya fani sohalaridan biridir. 


274 
Psixik taraqqiyot qonuniyatlari - bir yosh davridan boshqa 
davrga o‘tishda inson psixikasi va xulq-atvorida yuzaga keluvchi 
o‘zgarishlar va ularning sabablarini tavsiflab beruvchi qonundir. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling