Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Senzitiv yosh davrlari - yoshning o‘sish davrlari. Bunda ma’lum 
yosh davriga xos psixik xususiyat va jarayonlar, yuqori darajada 
yaxshi rivojlangan. Oldindan yoki kechikib kelgan senzitiv yosh davri 
ta’lim jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. 
Sinchkovlik 
va 
muntazamlik 
tamoyili 
bola 
psixikasi 
shakllanishi jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini 
sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. 
Skolioz - umurtqa suyagining qiyshayib qolishi. 
Suhbat - psixologiya metodlaridan biri, nutq muloqoti yordamida 
bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi. 
So‘rov - tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita 
o‘zaro aloqasi davomida birlamchi verbal axborot yig‘ishga 
yo‘naltirilgan metod. 
Chaqaloqlik davri - hayotining birinchi oyi. 
Tabiiy eksperiment - tekshiriluvchini o‘ziga bildirmagan holda 
uni o‘yin, o‘qish yoki mehnat faoliyatida o‘rganishdan iborat 
psixologik tajriba. 
Tarbiya - tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror 
axloqiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish 
maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy 
ta’sir etish jarayonidir. 
Ta’lim - u o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv 
faoliyatidan iborat bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatish 
jarayonidir, hayotiy tajribani o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatishdir. 
Taraqqiyot - narsa yoki hodisaliarning vaqt o‘tishi bilan miqdor 
va sifat jihatdan o‘zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko‘tarilishi. 
Taraqqiyot 
omillari 

bolaning 
psixik 
va 
xulq-atvor 
rivojlanishini belgilaydigan omillar tizimi. Taraqqiyot omillari, ta’lim 
va tarbiya mazmunini, o‘qituvchi va tarbiyachilarning pedagogik 
tayyorgarligini, ta’lim va tarbiyaning usul va vositalari va boshqa 
ko‘pgina bolaning psixologik taraqqiyotiga bog‘liq narsalarni o‘z 
ichiga oladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling