277
Yosh davri nizolari - o‘ziga xos, uncha uzoqqa cho‘zilmaydigan
ontogenez davrlari bo‘lib, bu vaqtda keskin psixik o zgarishlar ro‘y
beradi.
Yosh psixologiyasi - inson psixikasining
yosh jihatlari
taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining
ontogenezini o‘rganuvchi fan.
Empatiya - insonning boshqalarga hamdard bo‘lishi,
ularning
holatini tushunishi, ularga beg‘araz yordam ko‘rsatishga tayyorligi.
Eksperiment (tajriba) - psixologiyaning
asosiy metodlaridan,
o‘zgaruvchan mustaqil psixologik holatlarning boshqa nomustaqil
holatlariga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlarga tayanadi.
Ehtiyoj - individdan tashqarida bo‘lgan,
ammo individ normal
hayot kechirishi, shaxsning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan
narsalarga nisbatan zaruratni his etish holati.