276
Faoliyat - bu faol, maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir.
Faoliyat mahsulini o‘rganish metodi orqali
maktabgacha
yoshdagi bolalarni or’ganish
haqida gap ketganda,
birinchi navbatda,
bolalarning tasviriy faoliyati mahsullarini tahlil qilish nazarda tutiladi.
Faoliyat nazariyasiga ko‘ra, faoliyat subyektning predmetli olam
bilan bo‘lgan ta’sirlashishi jarayoni bo‘lib, bu jarayon unga o‘z
ehtiyojlarini qondirishi uchun imkoniyat beradi.
Xronologik yosh inson tug‘ilgandan
boshlab necha yosh
yashaganini ifodalaydi.
Harakat - ongli maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan faollik,
faolyatning asosiy tarkibiy birligidir.
Homila - 9- 38 haftalik ona qornidagi bola.
Shakllantiruvchi eksperimentda sinaluvchiga faol ta’sir
ko‘rsatilishi oqibatida unda ro‘y beradigan o‘zgarishlar aniqlanadi.
Shaxs - ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi
va ongli faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi betakror odam.
Shartli reflektor o‘rganish - shartli refleks mexanizmi bo‘yicha
yangi qo‘zg‘atuvchilarga reaksiyalarni o‘zlashtirish.
O‘zlashtirish - bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash.
O‘z-o‘zini tuta bilish - shaxsning muayyan sharoitlarda ortiqcha
fikr, his-tuyg‘u, xatti-harakatlarni ongli ravishda tiyib turish, o‘z fikr,
hissiyot va harakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltira olishdan iborat
irodaviy xarakter xislati.
O‘rganish - insoning o‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik
sifat va xususiyatlarni o‘zlashtirganligini bildiradi.
O‘qish - bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallash uchun
qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchi
tomonidan amalga
oshiriladigan o‘quv harakatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: