269
GLOSSARIY
Avtoritarizm - buyruq asosidagi talablarga o‘ylamasdan ko‘r-
ko‘rona bo‘ysunish.
Akseleratsiya - bolalar va o‘smirlarda
oldingi avlodga nisbatan
bo‘y nisbati va jinsiy taraqqiyotning tezlashishi, jadallashishi.
Aniqlovchi eksperimentda bola
psixik taraqqiyotga xos
muayyan xususiyatlar qayd etiladi.
Axloq - shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan
burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari.
Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va uni
o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Biografik metod - odamni uning tarjimai holi bilan bog‘liq
bo‘lgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli.
Birinchi signal tizimi - narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga
bevosita ta’sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig‘ida
hosil bo‘ladigan shartli muvaqqat nerv bog‘lanishlari. U sezgi va idrok
turlarida namoyon bo‘ladi.
Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog‘i
bo‘lib, u turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining
qonuniyatlarini,
shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o‘tish
qonuniyatlarini o‘rganadi.
Bolalik - ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun
(tug‘ilgandan o‘smirlikkacha bo‘lgan
davrni belgilash uchun
qo‘llanadigan tushuncha
Do'stlaringiz bilan baham: