Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari.
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazaridan yondoshish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o‘ziga xos psixologik maktab vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va kontseptsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi g‘oyalar va yo‘nalishlar mujassamlashdi. Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, A.A.Uxtomskiy, S.V.Rubinshteyn, V.S.Merlin, V.I.Selivanov va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Bundan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 dan ortiq ilmiy kontseptsiyalar mavjuddir. Motivatsiya - odamni faoliyatga undovchi sabablar majmui bo‘lib, xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib, unga tashabbus, yo‘nalganlik, tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi. Motirovka inson xulq-atvorini tushuntirish bo‘lib, unda «Nima uchun?», «Qanday maqsad bilan?», «Qanday ma’noda?» kabi savollarning motivatsiyaga bog‘liqligidir. Motivatsiya inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Psixologiyada motivlashtirish deganda, psixologik hodisalarning o‘zaro mustaqil bog‘langan, lekin bir-biriga to‘la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi: a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatining paydo bo‘lishi subyektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi. Ustanovkalar - yo‘nalish, yo‘naltirish ma’nosini anglatib, kishining tevarak atrofdagi odamlarga yoki obyektga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishlarini, ularni idrok qilinishi, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan 60 holatdir. Yo‘naltirilgan faoliyat subyektning ma’lum vaziyatda faol yo‘l topib keta oladigan harakatlari majmuidir. Yo‘nalish – tug‘ilgan yo‘l, maqsad sari shaxsning hatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy nazar ma’lum yo‘lga yo‘naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir. Ular asosiy, yetakchi va bosh ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e’tiqod, dunyoqarashlar, yuksak g‘oyalar bilan xarakterlanadi. Motivlar xulq-atvor yo‘nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo‘nalishini tashkil etadi. Motivatsiyaning bir necha psixologik nazariyalari mavjud: 1. Qaror qabul qilish nazariyasida ta’kidlanishicha inson ongi tafakkurga, iroda va xatti harakatni tanlash imkoniyatiga ega. Demak, inson xulqi motivining asosi aql, ong va inson irodasidir. 2. Instinktlar nazariyasida (Z.Freyd, U.Magdugall) – biologizator nuqtai nazari mavjud bo‘lib, unga asosan insonga, hayvonlarga xos instinktlar biriktirilgan. XX asrning 20-yillarida instinktlar nazariyasi o‘rniga inson xulq-atvorini biologik ehtiyojlar bilan bog‘lovchi kontseptsiya yuzaga keladi. Motiv – insonni faoliyatga undaydigan, u yoki bu ehtiyojlarni anglash bilan bog‘liq uning fikrlari, hislari, intilishlaridir. Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Inson ehtiyojlari, maqsadi, istagi, qiziqishlari shaxsiy holatlardir. Ehtiyoj - jonli mavjudotning hayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir. Motivlarning funksiyalari: 1) undovchi (ehtiyojning yuzaga kelishini belgilaydi) 2) rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha intilishlarni keltirib chiqaradi, masalan, charchoq paydo bo‘lish holatida) 3) yo‘naltiruvchi (energiyaning aniq maqsadga yo‘nalishini belgilaydi) 4) tashkillashtiruvchi (harakat, analiz, baholashni aqliy rejalashtirish, faoliyat natijasini nazorat qilishni o‘z ichiga oladi) 5) mazmun baxsh etuvchi (faoliyatga shaxsiy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda mazmun baxsh etadi) 6) tushuntiruvchi (shaxsda ongli ravishda shakllanadigan va uning xulqining sababi hisoblangan harakatni tahlil qiladi). 61 Motivlarning tavsifi quyidagilar hisoblanadi: kuch, barqarorlik va mazmun. Motivning kuchi motivatsion undashning intensivligini belgilaydi. Barqarorlik motivatsion ustanovka, odat, qiziqishlarning barqarorligini ko‘rsatadi. Motivning mazmunli xarakteristikasiga quyidagilar kiradi: shaxsiy, individual va ijtimoiy, jamoaviy; o‘zining xulqini tushuntirishda ichki va tashqi omillarga diqqatni yo‘naltirish; biologik va ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi; faoliyat bilan bog‘liqligi (o‘yin, o‘quv, mehnat, sport). Psixologiyada motivlarning quyidagi guruhlari ajratiladi: vaziyatli, maqsad motivlari maqsadga erishish vositalarini tanlash motivlari ijtimoiy xarakter motivlari guruhiy rejalar motivlari individual-shaxsiy motivlar. V.I.Kovalev motivning yuzaga kelishini quyidagicha tasvirladi (jadval). Motivatsiyaning bosqichlari, uning miqdori va ichki mazmuni ko‘p jihatdan stimulning turiga bog‘liq bo‘lib, uning ta’siri ostida motivatsiyaning yakuniy bosqichi sifatida niyatlarni shakllantirish jarayoni boshlanadi. Jadval. Motivlarning yuzaga kelishi Shunday qilib, motiv murakkab psixologik shakllanish bo‘lib, uni subyektning o‘zi qurishi kerak. Rivojlanish, tarbiya va ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning motivatsion sohasini belgilaydigan qiziqish va moyillik, axloqiy prinsiplar va munosabatlar shakllanadi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling