Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Umumiy 
psixologiya 

psixik 
faoliyatning 
umumiy 
qonuniyatlarini va ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus 
sohasi; 
Pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishning 
psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi. 
Bu fan o‘z navbatida bir qancha turlarga bo‘linadi: 
1) Ta’lim psixologiyasi (didaktika va xususiy metodikalarning 
psixologik 
asoslari, 
programmalashtirilgan 
ta’lim 
va 
aqliy 
faoliyatlarning shakllanishi va boshqalar). 
2) Tarbiya psixologiyasi (tarbiya metodikasining psixologik 
asoslari, o‘quvchilar jamoasi psixologiyasi, mehnat — axloq tuzatish 
pedagogikasining psixologik asoslari). 
3) O‘qituvchi psixologiyasi. 
4) Aqli zaif bolalar tarbiyasi psixologiyasi. 
Ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish 
faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, 
e’tiqodlar hissiy kechinmalar va xulq-atvorini o‘rganadi. 
Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyatining psixologik 
xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik 
jihatlarini, qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Mehnat psixologiyasi ma’lum darajada mustaqil bo‘lgan, lekin 
bir-biri bilan chambarchas bog‘langan turlarga bo‘linadi:
1) Injenerlar psixologiyasi.
2) Aviasiya psixologiyasi.
3) Kosmik psixologiya. 
Muhandislik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv 
sistemalari operatorining faoliyatini, odam - texnika o‘rtasida 
funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini 
o‘rganadi; 
Yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan 
bog‘liq masalalarning psixologik asoslarini o‘rganadi; 
Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida 
namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar 
o‘rtasidagi munosabatlarining psixologik jihatlarini o‘rganadi; 


10 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling