Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Umumiy psixologiyaning tarmoqlari


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Umumiy psixologiyaning tarmoqlari. Inson faoliyatining barcha 
turlariga, barcha kasblarga psixologiya fanining u yoki bu sohasi 



xizmat qiladi. Zamonaviy psixologiya fani psixikaning yuqori 
darajada tashkil etilgan materiyaning maxsus xususiyat sifatidagi, 
obyektiv voqelikni psixik hodisalar shaklida aks ettirishga qodir 
bo‘lgan keng tarmoqli bilim sohasi hisoblanadi. Ilmiy psixologiya 
fundamental va amaliyga bo‘linadi (jadval). 
Fundamental psixologiya 
Amaliy psixologiya 
 Umumiy psixologiya 
 Shaxs psixologiyasi 
 Differensial psixologiya 
Psixofiziologiya 
 Neyropsixologiya 
 Ijtimoiy psixologiya 
 Yosh psixologiysi 
Maxsus psixologiya 
 Zoopsixologiya 
 Qiyosiy psixologiya 
 Pedagogik psixologiya 
Klinik psixologiya 
 Yuridik psixologiya 
 Savdo psixologiyasi 
 Siyosiy psixologiya 
Din psixologiyasi 
 Sport psixologiyasi 
 Mehnat psixologiyasi 
 Harbiy psixologiya 
Kosmik psixologiya 
Jadval. Zamonaviy psixologiyaning tarmoqlari
2
 
Fundamental psixologiya insonlarga (yoki hayvonlarga) xos 
bo‘lgan psixik hodisalar, ruhiy hayotning barcha bo‘g‘inlarida o‘z 
o‘rni bo‘lgan umumiy psixologik qonuniyatlarni o‘rganadi. 
Amaliy psixologiya insonning aniq kasbiy faoliyatiga xos bo‘lgan 
umumiy psixologik muammolarni tadqiq etadi. 
Yosh psixologiyasi – bu fan insonning yoshiga qarab 
psixikasining rivojlanib borish xususiyatlari va qonuniyatlarini 
o‘rganadi, inson tug‘ilganidan, toki qarilik yoshigacha bo‘lgan har bir 
bosqichida psixik tuzilishning o‘ziga xos xususiyatlarini, inson 
ongining turli yoshga qarab rivojlanishini belgilab beruvchi omillarni 
aniqlaydi.
Bu o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
a) bolalar psixologiyasi;
b) o‘smirlar psixologiyasi;
c) yoshlar psixologiyasi;
2
Ефимова Н.С. Основы общей психологии: учебник / Н.С.Ефимова. -М.: ИД «ФОРУМ»: ИНФРА-М, 
2013.-288 с. 



d) katta kishilar psixologiyasi;
e) gerantopsixologiya (qariyalar psixologiyasi). 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling