Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


xos shakli sifatida psixikaning namoyon bo‘lish va rivojlanish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

xos shakli sifatida psixikaning namoyon bo‘lish va rivojlanish 
qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. 
Inson psixikasi uning xulqi va faoliyatida ifodalanadigan 
faolligini ichki tartibga solishni ta’minlaydi. 
Shuning uchun zamonaviy psixologiyaning asosiy vazifalari 
quyidagilar: 
• psixik hodisa va jarayonlarning sifat (tarkibiy) xususiyatlarini 
o‘rganish; 
• faoliyatda va umumiy hayot sharoitida psixik hodisalarning 
shakllanishi va rivojlanishini tahlil qilish; 
• psixik hodisalar asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni 
o‘rganish; 
• psixologik bilimlarni amaliyotga tizimli joriy etishda yordam 
berish. 
Psixologiya va texnik taraqqiyot. XX asr ishlab chiqarish, 
texnikaning yangi-yangi turlari, aloqa vositalarining juda tez 
o‘sganligi bilan, elektronika, avtomatikadan foydalanila boshlan-
ganligi, transportning yangi, tovushdan tez turlarini o ‘zlashtirilganligi 
bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi inson psixikasiga juda katta 
talablar qo‘ymoqda. Hozirgi zamon sanoati, transportida va harbiy 
ishlarda psixologik faktorlami, ya’ni kishining imkoniyatlari, bilish 
jarayonlari — idroki, xotirasi, tafakkurini, shaxsning o‘ziga xos 
xususiyatlari — xarakteri, temperamenti, reaksiyalarining tezligi va 
boshqalarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Tovushdan tez hozirgi zamon samolyotlarida, ulkan elektro-
sistemalarning operativ — dispetcherlik uchastkalarida ishlovchi 
kishilar juda kichik vaqt ichida tez qarorga kelishiga to‘g‘ri keladi, aks 
holda avariyalarga sabab bolishi mumkin. Ana shunday murakkab 
sharoitda ishlay olish uchun kishilarda imkoniyat bor-yo‘qligini, 
ularning shu ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlashda 
psixoiogiya fani oldiga muhim talablar qo‘yiladi. 
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o‘zini o‘zi boshqarish va 
takomillashtirsh, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, 
o‘zini o‘zi tarbiyalash bo‘yicha boy materiallar to‘plagan, bu esa o‘z 



navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o‘zgarishi 
va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, 
kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta’minlab turadi.
Har bir soha, jumladan, sanoat, transportda va harbiy ishlarda 
psixologik omillarni, ya’ni kishining imkoniyatlari, bilish jarayonlari 
— idroki, xotirasi, tafakkurini, shaxsning o ‘ziga xos xususiyatlari — 
xarakteri, temperamenti, reaksiyalarining tezligi va boshqalarni 
hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Tovushdan tez hozirgi zamon 
samolyotlarida, ulkan elektrosistemalarning operativ — dispetcherlik 
uchastkalarida ishlovchi kishilar juda kichik vaqt ichida tez qarorga 
kelishiga to‘g‘ri keladi, aks holda avariyalarga sabab bolishi mumkin. 
Ana shunday murakkab sharoitda ishlay olish uchun kishilarda 
imkoniyat bor-yo‘qligini, ularning shu ishga yaroqli yoki yaroqsiz 
ekanligini aniqlashda psixoiogiya fani oldiga muhim talablar 
qo‘yiladi.
Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo‘lsa, 
texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va 
mashinalar bilan “muloqot“ qilayotgan shaxs faoliyatini yanada 
mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham 
ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo‘lgan masaladir. Ayniqsa, 
mustaqil O‘zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-
asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini 
ta’minlash qanchalik dolzarb bo‘lsa, ana shu texnikaga har bir oddiy 
fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va “odam-
mashina“ dialogining eng samarali yo‘llarini izlab topishi juda 
muhim.
Texnika bilan bemalol “tillashadigan” malakali mutaxassislar 
tayyorlash borasida ham texnika fanlari, pedagogika va psixologiya 
fanlari metodlaridan foydalana olsagina, muvaffaqiyatga erishadi. 
Injenerlik psixologiyasi kishi bilan texnika o‘rtasidagi munosabatni 
o‘rganuvchi fan bo‘lib, u texnikaning ko‘pgina sohalari, bionika, 
kibernetika 
bilan 
uzviy 
bog‘langandir. 
Ta’kidlash 
joizki, 
Respublikamizda bu sohaga ham keyingi yillarda qiziqish ancha ortdi. 
Shu boißdan bir qator yosh, iqtidorli mutaxassislar injenerlik 
psixologiyasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling