Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim 
narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi
vaqtdagi tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu 
sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga 
solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, 
daraxtning boqqa o‘tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo‘la oladi. 
O‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning 
namunasi bo‘la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir 
darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga 
solishning namunasidir. 
Maktab ta’limida o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. 
Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo‘yicha, so‘ng 
yaxlit holda o‘quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning 
ikkinchi bosqichida bir-biriga o‘xshash predmetlarga oid bilimlar 
fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar 
yuzasidan to‘plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning 
o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to‘rtinchi 
bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda egallangan 
bilimlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi. 
Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo 
bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning 
tizimga 
solinishi 
aqliy 
rivojlanishning 
dastlabki 
pog‘onasi 
hisoblanadi. 
Tafakkurning mantiqiy shakllari. Intellekt va kreativlik 
haqida tushuncha. Tafakkur jarayoni hukm, xulosa chiqarish va 
tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. 
Hukmlar. Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida 
tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. 
Hukmlar obyektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato 
bo‘ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog‘liq ravishda ko‘rsatib 
berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib 


130 
ko‘rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini 
o‘tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin 
hukmlardir. Chunki elektr tokini o‘tkazish qizdirilganda kengayishi 
metallarga xos xususiyatdir. 
Moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa hukmda 
bog‘liq qilib ko‘rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. 
Masalan, hozir tashqarida yomg‘ir yog‘yapti; yer quyosh atrofida 
aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi. 
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning 
biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm 
quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin: 
 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling