Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Hukmlar sifatiga ko‘ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm
 
Hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz’iy, xususiy va 
umumiy hukmga; 
 
Hukmlarning munosabatiga ko‘ra: shartli, ayiruvchi, va qat'iy 
hukmlarga; 
 
Hukm taxminiy ko‘rinishga ega bo‘lishi ham mumkin. 
Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining 
nechog‘lik muhim bo‘lishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga 
bog‘liq. Masalan, ertaga yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Paxta rejasi to‘lib 
qolsa kerak. 
Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, 
alomatlar hukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining 
aloqasi bog‘liqligi borligi aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hukm deb 
ataladi. Masalan, O‘zbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda 
oliy maktablar qurilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi 
hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolg‘iz narsa va hodisa 
to‘g‘risidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Masalan, Toshkent - 
O‘zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan 
biridir. Belgining biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi 
yoki inkor qiluvchi hukm juz'iy hukm deb ataladi. Masalan, ba’zi 
metallar elektr tokini o‘tkazmaydilar. qarzdor talabalar sessiyaga 
qo‘yilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalari majburiyatga yarasha 
mehnat qilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi 
to‘g‘risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm 
deb ataladi.
Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan 


131 
sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm 
deb ataladi. Masalan, agar talaba sessiyalarga qunt bilan puxta 
tayyorlansa, u yaxshi va a’lo baholar oladi. Agar o‘quvchi darsga 
diqqat qilmasa, yangi materialni o‘zlashtira olmaydi. Hukmda narsalar 
va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi 
bitta unga tegishli bo‘lsa, bunday hukmga ayiruvchi hukm deb 
ataladi. Masalan, jismlar yo qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda 
bo‘ladi. 
Narsa bilan belgi o‘rtasidagi aloqaning bor yoki yo‘qligi qat'iy 
shaklda aks ettirilsa qat'iy hukm deb ataladi. Masalan, bahorda 
barcha joylarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. 
Yonish kimyoviy jarayondir. 
Narsa va hodisalar bilan ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa 
bo‘lishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson o‘z fikrlarini 
quyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin. Ehtimol, Marsda organik 
hayot bordir. XXI asrning oxirlarida fan-texnika yanada rivojlanib, 
taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik 
hukmlari deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar o‘rtasidagi aloqani 
taxminan emas, balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz o‘z fikrimizni 
mana bunday shaklda izhor qilamiz. Fakultet kutubxonasida ko‘p 
yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi kimyo xonasi juda yaxshi 
uskunalar bilan jihozlangan. Bunday hukmlar voqelik (assertorlik) 
hukmlari deb ataladi. 
Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda 
bo‘lgan voqea qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning 
aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab beriladi. Masalan, butun dunyoda 
tinchlik g‘alaba qozonishi muqarrar, sezgilarning intensivligi 
qo‘zg‘atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Bunday hukmlar 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling