Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa chiqarish.
zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson
narsa, voqelik, hodisa bilan uning xususiyati o‘rtasida mustahkam bog‘lanish borligini va bu bog‘lanishga zid keladigan boshqa bir holning bo‘lishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yo‘l bilan hosil qilinishi ta’kidlab o‘tiladi. Birinchi yo‘l bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo‘lgan narsalarning bevosita o‘zi ifodalanadi. Ikkinchi yo‘l bilan esa bevosita mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning 132 birlamchi yo‘li aks ettirilgan. Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning to‘g‘riligi amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo‘l bilan hukm chiqarishga misoldir. Xulosa chiqarish. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi natijasida hosil bo‘lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo‘lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo‘ladi. Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lgan oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko‘rishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr o‘rtasidagi shunday bog‘lanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi. Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling