Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari.
Yosh davrlari psixologiyasi – inson psixikasining rivojlanish 176 qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifani hal etish bilan amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi: ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, kamolotning turli davrlarini, insonning yosh va jinsiy xususiyatlarini hisobga olmay turib, yuqoridagi vazifalarni hal qilib bo‘lmaydi. Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar, nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (I.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin), bixevioristik (Ye.Torndayk), psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalardir. Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlar, empirik ma’lumotlar yosh davrlari psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo‘lgan, degan xulosaga keldi. Quyida ana shularni bayon qilamiz. 1. Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyusiya g‘oyasining (Ch. Darvin) inson psixikasining rivojlanishi jarayonida o‘rganish zarurligi. 2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar hatti-harakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish. 177 3. Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olingani. 4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar, har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy-ta’minot muassasalari, mehribonlik uylari, koloniyalar, yordamchi maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojlari ortib borayotgani. 5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi, psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiyena, sangigiyena, bolalar va kattalar patologiyasi, neyroxirurgiya, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo‘yicha kompleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya, biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi, ya’ni integratsiyaning amalga oshishi. 6. Yuridik (huquqshunoslik) psixologiyasi va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda sezilarli o‘rin egallayotgani hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning davom etayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi; voyaga etmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalalari). 7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o‘z o‘rnini topayotgani (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar, auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, art va psixoterapiya, professiogramma, psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi). 8. Psixologiya fani sohalarining inson yosh davrlari idagi o‘zgarishlarga doir bilimlarga ehtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, muhandislik, ijod, aviatsiya, reklama, menejment psixologiyalariga aniq materiallar zarurligi). 9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (yekologiya va inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, etnik psixologiya va hokazolar). 178 10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishloq xo‘jaligida kishilarning haqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson – inson, inson – texnika, er – inson, inson – iqlim munosabatlarini izchil o‘rganish zarurligi. 11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish, inoq oila yaratish, yoshlarni turmushga tayyorlash, o‘z joniga qasd qilish hollarini bartaraf etish, oilada teng huquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini takomillashtirish vazifalari. 12. Inson uzoq umr ko‘rishining sirlarini – gerantopsixologik qonuniyatlarni ochish va targ‘ib qilish, davlat muassasalarida, nodavlat tashkilotlarida, psixologik bilimlardan o‘z o‘rnida foydalanish, uzoq umr ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda bo‘lish kerakligi yosh davrlari psixologiyasini rivojlantirishni taqozo etmoqda. Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozirgi davrda nihoyatda zarur masala bo‘lib qoldi. Xalq ta’limi xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo‘jalik jamoalarining, fan, adabiyot va madaniy-oqartuv tashkilotlarining rahbarlari insonni har tomonlama kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql-zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs sifatida kamol topish jarayoni qanday sodir bo‘lishini, keksayishning xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini bilishga qiziqmoqdalar. Shunday ekan, tarbiya tizimida va ishlab chiqarishda psixologiya bo‘yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni yo‘qotish uchun bolalar ruhiyatidan qariyalar ma’naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni egallash hozirgi davrimizning muhim talabidir. Endilikda insonni aks ettirish faoliyatining rivojlanishi qonuniyatlarini, odamning bosh miya yarim sharlari po‘stidan haqiqiy jism, obraz (timsol) sifatida ro‘yobga chiqishini, nima sababdan mazkur obraz o‘zgarishini va bu o‘zgarish kishining ruhiyatiga ta’sir qilishini tushuntirish uchun dialektik materializmning psixika tashqi dunyoni in’ikos ettiradi, degan ta’rifining o‘zi etarli emas. Mazkur 179 hodisaning chuqurligini – aks ettirish jarayonini genetik metod bilan o‘rganish orqaligina asoslab berish mumkin. Psixikaga nisbatan biosfera va noosfera nuqtai nazaridan yondashish ijobiy natija sari etaklaydi. Ma’lumki, go‘daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiqiy fikr yuritishgacha o‘tadigan davr nisbatan uzundir. Endigina tug‘ilgan chaqaloq ham dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrof-muhitni aks ettirishga kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga keladi, nutq bilan tafakkurning birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi. Bunday holat o‘ta murakkab hissiy bilishdan mantiqiy tafakkurga o‘tish jarayoni bosqichini tadqiq etish imkonini beradi. Hozirgi psixologiya fani individual ong o‘sishining turli bosqichlarida amaliyot bilan hissiy bilish o‘rtasidagi, amaliyot va mavhum tafakkur orasidagi juda murakkab, o‘zgaruvchan ichki munosabatlar hamda mexanizmlarni ifodalay oladi. Inson psixikasining vujudga kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini o‘rganish odamning psixik o‘sishi, uning obyektiv va subyektiv sabablari, omillari, shart-sharoitlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash imkonini bera oladi. Mazkur muammoga ilmiy yondashish insonning hayot sharoitlari, shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, sifatlari, qiziqish ko‘lami, irodaviy fazilatlari, muayyan his-tuyg‘ularining mazmuni, to‘laligi va hokazolarni yoritish demakdir. Ilmiy ishlar olib borayotgan tadqiqotchi katta yoshdagi odamlardan hayot sharoitining tayyor mahsulini o‘rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi qanday vujudga kelgani, kechishi, aks ettirish xususiyatlarini tushuntira olmaydi. Ana shu murakkab jarayonni bilish uchun bolaning psixikasi turmush hodisalari va sharoitlari bilan bog‘liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o‘tkazuvchi o‘zi o‘rganayotgan nazariy masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi. Inson psixikasining rivojlanishidagi sabab-oqibat va ularning variantlari, invariantlari, modifikatsiyalari, munosabatlarini bilish bola tarbiyasida eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur. Shunday qilib, yosh davrlari psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. U ham boshqa fanlar qatorida 180 rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati kattadir. Yosh davrlari va differensial psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plagan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling