Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular 
1. 
Hissiyot haqida tushuncha. 
2. 
His-tuyg‘ularning vazifalari. 
3. 
Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. 
4. 
Hissiy holatlarning ifodalanishi. 
5. 
Hislarni kechirish shakllari. 
6. 
Yuksak hislar. 
7. 
Hissiyotning o‘ziga xosligi. 
Nazorat savollari 
1. 
Hissiyot tushunchasining mazmunini izohlang? 
2. 
His-tuyg‘ularning vazifalari nimalarda ko‘rinadi? 
3. 
Hissiy holatlarning fiziologik asoslarini nima tashkil qiladi? 
4. 
Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar o‘rtasidagi
farqni izohlang? 
5. 
Hissiy holatlarning ifodalanishini qanday izohlaysiz? 
6. 
Hislarni kechirish shakllarini qanday baholaysiz? 


173 
YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING 
TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI. PSIXIK 
RIVOJLANISH VA DAVRLASHTIRISH. 
Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari. 
Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari. 
Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos 
xususiyatlari, psixik rivojlanishning asosiy omillari.
Rivojlanishni davrlashtirish muammosi. 
Tayanch tushunchalar: yosh davrlar, maqsad, predmet, vazifa, 
obyekt, psixik rivojlanish, davrlashtirish, rivojlanish, o‘sish, 
taraqqiyot, ontogenez, filogenez. 
Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin 
ta’lim jarayonini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Ulug‘vor deb hisoblangan ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor 
vazifalardan biri – bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi” asosida Respublika ta’lim tizimida olib 
borilayotgan islohatlar yoshlarni o‘z xohishi, irodasi va intilishiga 
qarab, ularga chuqur bilimlar berish, o‘tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarashlardan to‘la xoli bo‘lgan yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga 
javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlashni 
ta’minlashdir.
Komil insonni, ya’ni o‘zida ruhiy boylik, ahloqiy poklik va 
jismoniy yetuklikni to‘la mujassamlashtirgan talabalarni kelgusi 
faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash uchun umumta’lim 
maktablarida ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni bilishlari 
muhim sanaladi. Buning uchun bolalarning psixik taraqqiyoti 
qonunlarini, ularning yosh davrlari va individual xususiyatlarini bilish 
muhimdir.
Bu borada, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya 
fanlari hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan sohalaridan 
bo‘lib, bu o‘rinda muhim o‘rin egallaydi, zero u inson ruhiy olamining 
tabiati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohalardir. 
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari 
mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta, 


174 
umumiy jarayonni - ulg‘ayib borayotgan insonning psixik faoliyati 
hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, bu 
ikki fan psixologiya fanining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning 
har biri o‘z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. 
Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari 
psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini 
hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi. 
Ontogenez - (yunoncha. ontos - mavjud, jon, zot; genezis - kelib 
chiqish, paydo bo‘lish) - individning paydo bo‘lishidan, umrining 
oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yoshning ulg‘ayib borishi, 
psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi 
yetakchi omillar hamda inson hayot yo‘lining turli bosqichlarida uning 
shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot 
predmeti hisoblanadi. 
 Yosh psixologiyasi fani – psixologiya fanining tarmoqlaridan 
biri bo‘lib, u insonning ontogenezdagi psixik rivojlanishiga xos 
xususiyatlarni o‘rganadi. 
 Yosh psixologiyasi fanining predmeti – inson psixikasining 
ontogenezda taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi 
xususiyatlarining 
yosh 
jihatdan 
rivojlanish 
qonuniyatlarini 
o‘rganishdan iborat. 
Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi. 
Bular : 
1.Bolalar psixologiyasi
2.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi. 
3.O‘smir psixologiyasi. 
4.Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi. 
5.Katta yoshdagilar psixologiyasi. 
6.Gerontopsixologiya (qarilik) psixologiyasi. 
Yosh psixologiyasining nazariy vazifalari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: 
1) Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda 
bosqichlarini tadqiq etish.
2) Psixik jarayonlarning, bilimlarni o‘zlashtirishning yosh 
imkoniyatlarini tadqiq qilish. 
3) Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish.


175 
4) Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini 
o‘rganadi. 
Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik 
jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek inson 
shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini 
o‘rganishda qo‘lga kirgan ilmiy dalillarini ta’lim-tarbiya sohalariga 
tadbiq etish tashkil etadi. 
Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan 
yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi 
mazmunda joriy qilish yuzasidan so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan 
yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi. Ma’lumki keyingi o‘n yil 
mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim 
ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ta’limning eksperimental 
ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol 
ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.
Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning 
hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal 
qilib bo‘lmaydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun 
ta’lim jarayonining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya’ni 
bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malakalarni, faol, 
mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi 
bilish lozim bo‘ladi. Psixolog L.S.Vigotskiy ko‘rsatib o‘tganidek, ular 
ma’lum hodisalarga nisbatan o‘zlarining kundalik hayotdagi oddiy 
tushunishlari bo‘ladi. Bu esa ilmiy tushunchalarning tarkib topishiga 
ma’lum darajada ta’sir qiladi. Bundan keyin, tushunchalarni tarkib 
toptirishda hissiy negizga qay darajada tayanish lozimligini, qaysi 
paytda ko‘rgazmalilikdan va yakka hodisalardan qutilib, mavhumlik 
hamda umumiylikka o‘tish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. 
Ko‘rgazmali tayanchdan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda 
sun’iy ravishda to‘xtab qolish ham bir xil xatodir.
Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. 
Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, 
jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining 
qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling