Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Yetuklik 
davrining 
psixologik 
xususiyatlari. 
Gerontopsixologiya. Shaxs bilan bog‘liq tushunchalar qatorida uning 
jismoniy, aqliy, ijtimoiy, ma’naviy, falsafiy dunyosi bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lgan bir tushuncha bor bu - yetuklik tushunchasi. Yetuklik 
inson o‘z-o‘zini anglashdan boshlanadi, bu jarayon ko‘pincha 
reallikdan boshlanib, hozirgi, favquloddagi holatni tahlil qiladi, 
o‘zining shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma’lum mezon yoki 
namuna (ibrat) tanlaydi, unga taqlid qilish orqali tenglashishga 
intiladi. Keyinchalik esa kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, 
o‘zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu 
borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning haqchilligi 
yoki oqilligiga bir oz shubhalanadi. O‘z imkoniyatini bir necha marta 
tahlil qilish, qiyoslash, unga o‘zgartirishlar kiritish, yangilash orqali 
bo‘lg‘usi “Men”iga aniqlik kiritadi va faollik mexanizmiga 


217 
aylantiradi. Bunda shaxs xususiyatlarining yetuklikka intilishi 
kuzatiladi.
Yetuklik tushunchasi V.I.Dalning rus tili izohli lug‘atida “yetilish, 
pishish, o‘ylab, fikrlab ish ko‘rish davri” deb ifodalangan. Yetuklik bu 
nima? Bu jismoniy yoshgina emas, balki bu ijtimoiy, emotsional, 
ma’naviy va intellektual taraqqiyotdir. Yetuklik avvalombor, 
subyektiv tushuncha bo‘lib, yetuklikni belgilovchi mezonlargina 
emas, balki shaxsning o‘zini shu tushunchaga va shu holatga bo‘lgan 
munosabati ham muhimdir. Psixologiyada yetuklik tushunchasi ancha 
keng mushohada qilishni talab etadigan tushuncha. Zero, bu tushuncha 
individ, shaxs va individuallik tushunchalari bilan bevosita bog‘liq.
Yetuklik deganda, insonni ma’lum yosh davrida uning 
rivojlanishiga qo‘yilgan mezonlar asosida to‘liq yetilishi, kattalar 
qo‘yadigan talablarga javob berishi hamda o‘zi ham aynan shu 
jarayonni anglab yetishi deb izohlashimiz mumkin. Shaxs o‘z 
o‘tmishini tahlil qilish va unda ko‘zga tashlangan qusurli va ibratli 
jihatlarini o‘zaro qiyoslash orqali ustuvorlikni topishga intiladi, bu 
borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy hayotda u o‘ziga ideal 
bo‘luvchi shaxsni tanlaydi va prototipning ijobiy xislatlari, 
xususiyatlari 
ko‘rinishlari 
hamda 
ko‘rsatkichlarini 
o‘zida 
mujassamlashtira boradi. Shaxs rivojlanishi davomida dinamik 
harakatsiz psixologik yetuklikka erishib bo‘lmasligiga iqror bo‘ladi, 
natijada uzluksiz xatti-harakatlarni asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga 
amalga oshirish lozim ekanligini tushunib yetadi. Dinamik holatni 
baholash, tekshirish, nazorat qilish, shaxs yetilish natijasida shaxsda 
yetuklik “Men” shakllana boshlaydi. Psixologik adabiyotlarda 
yetuklik tushunchasi ko‘pincha ulg‘ayganlik sinonimi sifatida 
qo‘llaniladi. Biroq, fanda bu tushunchalar o‘rtasidagi farq ajratilgan va 
o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Shunga qaramay, katta odam psixologik 
mavqei, uning yetuklik darajasini aniqlashda qiyinchiliklarga duch 
kelinmoqda.
R.Xavigxurst ta’kidlashicha, odam bu yoshda turmush o‘rtoq 
tanlash vazifasini va oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, 
farzandlarni tarbiyalash, uy-ro‘zg‘or ishlarini olib borish, kasbiy 
faoliyatda tasdiqlanish, ruhan yaqin bo‘lgan ijtimoiy guruhni topish 
vazifalarini hal qiladi. Sharlotta Byuler nazariyasida erta va o‘rta 
ulg‘ayish inson tomonidan jamiyatdagi o‘z o‘rnini topganlik holatini 


218 
aks ettiruvchi shaxsning o‘z mavqeini belgilab olishini, o‘z-o‘zini 
anglashni ifodalaydi. Inson nima xohlashini va u nimaga qodirligini 
biladi, unga hayot yo‘lida harakatlanishga yordam beruvchi yoki xalal 
beruvchi o‘z hayoti shart-sharoitlari haqida to‘liq tasavvurga 
egabo‘ladi.
Sh.Byuler 
bo‘yicha 
kechki 
ulg‘ayishda 
avvalgi 
hayotiy 
munosabatlar tuzilmasining yo‘qolishi sababli ota-ona oilasidan katta 
bo‘lib qolgan farzandlarning ketishi va kasbiy ishdan nafaqaga chiqish 
munosabati bilan o‘z mavqeini belgilab olishda buzilishlar sodir 
bo‘ladi. 
Shaxs 
rejasida 
kechki 
ulg‘ayish 
shaxs 
altruistik 
yo‘nalganligining kuchayishi, ichki uyg‘unlikka bo‘lgan intilish bilan 
ifodalanadi . Zamonaviy psixologik adabiyotlarda kechki ulg‘ayishda 
shaxs yetukligini donolik - intellektual-shaxsiy yangi yuzaga kelganlik 
bilan bog‘laydilar (L.I.Ansiferova, K.Muzdibayev, M.A. Xolodnaya, 
J. Kekes, R. Sternberg).
Xorijda donolikni empirik o‘rganish va o‘lchashga qaratilgan 
metodikalar yuzaga keldi. Uning tarkibiy qismiga hayotiy tajriba, 
emotsiyalarni boshqarish, fikrlash, ko‘ngli ochiqlik, yumor kiradi. Bu 
fenomenni o‘rganish jarayoni hali ham boshlang‘ich bosqichni egallab 
turibdi. Insonning o‘rta va kechki ulg‘ayishida shaxs tuzilishidagi 
yangilikka kasbiy mahoratni, shuningdek, u yoki bu g‘oyalar, 
qadriyatlar, 
xulq-atvor 
namunalari 
urfi, 
jamiyat 
manfaatlari 
o‘zgarishiga mos ravishda qarashlardagi yangilikni ham kiritish 
mumkin. O‘rta va keksa yosh davrida shaxsiy rivojlanishning davom 
etishi haqidagi maslagimiz mashhur shaxs tuzilishi va uning 
dinamikasini tadqiq qiluvchilar R.Makkre va P.Kosta (McCrae, Costa, 
2003) fikrlariga qarshi chiqadi. Ular shaxs hayotining ko‘p yillik 
ko‘lamini qamrab olgan “Katta beshlik” (OCEAN) so‘rovnomasi 
qo‘llangan katta empirik-nazariy tadqiqotda katta odamlar shaxsining 
asosiy tuzilmalari turg‘unligini isbotlaganlar. Biroq, mualliflar 
ularning shaxs xususiyatlari modeliga kirmaydigan boshqa shaxsiy 
tuzilish dinamikasi haqidagi masalalarga to‘xtalmaganlar. Ular 
tadqiqotidan kelib chiqib, kattalar shaxsi o‘zgarmasligi haqidagi 
xulosa shaxs tuzulishi va turli daraja uchun yosh o‘zgaruvchanligi va 
shaxsning turg‘unligi darajasi ulg‘ayish davrida turlicha bo‘lishi 
haqidagi ahamiyatga molik fikrlar e’tirozlidir.


219 
Keksalik davrida shaxsiy yangi yuzaga kelishlar haqida boshqa 
mualliflar asosan avvalgi yosh davrida shaxs tuzilishida va hayotidagi 
narsalarni psixologik yo‘qotishlar sifatida negativ bayon qiladilar. 
Biroq, shu o‘rinda shaxs yetukligi so‘nish, zaiflashish bilan 
alamashinishi shart emasligi ta’kidlanadi. Avvalgi davrlarda 
egallangan shaxsiy ijtimoiy yutuqlar natijasida keksalik davrida yangi 
hayotiy istiqbollar ochilishi mumkin. Haqiqatdan ham, zamonaviy 
inson yoshlik davriga qaraganda, kechki ulg‘ayish davrida sevimli 
ishiga, kasbiy uyushmada o‘z nufuziga, do‘stlar va qarindoshlarga, o‘z 
uyi va moddiy farovonlikka egabo‘ladi. U hayotiy va kasbiy tajribaga, 
o‘z-o‘zi va o‘z hayoti haqida tushunchaga ega.
B.G.Ananyev va 1960-1970 yillardagi maktabining kompleks 
tadqiqotlari sabab kattalar taraqqiyotini o‘rganishda oldinga siljish 
kuzatilib, ulg‘ayishning dinamik ko‘rinishi haqidagi tasavvurlar 
yuzaga keldi. Ulg‘ayish davrida psixofiziologik funksiyalar va 
intellekt rivojlanishi, funksiyalar o‘zaro bog‘liqligi haqida ko‘p 
ma’lumotlar olindi (Ananyev, Stepanova, 1972, 1977; Stepanova, 
2000). Kompleks tadqiqotlarda kattalar shaxsi va motivatsiyasining 
yosh xususiyatlari yetarlicha o‘rganilmagan bo‘lib, kompleks tadqiqot 
dasturi 
oxirigacha 
olib 
borilmadi. 
Bunga 
sabab 
nafaqat 
B.G.Ananyevning vafoti, balki nazariy qiyinchiliklarni ham ko‘rsatib 
o‘tish o‘rinli. Avval ham hozirgidek, psixologik nazariyada yosh va 
shaxs rivojlanishining nisbati masalasiga oydinlik kiritilmagan.
Yosh omili ulg‘ayish davrida aniq shaxs ongi va tuzilishi orqali 
kirib borib bavosita ish ko‘radi. B.G.Ananyev ta’kidlashicha, yosh va 
shaxs rivojlanishining – ontogenez va hayotiy yo‘lning birlashuvi - 
butun hayot davomida inson individual rivojlanishining umumiy 
qonuniyatidir. Ulg‘ayish – alohida psixofiziologik, psixik funksiyalar 
va intellekt rivojlanishidagi eng maqbul muvaffaqiyatlarga erishish 
davridir. Bu ularning yetukligi, gullab-yashnashini bildirib, bundan 
so‘ng ko‘pincha inqiroz yuzaga keladi.
G‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish 
bu 
yosh 
davridagi 
rivojlanishni 
tahlil 
qilishning 
asosiy 
yondashuvlaridan biridir. Ko‘proq shaxsiy o‘sishlar ro‘y beradigan 
yosh davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar 
atrofida (28—34), 40—45, 55—60 yoshlarda va nihoyat keksalik 
davrida.


220 
Yetuklik davrida inqirozlarning kechishi, davomiyligi shaxsiy 
hayotdagi sharoitlarga bog‘liqdir. Bu yosh davrida rivojlanishning 
harakatlantiruvchi kuchi o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirishga 
ichki intilish hisoblanadi. Inqirozni keskinlashtiradigan sharoitlar 
sirasiga sog‘liqning to‘satdan o‘zgarishi (kutilmagan kasallik, uzoq 
kasallanish, garmonal o‘zgarishlar), ijtimoiy va siyosiy hodisalar, 
talablarning, sharoitning va ijtimoiy kutilmalarning o‘zgarishi va b.) 
kirishi mumkin.
Kritik davrning kechishi turli shakllarda namoyon bolishi 
mumkin. Bu davrning «inqirozliligi» haqidagi tasavvurga barcha 
tadqiqotchilar ham qo‘shilmaydilar. Inson hayotining «ikkinchi 
yarmiga» K.Yung ham juda qiziqqan. Hayotning o‘rtasini u «ruhning 
chuqur va qiziqarli o‘zgarishlari» ro‘y beradigan kritik davr sifatida 
qaragan. Yetuklik davrida inson ichki o‘z-o‘zini anglashi, K.Yungning 
ta’biri bilan aytganda «individualizatsiyani» amalga oshirishi zarur. 
Hayotining ikkinchi yarmida inson shaxs turli elementlarining 
muvozanati va integratsiyasi yordamida o‘z shaxsining yuksak 
rivojlanishiga erishishi mumkin. K.Yungning fikricha, shaxsining 
yuksak darajasiga hamma ham erishmaydi. 
D.Levinsonning kattalar hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan 
tadqiqotlari qiziqish uyg‘otadi. U 35—45 yoshdagi 40 nafar 
amerikalik erkaklarni o‘rgangan, ularning har biri bilan 15 soatlik 
biografik 
intervyu 
o‘tkazgan hamda mashhur shaxslarning 
biografiyalarini o‘rgangan. Natijada erkaklarning hayot siklida har bir 
20 yil davom etadigan uch asosiy eralarni aniqlagan. Har bir davrda 
individuum hayot strukturasini qayta quradi.
Levinson quyidagi o‘tish davrlarini ajratgan:
— ilk yetuklik — 17—22 yosh;
— 30 yoshlarga o‘tish — 28—33 yosh;
— o‘rta yetuklik — 40—45 yosh;
— 50 yoshlarga o‘tish - 50-55 yosh;
— kechki yetuklikka o‘tish — 60—65 yosh;
— yetuklik davriga kirishning boshlanishi — 17—33 yoshlarga 
to‘g‘ri keladi. To‘liq yetuk bo‘lish uchun yosh erkak rivojlanish 
jarayonida vujudga keladigan 4 vazifani uddalashi kerak:


221 
1) orzuga erishish va reallik haqida o‘ylab ko‘rish: asossiz 
fantaziyalar va umuman erishib bo‘lmaydigan maqsadlar, shuningdek, 
orzuning umuman yo‘qligi o‘sishga imkon bermaydi;
2) ota-ona bola munosabatlaridan yetuk tengdoshlar dunyosi 
munosabatiga o‘tishni amalga oshirish uchun ustoz topish;
3) o‘zining karyerasini qurish;
4) «o‘ziga xos ayol» bilan intim aloqalarni o‘rnatish, bu ayol unga 
kattalar dunyosiga kirishga yordamlashadi, uning umidlarini oqlaydi, 
uning bogliq xulq-atvori va boshqa kamchiliklariga chidaydi, orzulari 
amalga oshishida uni qahramon deb qabul qiladi.
Levinsonning fikricha, o‘tish davrlarida inson stresslarni boshdan 
kechiradi, chunki bu davrda maqsadlar, qadriyatlar, hayot tarzi qayta 
quriladi va qayta baholanadi. Amerikalik olima G.Shixi, Levinsonning 
tadqiotlaridan ilhomlanib, shunday izlanishlarni ayollarda o‘tkazadi. 
Uning tadqiqotlari ham Levinson natijalarini tasdiqladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling