Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy xulq-atvor, kichik guruhlar,
etnik guruh, katta guruh, oila kichik guruh sifatida, oilaviy tarbiya, oila psixologiyasi, boshqaruv uslublari, ijtimoiy normalar. Ijtimoiy xulq-atvor xususiyatlari. Shaxs ijtimoiylashuvi. «Xulq-atvor» tushunchasi psixologiyadan sotsiologiyaga kirib kelgan tushuncha hisoblanadi. «Xatti-harakatlar» atamasining ma’nosi boshqacha bo‘lib, harakat va faoliyat kabi an’anaviy falsafiy tushunchalarning ma’nosidan farq qiladi. Agar harakat aniq maqsadga ega bo‘lgan oqilona asosli harakat deb hisoblansa, ma’lum ongli usullar va vositalarni jalb qilish bilan amalga oshiriladigan strategiya, xatti-harakatlar faqat tirik mavjudotning tashqi va ichki o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabatidir. Ijtimoiy xatti-harakatlar jismoniy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan va ijtimoiy muhitga munosabat sifatida paydo bo‘lgan insoniy xulq-atvor jarayonlarining to‘plamidir. Ijtimoiy xulq-atvor mavzusi shaxsga yoki guruhga taalluqli bo‘lishi mumkin. Shaxsning xatti-harakati birinchi navbatda ijtimoiylashuv bilan belgilanadi. Inson biologik mavjudot sifatida ega bo‘lgan eng kam tug‘ma instinktlar barcha odamlarda bir xildir. Xulq-atvor farqlari ijtimoiylashuv jarayonida olingan fazilatlarga va ma’lum darajada-tug‘ma va olingan psixologik o‘ziga xos xususiyatlarga bog‘liq. Bundan tashqari, shaxslarning ijtimoiy xulq-atvori ijtimoiy tuzilish, xususan, jamiyatdagi rol tuzilishi bilan tartibga solinadi. Xulq-atvorning ijtimoiy normasi-bu status talablariga to‘liq mos keladigan xatti-harakatlardir. Vaziyat kutishlariga mos keladigan ijtimoiy xulq-atvor, amerikalik sotsiolog R.Linton tomonidan ijtimoiy rol sifatida tavsiflanadi. Ijtimoiy xulq-atvorning bunday talqini 227 funksionalizmga eng yaqindir, chunki u xatti-harakatni ijtimoiy tuzilma tomonidan aniqlangan hodisa sifatida tushuntiradi. Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondoshishning o‘ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo‘ladigan turli shakldagi o‘zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya’ni ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq- atvori qanday qonuniyatlarga bo‘ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o‘rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo‘sinda sodir bo‘lishi ijtimoiy psixologiyada ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo‘lishi ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar muammosi bilan bog‘liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo‘lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Shaxs ijtimoiylashuvi to‘g‘risida gap ketarkan uning fanda ko‘pincha «Shaxs taraqqiyoti» yoki «Tarbiyachi» tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga alohida e’tibor berish kerak. Lekin ijtimoiylashuv sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, aytib o‘tilgan tushunchalardan farq qiladi. Ijtimoiylashuv - bu individning ijtimoiy muhitga qo‘shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borish jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, chunki individda shaxs bo‘lishiga ehtiyoj hamda shaxs bo‘lishiga imkoniyat va zururiyat bordir. Shuning uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo‘lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotda ehtiyojning borligi). Shaxs ijtimoiylashuvi yoki shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud. Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 1) faoliyat sohasi, ya’ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib bu jarayonda fan katalogi 228 kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarning, malaka va ko‘nikmalarining, bilimlarning borligini talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy hislatlarni paydo qiladiki, uning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni «Men» obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra o‘z-o‘zini baholash, anglash, na’zorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. Shaxs ijtimoiylashuvi, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bola tug‘ilishi bilan boshlansa-da, sezilarli, samaradorlik nuqtai nazaridan uning bosqichlari farqlanadi. Masalan, birinchi bosqich - mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongda singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqichga o‘tiladi. Ikkinchi bosqich - mehnat faoliyati davri - bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatida, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo‘lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush ko‘rib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir. Nihoyat, uchinchi bosqich - mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan, aktiv mehnat faoliyatidan so‘ng qarilik gashtini so‘rayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ijtimoiylashuv jarayoni ro‘y beradigan sharoitlar, muassasalar xususida gapiriladigan bo‘lsa, turli davrlarda oila, bolalar muassalari, 229 maktab, boshqa o‘quv dargohlari, mehnat jamoalarining roli nazarda tutiladi. Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorida bevosita ishi yoki shaxs tomonidan anglanmasligi mumkin. Shuning uchun ham motivlar anglangan namoyon bo‘ladi. U yoki bu xulq-atvorining sababi uning motividir. Lekin bu motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. Ular haqida «Umumiy psixologiya» kursida ham har taraflama keng so‘z yuritilgan. Ijtimoiy psixologiya esa shaxs xulq- atvorining motivlari sifatida ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganadi. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabietdan ainan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi, o‘sha guruhdan yangi bir kitob qo‘lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo‘ladi. Shu ma’noda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosatbatlarga o‘xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o‘z ifodasini topadi. Ya’ni ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy obyektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu obyektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayorgarlik holatidir. Ijtimoiy ustanovka muammosi G‘arbda, ayniqsa, Amerika Qo‘chma Shtatlarida har taraflama chuqur o‘rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi hayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlariga bogligini o‘rganib, shaxs xulq atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. (U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Olport, M.Smit, K.Xovland, Laper, D.Kats, N.Rokich va boshqalar) ular ijtimoiy ustanovkani bir so‘z bilan - «attityud»so‘zi bilan ifodalaydilar. 1942 yildayoq M.Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism bo‘lib, bo‘lar kognitiv qism, affektiv qism hamda konativ qismlardir. Kognitiv qism - bu shaxsdagi attityud obektiga nisbattan bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan tashqari goyalar, tasavurlar prinsiplar va hokazolar kiradi. Attityudning affektiv qismi - bu o‘sha obyektni hissiy emotsional baholash bo‘lib, yoqtirish yoki yoqtirmaslik 230 tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qismi yoki xulq-atvor bilan bog‘liq qismiga esa obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti- harakatlar, aynan xulq-atvor kiradi. Guruh — bu muayyan belgiga, masalan birgalikda faoliyat ko‘rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo‘lib, kichik va katta guruhlarga bo‘linadi - o‘z navbatida ular ham real, shartli, formal hamda noformal, rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan, ya’ni, rivojlangan va etarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga bo‘linadi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling