Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Bilish funksiyalarining dinamikasi. 17 yoshdan 50 yoshgacha 
bolgan davrda verbal va noverbal intellekt rivojlanishi bir xilda 
kechmaydi. Ilk yetuklik davrida psixik funksiyalarning kuchli 
rivojlanishi xos. Xotira, diqqat tafakkur konstruktiv, ijobiy siljishlar, 
cho‘qqilar kuzatiladi. Barqarorlashuv 33—35 yoshda kuzatiladi. 35 
yoshgacha inson intellektual faoliyati funksional asoslarining bir 
butunligi davom etadi. 30—33 yoshda diqqat, xotira, tafakkur kuchli 
rivojlanadi, 40 yoshlarda ular birmuncha susayadi. 41—50 yoshda 
36—40 yoshga nisbatan tafakkur ham birmuncha susayadi. Ko‘pchilik 
soha vakillari uchun 35—39 yosh ijodiy faollik uchun o‘rtacha 
maksimum yosh hisoblanadi.
Aniqroq to‘xtaladigan bolsak, matematik, fizik, ximik kabi aniq 
fanlarda ijodiy cho‘qqiga erishish 30—34 yosh, geolog, vrachlarda 
35—39 yosh, psixolog, faylasuf va siyosatchilarda birmuncha kechroq 
40—55 yoshlarda kuzatiladi. Kattalarda bilish funksiyalarining 
saqlanishiga qadriyatlar yo‘nalganligi katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Hayotning turli sohalarida yangilikka faol intilish, ma’lumotlarni 
izlash, erishilgan natija bilan cheklanmaslik, obrazli tafakkur 
rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Intellekt rivojlanishida yangi bolishi mumkin bolgan bosqich — 
muammoni o‘zi qo‘ya olishidadir. Uzoq muddatli xotirada verbal esga 
tushirish keksalik davrigacha o‘zgarmaydi, reaksiya tezligi, qisqa 


222 
muddatli xotira, qayta esga tushirish birmuncha susayadi. Shunga 
qarmay kasbiy xotiraning takomillashishi mnemik funksiyalarning 
umumiy susayishi bilan mos kelmasligi mumkin.
So‘nggi zamonaviy longityud tadqiqotlarda aniqlanishicha
yetuklik davridagi insonlarning kognitiv rivojlanishi tugallanmaydi, 
lekin kattalarning aynan qanday qobiliyatlari qanday qilib o‘zgarishi 
haqida umumiy fikrga kelinmagan. Bunda ayrim olimlar «dialektik 
tafakkur va mustaqil tanlangan pozitsiya va mas’uliyat» 
tushunchalaridan foydalanadilar, bunda intellekt sifat jihatidan qayta 
qurilishi nazarda tutiladi.
Tafakkur rivojlanishida dialektik bosqich bu qarama-qarshi 
fikrlarni o‘ylab topish, ularni sintezlash yoki ideal va real holatlarni 
integratsiya qilishdir. Boshqa tadqiqotchilar esa turli yosh davrlaridagi 
murakkab vazifalarni hal qilish uchun intellektdan egiluvchan 
foydalanish va uni doimiy takomillashtirish haqida fikr yuritadilar. 
Qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha tavsiflashadi, 
lekin ko‘pchilik 60-65 yoshni qarilikning boshlanishi sifatida e’tirof 
etishadi. Misol sifatida bir necha olimlarning qarashlarini keltiramiz:
Keksayish turlari: Psixologik keksayish, Biologik keksayish, 
Ijtimoiy keksayish.
Chexiyalik professor B.Prijigoda: 60-75 – qarilik, 75-100 yosh 
keksalik.
Dj.Birren: 50–75 yosh so‘nggi yetuklik, 75 yoshdan keyin qarilik.
D.B.Bromley qarilikning 3 bosqichini ko‘rsatib o‘tadi: 65-70 – 
yosh sevimli ishdan uzoqlashish; 70 yoshdan keyin keksalik; 110 
yoshgacha – munkillaganlik, qarib kasalga chalinish va o‘lim. Rossiya 
gerontologiyasi 
asoschilaridan 
biri 
I.V.Davidovskiy 
keksalik 
boshlanshining aniq sanasi mavjud emas, degan fikrni bildirgan. 
Boshqa mashhur gerontolog N.F.Shaxmatovning ta’kidlashicha, 
keksayish muammolariga biologik nuqtai nazardan yondashib, psixik 
keksayishni markaziy nerv sistemasining oliy bo‘limlarida yoshga oid 
destruktiv o‘zgarishlar natijasi sifatida qaraydi.
Keksayish yoshga oid muqarar jarayon bo‘lishiga qarab har 
kimda har xil individual kechadi. Butunjahon sog‘liqni saqlash 
Yevropa byurosining klassifikatsiyasiga muvofiq, erkaklarda qarilik 
61-74 yosh, ayollarda 55-74 yosh, 75 dan keyin keksalik boshlanadi, 
90 yoshdan keyin uzoq umr ko‘ruvchilar deb ataladi.


223 
Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55-65 yoshlarga to‘g‘ri 
keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb 
ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil nafaqa 
yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson 
hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy 
rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent guruhidan ajralishi, 
muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi, 
ba’zan “iste’fo shoki” holatining o‘tkir kechishida namoyon bo‘ladi. 
Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kechadi, salbiy 
hissiy holatlarni vujudga keltiradi. 
L.I.Ansifirovaning ta’kidlashicha, qariyalarning uch xil asosiy 
shaxs tiplarini ajratish mumkin. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga 
chiqishni yaxshi boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘ulotga jon 
deb ko‘chadilar, yangi do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga layoqatli. 
Bularning bari ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining yuqori 
bo‘lishiga hamda umrining uzun bo‘lishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchi 
tipdagi qariyalar hayotga passiv munosabatda bo‘ladi. Ularda 
qiziqishlar doirasining pasayishi, o‘z-o‘ziga hurmatning yo‘qolishi, 
kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi.
Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish strategiyalaridan biri 
“hayotga yangicha qarash” texnikasidir. Bu texnika o‘z ichiga yangi 
ijtimoiy yondashuvga psixologik tayyorgarlik, bo‘sh vaqtni oldindan 
rejalashtirish, yangi hayot tarzini, jamiyatga kirishishning yangi 
usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan his qilish, 
nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy cheklovlardan ozod 
bo‘lish hamda insonning yangi qobiliyatlari namoyon etadigan erkin 
fazo sifatida ijobiy idrok etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Keksalik 
davriga o‘tishdagi inqirozlar bo‘yicha boshqa bir yondashuv shaxs 
ichidagi, identiklik inqirozidir. Bunda qarilik alomatlari subyekt 
tomonidan emas, balki atrofdagilar tomonidan seziladi.
Fiziologik qartayish jarayonlari domiyligi tufayli uzoq vaqt 
subyekt tomonidan anglanmaydi, o‘zining “o‘zgarmasligi” haqida 
illyuziya paydo bo‘ladi. Keksalikni anglash kutilmaganda sodir 
bo‘ladi (masalan, sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda ichki 
nizolarga olib keladi. Ba’zan qarilikni anglash bilan bog‘liq inqiroz 
o‘smirlik davridagi inqiroz bilan tenglashtiriladi (bunda ham o‘zining 
o‘zgargan tanasiga yangicha munosabatni ishlab chiqishdan iborat), 


224 
lekin qarilik inqirozi og‘irroq kechadi. E.Erikson konsepsiyasida 
qarilik ilgarigi hayot yo‘lining tugashi sifatida talqin etiladi.
Keksalik psixosotsial inqirozining mohiyati shundan iboratki, 
Egoning yaxlitlikka erishishidir. Keksa psixologik yoshga o‘tish 
muvaffaqiyatini E.Erikson oldingi yosh inqozlarini ijobiy hal qilish 
bilan bog‘laydi. Eriksonning ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning 
ma’lum holati bo‘lib, bunda o‘tmish, hozir va kelajakka bir vaqtda 
boqish, hayot tarixini tasodiflardan xalos etish hamda avlodlar bilan 
aloqa o‘rnatish sifatida talqin etiladi. Donishmandlik keksalik 
davrining eng yuksak yutug‘idir. Qarilik davrida rivojlanishning yosh 
vazifalari quyidagilarda bo‘lishi mumkin:
yosh o‘zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik;
keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi turish);
vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga yo‘naltirib 
foydalanish;
rollarni qayta yo‘naltirish, eski rollar pozitsiyasidan voz kechish 
va yangilarini shakllantirish;
yaqin insonlarning yo‘qotilishi va farzandlarning uzoqlashishi 
munosabati bilan bo‘ladigan affektiv holatlarga qarshi kurashish, 
emotsional egiluvchanlikni saqlash;
ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib o‘tish), 
xulq-atvorning yangi shakllarini izlash;
ichki yaxlitlikka intilish va o‘tgan umrni anglash. 
E.G‘oziyevning shogirdi A.B.Sabirova ontogenezning kechki 
bosqichlarida insondagi subyektlilik va emotsional sohaning o‘ziga 
xos xususiyatlarini tadqiq etgan bo‘lib, bu davrda o‘z-o‘zining 
emotsional holatini quyi baholash shaxsiy xavotirlanishning oshishiga 
sabab bo‘lishini, shuningdek, o‘z-o‘zining emotsiyalari quyi 
baholanganda esa vaziyat bilan bog‘liq xavotirlanish darajasi ortishini 
ta’kidlab o‘tadi. Bu qonuniyat emotsional nazorat hissiy o‘z-o‘zini 
boshqarishning 
obyektiv 
indikatori 
ekanidan 
dalolat 
beradi. 
A.B.Sabirova o‘z tadqiqoti natijasida qarilik va keksalik davrida 
shaxsiy xavotirlanish o‘rtasida ahamiyatli darajadagi farq namoyon 
bo‘lganini ko‘rsatib, bu holatni quyidagicha izohlaydi: qarilik davrida 
insonlar kuchli emotsional zo‘riqishni boshdan kechiradilar va bu 
holat ulardagi normal hayotiy tuzilmalarning buzilishiga olib keladi.


225 
Keksalik davrida esa shaxs bilan bog‘liq xavotirlanishning 
susayishi qarilik davriga nisbatan xulq-atvor strategiyasining ishlab 
chiqilganligiga asoslanadi va bu holat ulardagi emotsional hayajon 
reaksiyasini susaytiradi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling