Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Guruhning shakllanishi. Katta guruhlar psixologiyasi mazmuni
va tarkibiy tuzilishi. Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina odamlarni o‘z tarkibiga olgan sosial umumiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo‘linishi mumkin. Bu xildagi katta guruhlarga korhonalarning mehnat jamoasi yoki ko‘pgina o‘qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o‘zaro aloqada bo‘lmasalar ham, lekin ayni chog‘da yagona bitta rahbarga bo‘ysunadi. Katta guruhlar ba’zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va birlashtiradigan shartli guruhlar shaklida bo‘lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uchrashmagan bo‘lsalar ham, lekin bu hildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo‘lgan belgilariga ko‘ra umumiy sotsial va psixologik ta’rifga ega bo‘lishlari mumkin. Jumladan, o‘spirinlar turli shahar va qishloqlarda istiqomat qilishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda bitta katta shartli guruhga birlashtirilishi, ehtimol, ular turli xalqlarning tillarida so‘zlashishlari, hech qachon bir joyga yig‘ilmagan bo‘lishlari mumkin. Ularning umumiy sotsial (o‘rta maktab o‘quvchilari), yosh (12-15 yashar), psixologik (shakllanib kelayotgan ulg‘ayish tuyg‘usi, o‘spirinlik paytida o‘zligini namoyon etishi va hokazo) ta’riflari asosiy belgilariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Katta shartli guruhlarni o‘rganish (yosh psixologiyasida, sotsial psixologiyada va boshqalarda) ularning umumiy xususiyatlari farqlanishi natijasida guruhlarda ish olib borishning ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Shartli guruh sifatidagi o‘spirinlar shaxsiyati rivojlanishining umumiy 231 qonuniyatlarini bilgan holda pedagog maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiyaviy ishni sobitqadamlik bilan va samarali tarzda olib boradi. Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadqiq qilish prinsiplari. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular xulq- atvorini belgilovchi mexanizmlarning o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak. Ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek, ko‘pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik. Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni qo‘yadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo‘lgan asosiy yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganish hozircha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xox bu sinflar bo‘lsin, xox millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. Ijtimoiy psixologik ma’noda, hayot tarzini o‘rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo‘lgan kishilar o‘rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o‘zaro munosabatlarda ustun bo‘lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling