Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Borliq - obyektiv olamning ongdan holi bo‘lgan holda  mavjudligini bildliruvchi falsafiy tushuncha.  Bosh miya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Borliq - obyektiv olamning ongdan holi bo‘lgan holda 
mavjudligini bildliruvchi falsafiy tushuncha. 
Bosh miya - markaziy nerv tizimining old qismi bo‘lib, u bosh 
miya qobig‘ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi.
Bosh miya katta yarim sharlari - bosh miyaning ikki pallasi. 
Uning ustki qismi uchun chuqur bo‘lmagan o‘nqir-cho‘nqirlardan 
iborat. Bosh miya katta yarim shar orqa, old, yon, orolcha, orqa 
umurtqalarga bo‘linadi. Miya nerv kataklari neyronlardan iborat 
bo‘lib, ikki katta yarim sharlar po‘stlog‘ini tashkil etadi. Miyadagi oq 
suyuqlik neyron o‘simtalaridan tarkib topib, miya yo‘llarini ko‘rsatib 
turadi. 


270 
Boshqarish - tabiatning turlicha bo‘lgan (biologik, ijtimoiy va 
texnik) tizimlari funksiyalarini, ularning ishini tashkil qilish, maqsad 
va dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan jarayon. 
Verbal o‘rganish - insonning yangi tajribani til orqali 
o‘zlashtirishidir. Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan 
boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatishi mumkin. 
Genezis – biror-bir hodisa yoki narsa rivojlanishi jarayonining 
qonuniyatlarini aks ettiruvchi tushuncha. 
Genetik metod - psixik holatlarning paydo bo‘lishi va ularning 
quyidan yuqoriga qarab rivojlanishi jarayonini o‘rganish usullari. 
Genotip - ota- onadan farzandga o‘tadigan genlar majmui, irsiy 
asosi. 
Go‘daklik davri – bola hayotining birinchi yili 
Deduktsiya- (lot.deductio-keltirib chiqarmoq) bilish jarayonida 
umumiy hukmlardan xususiy hukmlarga o‘tish orqali mantiqiy xulosa 
chiqaruchi tafakkur turi. 
Diqqat - individning hissiy, aqliy va harakatlantiruvchi faolligi 
darajasining 
oshirilishini 
taqozo 
etadigan 
tarzda 
ongning 
yo’naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligi. Diqqat ongning bir 
nuqtaga to‘planib, muayyan bir obyektga faol qaratilishidir. Ixtiyoriy 
va ixtiyorsiz diqqatlar mavjud. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling