Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Ixtiyorsiz xotira - biror narsani esda olib qolish yoki eslash 
uchun maxsus maqsad bo’lmagan holda esda olib qolish va qayta esga 
tushirish. 
Iroda – kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishi 
uchun qiyinchiliklarni yengib o’tishiga qaratilgan faoliyati va xulq -
atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’zini–o’zi boshqarishidir. 
Konformlik - individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina 
qo‘shilib, ichki tomondan esa qo‘shilmay o‘z fikrida qolishi, guruhga 
ongli ravishda moslashishi. 
Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, planli, 
biror maqsad asosida o‘rganish 
Kuzatuvchanlik - shaxs xususiysitlaridan biri, u kishining idrok 
qilish jairayonida narsalarni kamdan-kam uchraydigan ammo muhim 
tomonlarini payqay olishida namoyon bo‘ladi. 
Ko‘nikma - oldinga qo‘yilgan maqsad va hatti-harakat 
sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usullarini 
tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan 
foydalanishdir. 
Ko‘ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e’tibor 
sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratilishi kerak. 
Laboratoriya eksperimenti maxsus jihozlangan joylarda, qattiq 
nazorat ostida amalga oshiriladi. 
Layoqat - nerv tizimming ba’zi irsiy determinlashgan anatomik-
fiziologik xususiyati. Odamda qobiliyatlar tarkib topishi va 
rivojlanishining dastlabki yakka, tug‘ma, tabbiy zaminidir. 
Maktabgacha bo‘lgan davr - uch yoshdan yetti yoshgacha 
bo‘lgan davr. 


273 
Malaka - mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarishning 
avtomatlashgan usullari. 
Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish - erkinlikning qarama-
qarshi jihati bo‘lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi. 
Mayl - shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan 
shug‘ullanishiga jalb etilganligi. Mayl shaxsda kuchli istak xohish 
tarzida namoyon bo‘lib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh 
etadi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling