Senzitiv yosh davrlari - yoshning o‘sish davrlari. Bunda ma’lum
yosh davriga xos psixik xususiyat va jarayonlar, yuqori darajada
yaxshi rivojlangan. Oldindan yoki kechikib kelgan senzitiv yosh davri
ta’lim jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi.
Sinchkovlik
va
muntazamlik
tamoyili
bola
psixikasi
shakllanishi jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini
sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi.
Skolioz - umurtqa suyagining qiyshayib qolishi.
Suhbat - psixologiya metodlaridan biri, nutq muloqoti yordamida
bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.
So‘rov - tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita
o‘zaro aloqasi davomida birlamchi verbal axborot yig‘ishga
yo‘naltirilgan metod.
Chaqaloqlik davri - hayotining birinchi oyi.
Tabiiy eksperiment - tekshiriluvchini o‘ziga bildirmagan holda
uni o‘yin, o‘qish yoki mehnat faoliyatida o‘rganishdan iborat
psixologik tajriba.
Tarbiya - tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror
axloqiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish
maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy
ta’sir etish jarayonidir.
Ta’lim - u o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv
faoliyatidan iborat bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatish
jarayonidir, hayotiy tajribani o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatishdir.
Taraqqiyot - narsa yoki hodisaliarning vaqt o‘tishi bilan miqdor
va sifat jihatdan o‘zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko‘tarilishi.
Taraqqiyot
omillari
-
bolaning
psixik
va
xulq-atvor
rivojlanishini belgilaydigan omillar tizimi. Taraqqiyot omillari, ta’lim
va tarbiya mazmunini, o‘qituvchi va tarbiyachilarning pedagogik
tayyorgarligini, ta’lim va tarbiyaning usul va vositalari va boshqa
ko‘pgina bolaning psixologik taraqqiyotiga bog‘liq narsalarni o‘z
ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |