Psixik rivojlanishning revolyutsion o‘zgarishlari - bir yosh
davridan ikkinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va
psixikasida yuzaga keluvchi jadal hamda chuqur qayta qurishdir.
Psixik rivojlanishning situativ o‘zgarishlari - inson xulq-atvori
va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-
tarbiya ta’siri ostida yuzaga keluvchi, ya’ni vaziyat bilan bog‘liq
bo‘lgan o‘zgarishlar.
Psixik rivojlanishning evolyutsion o‘zgarishlari - bir yosh
davridan ikkinchi yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va
psixikasida sekinlik bilan amalga oshadigan, barqaror o‘zgarishlar.
Psixologik yosh inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib,
ko‘pincha aqliy yosh deb ataladi.
Reprezentativlik - tanlov guruhining o‘rganilayotgan sifatlar
majmuini ishonchliligini va to‘g‘riligini ifodalovchi mezon.
Rivojlanishning senzitiv davri - bir yosh davrida psixikaning
muayyan tomonlari samarali rivojlanishi uchun optiral imkoniyatlar
davri.
Rivojlanishning omillari - bolaning psixikasi va xulq-atvori
rivojlanishini belgilovchi omillar tizimi
Rivojlanish sharoitlari - shaxsning shakllanishi bog‘liq bo‘lgan
omillar. Rivojlanish shaioitlariga inson atrofidagi kishilar, ular
orasidagi shaxslararo munosabat, moddiy va madaniy madaniyat
predmetlari va boshqalar kiradi.
Rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari - insonda yuzaga
keluvchi yangi ehtiyojlar bilan uni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi
ziddiyat.
Rivojlanishning eng yaqin zonasi - murakkab vaziyatni hal
etishda bolaning mustaqilligini hamda kattalar rahbarligida bajarilgan
vazifa orasidagi farq.
Sababiylik tamoyili bola shaxsi va ongida yangi sifatlarni hosil
bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omillarni imkon qadar
o‘rganishni talab qiladi.
Senzitivlik - turli ta’sirga nisbatan sezgilarning tez va kuchli
qo‘zg‘alishi.
275
Do'stlaringiz bilan baham: |