Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning 
bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar shakllar, bilan bog‘liq bo‘lgan 
xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, 
hodisalarning 
aniq 
obrazlarini, 
ularning 
xususiyatlari 
va 
bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat 
tug‘ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Psixologiya 
fanida obrazli xotiraning bir necha turiari ajratib ko‘rsatiladi va ular 
quyidagilardan iborat. Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda 
ko‘rinishi yoki shakli izchil obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning 
namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuziladi: agar subyektga bir 
necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan 10-15 sekund 
yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng tekshiruvchi 
oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o‘rnida xuddi shunday 
geometrik shakl izini ko‘rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko‘pligi 
rangda tovlanadi. Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan 
keyin paydo bo‘lib, 15 sekunddan to 45-60 sekundgacha o‘sha 
obyektda saqlanib turadi, shundan so‘ng asta-sekin oqara boshlaydi. 
Natijada o‘zining aniq qon turini yo‘qotadi, keyinchalik mutlaqo 
yo‘qolib ketadi. Goho butunlay yo‘qolishi uchun qaytadan paydo 
bo‘lishi mumkin. Odamlarning individual psixologik xususiyatlariga 
qarab, izchil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi 
ko‘zga tashlanadi.
O‘zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy 
va ijobiy turlarga bo‘linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga 


100 
qarab turib, so‘ngra nigohini oq qog‘ozga ko‘chirsa, u holda obyektda 
ko‘k-yashil rang paydo bo‘lganday ko‘rinadi. Izchil obrazlarning 
ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol 
orqali tushuntirilsa, quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo‘ladi. 
Qorong‘u xonada ko‘z oldida bir narsaga, masalan, qo‘l 
yaqinlashtirilsa so‘ngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chiroqi yoqilsa, 
bu holda chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida 
narsalarning aniq obrazini ko‘rishda davom etadi. Mazkur obraz o‘z 
rangida bir qancha muddat saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi. 
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo‘la 
oladi. Chunonchi, hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda 
qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu 
xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari bilan farqlanadi. 
Izchil obrazlarning eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, 
lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo‘lishini va 
qisqa muddat davom etishi kuzatiladi.
Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik 
obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan bo‘lib, “eydos” yunoncha 
“obraz” degan ma’noni anglatadi. Xotiraning bu turi, ya’ni eydetik 
obrazlar o‘z vaqtida nemis psixologiya maktabining namoyondalari 
aka-uka Yenishlar nomidan ta’riflab berildi. Ba’zi odamlar shu 
davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib qo‘yilsa 
ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarni kuzatish 
mumkin. Bu hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirib 
ko‘rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm 
ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan so‘ng uning tarkibiy qismlari, 
tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonlarda 
tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan bo‘lsalar, aniq 
texnik obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasmni davom 
etishgandek har bir savolga aniq javob berishga erishganlar. 
Tajribalarning ko‘rsatishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson 
ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning yo‘llari yopilib qolgan 
bo‘lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliklarsiz ularning siymosi qayta 
tiklanishi mumkin. Rus psixologiyasida eydetik obrazlarning 
namoyon bo‘lish hodisasi A.R.Luriya tomonidan ko‘p yillar davomida 
o‘rganilgan va shunga ko‘ra eydetik xotiraning individual tipologik 


101 
xususiyatlari chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik obrazlar harakatlanish 
xususiyatiga ega bo‘lib, subyektlarning oldiga qo‘yilgan vazifa va 
uning tasavvurlari ta’siri ostida o‘zgartirish mumkin.
Aka-uka Yenishlar tomonidan o‘tkazilgan oddiy tajribada eydetik 
xotiraga ega bo‘lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda 
joylashgan ilmoq tasvirlangan rasm ko‘rsatilgan. Rasm o‘rtasidan 
bo‘lib, qo‘yilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qo‘yish istagi 
kuchayib boravotgani so‘ralgan. Muayyan yo‘l-yo‘riq berilgandan 
keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilmoq 
olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon 
tortadi. Xullas, eydetik obrazlar harakatchan bo‘lib, subyektning ruhiy 
ko‘rsatmasi ostida sifat va miqdor o‘zgarishiga yuz tutadi. Ilmiy 
tekshirishlarning ko‘rsatishicha, eydetik obrazlar bolalik va o‘spirinlik 
davrlarida muayyan muddat hukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan 
asta-sekin so‘na boradi. 
Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo‘lib 
hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson 
daraxt, meva, gul to‘g‘risida tasavvurga ega ekanligi shuni 
ko‘rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari subyektning ongida shu 
obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda 
tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin 
eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko‘rsatadiki, tasavvur 
obrazlari unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari 
bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan 
ajratuvchi farq tasavvur obrazlarining polimodallik xususiyatidir. 
Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko‘rish, eshitish, teri orqali 
sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva 
to‘g‘risidagi tasavvur obrazi uning tashqi ko‘rinishi, mazasi, og‘irligi, 
vaznini o‘zaro birlashtirib aks ettiradi. 
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan 
iboratki, u narsa va hodisa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta 
ishlashni o‘z tarkibiga kiritadi va jismlarning asosiy xususiyatlari 
ajratilib, ma’lum kategoriyaga birlashtiriladi. Inson gul obrazini 
faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so‘z yoki tushuncha 
bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi, aniq bir 
kategoriya mohiyatiga kiritadi.


102 
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan 
narsalarning izini sust ravishda saqlab, balki, bir qator tasavvur bilan 
boyitadi, narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqida o‘z 
bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan bog‘lovchi ijodiy 
sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bularning barchasi irodaviy 
sifatlar, aqliy zo‘riqish, asabiy taranglashuv natijasida ro‘yobga 
chiqishidan dalolat beradi.Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab 
faoliyati mahsuli bo‘lib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan 
murakkab psixologik hodisadir. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling