Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Ixtiyorsiz xayol deb - odam o‘zining oldiga hech qanday maqsad 
qo‘ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o‘z-o‘ziga obraz va 
tasavvurlarni yaratishiga aytiladi. 
Ixtiyorsiz xayol shu topdagi kuchli ehtiyoj tufayli maydonga 


110 
keladi. Masalan: odam juda tashna yoki juda och bo‘lgan paytida 
uning xayolida har turli taomlar, daryo va buloq suvlari paydo bo‘la 
boshlaydi. Odamning ayni shu chog‘dagi hissiy holati, ya’ni his-
tuyg‘ulari ham ixtiyorsiz xayolning maydonga kelishiga sabab bo‘ladi. 
Chunonchi, vahima yoki qo‘rqinch hissi paytida odamning xayoliga 
qo‘rqinchli narsalarning obrazlari kela boshlaydi. 
Odamning tush ko‘rishi ham ixtiyorsiz xayol faoliyatlaridan 
hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, odam uxlay boshlagan 
paytda bosh miya po‘stining hamma joylari tormozlanmay, ayrim 
joylari ishlab turadi. Ana shu ishlab turgan joylaridagi nerv 
hujayralarida ilgari hosil qilingan obraz va tasavvurlar qayta tiklanib, 
odam tush ko‘ra boshlaydi. Bunda miya po‘stining eng asosiy 
markazlari (ikkinchi signallar tizimi) tormozlangan bo‘lgani tufayli 
hech qanday nazorat bo‘lmaydi. Natijada obraz va tasavvurlar bir-biri 
bilan allaqanday munosabatlarga kirib, odam palapartish tush ko‘ra 
boshlaydi. 
Ixtiyoriy xayol jarayonlari betartib ravishda, emas balki muayyan 
bir jarayonda o‘tadi. Bu tartib odamning ehtiyojlari, maqsadlari, 
hissiyotlari fikr hamda maslaklari bilan belgilanadi. 
Ixtiyoriy xayol deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda 
kuchini ishga solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga 
aytiladi. Demak, ixtiyoriy xayol hamisha ma’lum maqsad va 
vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday maqsad va vazifalar 
boshqalar tomonidan qo‘yilishi mumkin. Masalan, rassom o‘zi 
ishlamoqchi bo‘lgan suratning mavzusini o‘zi belgilaydi. Yozuvchi 
yozmoqchi bo‘lgan asarning mavzusini o‘zi tanlaydi va o‘zi badiiy 
obrazlarni yaratadi. Umuman san'at asarlarining hammasi ixtiyoriy 
xayol natijasida maydonga keladi. 
Biroq shuni ham aytib o‘tish kerakki, ixtiyoriy xayol ba’zan 
ixtiyorsiz xayolga o‘tib ketishi mumkin. Shuning uchun ixtiyoriy 
xayol ixtiyorsiz xayoldan batamom ajralgan holda ro‘y bermaydi. 
Ixtiyoriy xayol jarayoni hamisha beixtiyor qilinadigan xayol 
daqiqalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, rassomlar yoki kompozitorlar 
o‘zlarining biror yangi asarlarini ixtiyoriy tarzda yaratayotganlarida 
ba’zan ixtiyorsiz ravishda ayrim fikrlarga berilib ketishlari mumkin. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling