Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Realistik xayol - turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga 
oshadi. 


111 
Fantastik xayol - amalga oshmaydigan xayol turidir. 
Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlarga 
bog‘liqdir. Xayol har doim ma’lum bir yo‘nalishga ega. Odatda 
vujudga kelgan xayol odamning o‘z faoliyati davomida nimaga 
intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 
tarbiyachi tarbiyalangan bolalarning kim bo‘lib yetishishlarini xayolan 
ko‘z oldiga keltirib ko‘radi. 
Xayol jarayonining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xayol 
odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari 
bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Lekin shuni aytib o‘tish lozimki, 
odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham istagan 
narsalarga erishavermaydi. Ko‘proq odamning xayolida hamma vaqt 
qo‘rqinchli narsalar gavdalana boradi. 
Ana shu paytdagi ehtiyojining ta’siri bilan odamning xayoli 
o‘tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo‘lgan tasavvurni ijodiy 
ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi. 
Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri 
shundaki, xayol xamisha boy tajriba hamda bilimlarga asoslanadi. 
Agar bilim yetishmasa, xayoliy tasavvur hosil bo‘lmaydi. Masalan, 
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga qadimgi davr insonlari haqida 
gapirilsa, ular xuddi hozirgi zamon kishilari singari tasavvur qiladilar. 
Buning asosiy sababi bilimlarning yetishmasligi, shuningdek mazkur 
yoshdagi bolalar tarixiy muzeylarda bo‘lmaganliklari, teatrlarga 
tushib, tarixiy asarlarni ko‘rmaganliklari, tarixiy kinolarni hali juda 
kam ko‘rganliklari tufayli bunday tasavvurlarni hosil qilishning 
uddasidan chiqa olmaydilar. 
Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan navbatdagisi 
xotira tasavvurlarini analiz va sintez qismidan iboratdir. Xayol uchun 
material bo‘ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga 
ko‘pincha to‘liq holda kirmasdan, balki qisman faoliyatida ro‘y 
beradi. Bunda muayyan tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni 
boshqa tasavvurlar bilan qo‘shish va bir turkum qilish jarayoni ro‘y 
beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida foydalanadilar, ular 
ya’ni yozuvchilar o‘z asarlaridagi haydnomalarning tiplarini bir 
qancha ayrim tasavvurlardan vujudga keltiradilar. 
Nihoyat xayolning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, 
agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog‘liq 


112 
bo‘lsa, xotira obrazlari o‘tgan zamondagi narsalarning obrazlarini 
tiklash bilan bog‘liq bo‘lsa, xayoliy yo‘l bilan yaratilgan obrazlar esa 
hozirgi va o‘tgan zamongagina emas, balki kelajak zamonga, odam 
kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko‘rish bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling