Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Tafakkurning nerv-fiziologik jarayonlari


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Tafakkurning nerv-fiziologik jarayonlari. Tafakkur faoliyati 
muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir 
bo‘ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki 
butun bosh miya po‘stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik 
asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi 
uchlari o‘rtasida vujudga keladigan murakkab bog‘lanishlar muhim 
ahamiyatga 
egadir. 
Analizatorlarning 
bosh 
miya 
po‘stidagi 
uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga 
tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketganligi sababli 
mazkur bog‘lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o‘tilganidek, 
tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda 
ikkinchi signallar tizimining bog‘lanishlari birinchi signal tizimidagi 
bog‘lanishlarga tayanadi. 
I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal 
tizimi bilan o‘zaro o‘tkazish jarayonida hozir bo‘ladi, deb ta’kidlagan. 
Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o‘zaro ta’sir qilish 
jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o‘z 
tevaragidagi olamni va uning o‘zini bilish uchun oliy qurol bo‘lgan 
oliy tafakkur voqe bo‘ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga 
qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo‘lgan oriyentirovka refleksi 
tafakkur jarayonlarida katta rol o‘ynaydi. Akademik I.P.Pavlov 
ta’kidlaganidek, «avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof 
olamni va insonning o‘zini ham bilish uchun oliy qurol bo‘lgan fanni 
ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir». 
Tafakkur turlari. Tafakkur jarayonlari. Muayyan ijtimoiy 
muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti-harakat 
motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, 
hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning 
tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga 
keladi, namoyon bo‘ladi. 


116 
Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr 
yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli 
klassifikasiya qilinadi. 
Professor E.G‘.G‘oziyevning «Umumiy psixologiya» darsligida 
tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi: 
I. Shakliga ko‘ra: 
1. Ko‘rgazmali-harakat 
2. Ko‘rgazmali-obrazli 
3. Mantiqiy 
II. Topshiriq xarakteriga ko‘ra:
1. Nazariy
2. Amaliy
3. Ixtiyorsiz
4. Ixtiyoriy 
III. Fikr yoyiqligiga ko‘ra:
1. Konkret 
2. Abstrakt 
3. Realistik 
4. Autistik 
5. Intuitiv 
6. Diskursiv 
IV. Fikrning originallik darajasiga ko‘ra:
1. Reproduktiv 
2. Produktiv 
3. İjodiy 
4. Vizual 
5. Fazoviy 
A.V.Petrovskiy 
muharrirligida 
chop 
etilgan, 
«Umumiy 
psixologiya» darsligida tafakkurni quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: 
ko‘rgazmali-harakat, ko‘rgazmali-obrazli, mavhum nazariy tafakur 
turlari va boshqalar. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling