Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- D.I.Mendeleyevning
- V.M.Bexterevning
(analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb, mantiqiy
tafakkur yordamida ko‘p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy 119 vazifalarning to‘satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi. Ko‘pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolarni yechish jarayoni. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov bo‘lishni taqozo etadi. Binobarin, narsa va hodisalarni atroflicha bilish uchun obyektiv baho berish zarurati tug‘iladi, bu esa o‘z navbatida fikr yuritish ko‘lami keng, analitik-sintetik faoliyat doirasi mustahkam bo‘lishini talab qiladi. Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo‘lishi va ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson fikr yurityaptimi yoki yo‘qmi buni bilish qiyin, vaholanki, u o‘zicha go‘yo savollarga javob topadiganday, shirin his-tuyg‘ularni boshdan kechirayotganday bo‘ladi, shuning uchun ko‘pincha «tilimning uchida turibdi» deyiladi. Odamlar qandaydir matn yoki muammo, masala ustida bosh qotirib, o‘tirganlarida fikr yuritish mutlaqo beixtiyor ro‘y berib qoladi va ular asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma’lumki, yirik ilmiy kashfiyotlar ko‘pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib turgan mahalda to‘satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed solishtirma og‘irlik qonunini zo‘r berib, aqliy mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada cho‘milib turgan paytida kashf etgan. Ulug‘ rus olimi D.I.Mendeleyevning hikoya qilishicha, u elementlar davri tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kecha-yu, uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan so‘ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko‘rgan. Shunda D.I.Mendeleyev uyqudan, uyg‘onib, bir parcha qog‘ozga tushida ayon bo‘lgan jadvalni ko‘chirib qo‘ygan. Ko‘pincha psixolog va fiziologlarning ta’kidlashlaricha, muammoning bunday oson ravishda echimini hech kutilmaganda 120 yuqoridagi kabi beixtiyor hal qilinishi shu kashfiyotlar olam yuzini ko‘rganicha bo‘lgan davr ichida oylab, yillab qilingan mehnatning yakuni, ya’ni tugallanmay qolgan tafakkur jarayonlarining nihoyasiga yetishidir deb baholamoqda. Yirik fiziolog hamda psixolog V.M.Bexterevning izoqlashicha, bunday kutilmagan jarayonlarning ro‘y berishiga asosiy sabab bu o‘rganilayotgan masala to‘g‘risida uxlashdan oldin zo‘r berib bosh qotirish, o‘ylash (fikr yuritish) va butun zehni shuning bilan birga diqqat-e’tiborining tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga to‘la- to‘kis yo‘nalishidan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab barqaror psixik holati hukm surishidir. Fikr yuritilishi lozim bo‘lgan narsa-hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo‘lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o‘z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish obyekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur deb ataladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling