Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

tafakkur deb ataydilar. 
Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni 
bevosita idrok qilish mumkin bo‘lmagan xususiyatlari, o‘zaro 
munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, 
sabab-oqibat bog‘lanishlari aks ettiriladi. 
Voqelikni o‘zlashtirish vositasi bilan real narsa va hodisalarni 
yaratilishiga yo‘naltirilgan fikr yuritiladi. U qo‘yilgan amaliy va 
nazariy vazifalarni yangi usullar bilan hal qilish, ongimizda yangi 
tasavvur, tushuncha va hukmlar hosil qilish, muayyan yangi narsalar 
yaratish bilanbog‘liq murakkab 
tafakkur 
jarayonidir. 
Amaliy 
tafakkur jarayonining davomi ish-harakatlarini, aqliy harakatlarni 
tasavvur qilishda, fikrlashda namoyon bo‘ladi. Masalan, talabalar 
faoliyatidagi konspekt yozish, referat tayyorlash, kurs va diplom ishi 
ustida ishlash kabilar amaliy tafakkurga yaqqol misoldir. 
Muayyan fikrni chin yoki yolg‘onligini obyektiv dalillar bilan 
isbotlash o‘rniga, inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari 
bilangina cheklanib qolishdan iborat tafakkur turi avtoritar tafakkur 


122 
turi deb ataladi. U ko‘pincha odamlarning muayyan soha bo‘yicha 
bilim saviyasining, darajasining cheklanganligidan va mustaqil fikr 
yuritish qobiliyatining yetarli darajada o‘smaganligidan dalolat beradi. 
Shuningdek, psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog‘langan 
mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb 
ataladi. 
Ijodiy tafakkur - murakkab bilish faoliyatidan biri bo‘lib, tadrijiy 
ravishda izchil o‘zaro bog‘langan jarayonlardan tashkil topadi, 
dastavval savollar tug‘iladi, vazifa aniqlanadi, masalani echish va 
savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan 
aniq vazifa yoki masala bu bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo‘lgan 
vazifa ko‘pincha ifodalanishi shart bo‘lgan maqsadni ham aks ettirib 
keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni 
topishga gumon va hayajon, shubha hislaridan xalos etishga qaratilgan 
maylidir. 
Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quyidagicha aks 
ettiriladi: qo‘yiladigan savollarga javob berish, masalani yechishga 
yordam 
beradigan 
yo‘llar, 
usullar, 
vositalar, 
qoidalar 
va 
ko‘nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni 
tadbiq qilish va boshqalar. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling