Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson 
narsa, voqelik, hodisa bilan uning xususiyati o‘rtasida mustahkam 
bog‘lanish borligini va bu bog‘lanishga zid keladigan boshqa bir 
holning bo‘lishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada 
hukmlar ikkita asosiy yo‘l bilan hosil qilinishi ta’kidlab o‘tiladi. 
Birinchi yo‘l bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo‘lgan 
narsalarning bevosita o‘zi ifodalanadi. Ikkinchi yo‘l bilan esa bevosita 
mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu 
avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning 


132 
birlamchi yo‘li aks ettirilgan. Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy 
jarayonda nazariy jihatdan mulohaza yuritish yordamida hukm 
chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning to‘g‘riligi amaliyotda 
keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo‘l bilan hukm chiqarishga 
misoldir. 
Xulosa chiqarish. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi 
natijasida hosil bo‘lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida 
alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur 
shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq 
hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat 
materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni 
olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan 
yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm 
bo‘lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo‘ladi. 
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham 
xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli 
sifatida namoyon bo‘lgan oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi 
hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko‘rishga hech 
qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr 
o‘rtasidagi shunday bog‘lanish natijasida bir yoki undan ortiq 
hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi. 
Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling